2-bosqich.
Asosiy
bosqich (55
daqiqa)
Yangi mavzuni o„tish.
2.1.Mavzu bo„yicha talabalar bilimini
faollashtirish uchun suhbat o„tkazadi.
2.2.Yangi mavzu mazmuni va mohiyatni
ochib beradigan slaydlarni ko„rsatadi va
tushuntiradi.
2.3. Mavzuning har bir rejasi bo„yicha
asosiy tushuncha va jihatlariga e‟tibor
qaratadi.
Mavzuni mustahkamlash.
2.4.
O„qituvchi
talabalarga
o„quv
topshiriqlarini beradi, yo„riqnomalari bilan
tanishtiradi.O„quv
topshiriqlarini
tarqatadi,
talabalar
ishini
kuzatadi,
javoblarini tinglaydi
Savollarga javob
beradilar,
sharhlaydilar
Yozadilar Mavzuni
tinglaydilar
Mavzuni
tinglaydilar
Mustaqil
ishlaydilar
Topshiriqni
bajaradilar, test
savollarini
bajaradilar
3-bosqich.
Yakuniy
bosqich (15
daqiqa)
Dars yakuni
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, umumiy
xulosalar qiladi, yakun yasaydi, savollarga
javob beradi.
3.2. Uyga vazifa berish. “Savol-javob”
usuli orqali topshiriqlar beradi.
Tushunib oladilar,
baholar bilan
tanishadilar,
topshiriqlarni yozib
oladilar
MAVZU: PEDAGOGNING INNOVATSION FAOLIYATI
Pedagogning innovatsion faoliyati - o‟z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga
baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontseptsiyasini shakllantirish.
Ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab
oladi.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari pedagogning innovatsion faoliyatga hozirligi
meyorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastinin).
Innovatsion faoliyatga bo‟lgan zaruriyatni anglash;
Ijodiy faoliyatga talab qilinishiga tayyorgarlik;
Shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
Innovatsion faoliyatni ijro etish texnologiyasiga tayyorgarlik darajasi.
Innovatsion jarayonlari, ularning funktsiyalari, rivojlanish qonuniyatlarining
pedagogik asoslarini o‟rganish o‟quv jarayonini zamonaviy pedagogika va psixologiya
fanlari yutuqlari asosida, jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
Demak, o‟qituvchi, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, kontseptsiyalar
muallifi, tadqiqotchi, foydalanuvchi va targ‟ibotchi sifatida namoyon bo‟ladi.
Xozirgi madaniyat va ta‟lim taraqqiyoti sharoitida o‟qituvchi innovatsion
faoliyatiga bo‟lgan talablar quyidagilar bilan aniqlanadi:
· ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta‟lim tizimi metodologiya va o‟quv jarayonining
texnologiyasini tubdan yangilanishni talab qiladi. Bu sharoitda o‟qituvchi innovatsion
faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o‟zlashtirish va foydalanishdan iborat
bo‟ladi;
· ta‟lim mazmunini insonparvarlashtirish, o‟qitishning yangi shakllarini,
texnologiyalarini qidirishni taqozo etadi.
O‟qituvchi innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning sa -marasini
belgilovchi muayyan meyorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday meyorlarga
yangilik, optimallik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsion ijodiy
qo‟llash imkoniyatlari kiradi. Yangilik pedagogik yangilik meyori sifatida, o‟zida
taklif qilinadigan yangilik, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagogik olimlar
yangilikni qo‟llash mashhurligi darajasi va sohasiga ko‟ra farqlanadigan mutloq,
chegaralangan mutloq, shartli, sub‟yektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik meyori o‟qituvchi va talabaning natijaga erishishi uchun sarflangan
kuch va vositalarni bildiradi. Natijalilik o‟qituvchi vositasidagi muayyan muhim ijobiy
natijalarni bildiradi. Pedagogik yangilik esa o‟z mohiyatiga ko‟ra ommaviy tajribalar
mulki bo‟lib qolishi lozim.
V.A. Slastinin o‟tkazgan tadqiqotlar o‟qituvchining innovatsion faoliyatiga ijobiy
tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi:
· mo‟ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini
bashorat qilish;
· yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorini tanlab
olish, ularning eng ahamiyatli va aniqlik darajasini aniqlash;
· yangilikni tadbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;
· yangilikni tadbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.
Bunda o‟qituvchining innovatsion faoliyati o‟z ichiga yangilikni tahlil qilish va
unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontseptsiyasini
shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho
berishni qamrab oladi, unda innovatsion faoliyatining samarasi pedagog shaxsiyati
bilan belgilanadi.
Pedagogning innovatsion faoliyatiga bo‟lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari:
· shaxsning ijodiy motivatsiyani qo‟llaganligi.
Bu qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o‟z
kamolotiga intilish;
· kreateyalik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o‟z kamolotiga
intilish;
· kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va pedagogik
tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi va ziddiyatni ijodiy
bartaraf qilish qobiliyatlari; ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o‟zaro yordam berish
qobiliyati;
· o‟qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur‟ati va ish qobiliyati;
qat‟iyatlik, mas‟uliyatlik va xalollik, o‟zini tuta bilish;
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o‟qituvchining innovatsion faoliyatiga sezgirligi
meyorlarini belgilashga imkon beradi:
· innovatsion faoliyatga bo‟lgan zaruratni aniqlash;
· ijodiy faoliyatga jalb qilishga tayyorgarlik;
· shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
· ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga tayyorlik;
· innovatsion faoliyatni kasbiy mustaqillikka ta‟siri.
Innovatsion faoliyat motivatsion, texnologik va reflektsiyalik qismlardan tashkil
topadi.
O‟qituvchini bu faoliyatga tayyorlash ikki yo‟nalishda amalga oshiradi:
yangilikni idrok qilishga innovatsion tayorgarlikni shakllantirish va yangicha harakat
qilishga o‟rgatish.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning bilish faoliyati va uni
boshqarish alohida ahamiyatga ega.
Innovatsiya jarayonlari, funktsiyalari, mexanizmlari va uni amalga oshirish
texnologiyalari va boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o‟rganish o‟quv
jarayonini zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlari yutuqlari asosida tashkil etish
imkonini beradi.
|