• Ongli oqish.
  • “PEDAGOGS”   international research journal ISSN




    Download 494,63 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana21.02.2024
    Hajmi494,63 Kb.
    #160384
    1   2   3
    Bog'liq
    98-100
    2-labaratoriya (2)
    “PEDAGOGS” 
     international research journal ISSN: 
    2181-4027
    _SJIF: 
    4.995
     
    www.pedagoglar.uz
     


    Volume-24, Issue-1, December - 2022
     
    99 
    oladi. O'quvchilarning o'qish tezligi har xil bo'ladi, albatta. O'qituvchining vazifasi 
    barcha o'quvchilarning o'qish tezligini, iloji boricha bir xil-likka keltirishdan iborat. 
    O'qish sur'atini oshirishda tez aytishlarni, maqollarni yod oldirish va matnni ovoz 
    chiqarib o'qishni mashq qilish kabilar samarali usullardan hisoblanadi. 
    Ongli o'qish. Ongli o'qish yaxshi o'qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli 
    o'qish o'qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g'oyaviy yo'nalishini, obrazlarini 
    va badiiy vositalarining rolini tushunib o'qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-
    hodisalarga o'z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o'qish o'z navbatida, 
    o'quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so'zning leksik ma'nosini, gapda so'zlarning 
    bog'lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog'liq. Hozirda ongli o'qish 
    atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma'noda: birinchidan, o'qish 
    jarayonini egallashga nisbatan o'qish texnikasi ma'nosida, ikkinchidan, keng ma'nodagi 
    o'qishga nisbatan o'qish sifatlaridan biri ma'nosida qo'llanadi. 
    Matnni ongli o'qish uchun o'quvchilar to'g'ri, me'yorida o'qishni egallagan 
    bo'lishlari va o'qish jarayonida qiynalmasligi taiab etiladi. O'quvchilar matnni ongli 
    o'qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahiil qilinadi. 
    Ongli o'qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish hisoblanadi. 
    O'qituvchi ongli o'qishni matnni ifodali o'qishga (agar ovoz chiqarib o'qilsa) va asar 
    mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning to'g'riligiga, asar voqealari va 
    qahramonlarning xatti-harakatiga bildirgan munosabatiga qarab baholaydi. Ongli 
    o'qish va ifodali o'qish 
    bir-birini taqozo qiladi
    , ammo bir-biriga aynan o'xshamaydigan 
    o'qish sifatlaridir. 

    Download 494,63 Kb.
    1   2   3




    Download 494,63 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “PEDAGOGS”   international research journal ISSN

    Download 494,63 Kb.
    Pdf ko'rish