• Intonatsiya
  • “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995
  • “pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif




    Download 494,63 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/3
    Sana21.02.2024
    Hajmi494,63 Kb.
    #160384
    1   2   3
    Bog'liq
    98-100
    2-labaratoriya (2)
    Ifodali o'qish. Ifodali o'qish intonatsiya — ohang yordamida asarning g'oyasi va 
    jozibasini to'g'ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. „Ifodali 
    o'qish adabiyotni aniq va ko'rgazmali o'qitishning dastlabki va asosiy shaklidir", deb 
    ta'kidlaydi metodist olima M.A.Ribnikova. Demak, ,,Ifodali o'qishning asosiy vazifasi 
    asarning mazmunini va emotsionalligini intonatsiya orqali o'quvchilarga ko'rgazmali 
    qilib ko'rsatishdir. Ifodali o'qishning asosiy tamoyili o'qiladigan asar g'oyasi va badiiy 
    qimmatini chuqur tushuntirishdir". 
    Intonatsiya (ohang). Intonatsiya og'zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi 
    elementlari: urg'u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining 
    yig'indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta'sir etadi va hammasi birgalikda asarning 
    mazmunini, g'oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini 
    ifodalaydi. 
    O'quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar 
    quyidagilardan iborat:
    1. 
    Nutq jarayonida nafasni to'g'ri olish va to'g'ri taqsimlay bilish. 


    “PEDAGOGS” 
     international research journal ISSN: 
    2181-4027
    _SJIF: 
    4.995
     
    www.pedagoglar.uz
     


    Volume-24, Issue-1, December - 2022
     
    100 
    2. 
    Har bir tovushning to'g'ri artikulatsiyasi va aniq diksiya (burro 
    gapirish) malakasini egallash. 
    3. 
    Adabiy talaffuz me'yorlarini egallash
    12

    Bu shartlar faqat ifodali o'qishgagina emas, balki ifodali nutq-qa, ya'ni hikoya 
    qilishga ham taalluqlidir. O'quvchining har qanday og'zaki hikoyasi ifodali bo'lishi 
    zarur.
    Ifodali o'qishning asosiy vositalaridan bin ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy 
    bog'lanadi. Shuning uchun o'qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz 
    qilayotganda o'z nafasini boshqara olish va ovozdan to'g'ri foydalanishga o'rgatishdan 
    boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp), yoqimli-
    yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O'quvchilar matn mazmuniga qarab, 
    baland yoki past ovozda o'qish (gapirish)ga, nutqda tez, o'rtacha yoki sekin tempni 
    tanlashga, biror tuyg'uni ifodalashga o'rganadilar. Ifodali o'qishga o'rgatishda 
    o'quvchilar pauza va logik urg'u bilan ham tanishtiriladi. 
    Ifodali o'qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo'linadi:
    1. Asarning 
    aniq 
    mazmunini 
    tushunish, 
    unda 
    qatnashgan 
    shaxs- 
    larning xatti-harakatini tahlil qilish, asarning g'oyasini belgilash, ya'ni 
    asarning g'oyaviy-mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari 
    bilan yaxlit holda tushunish. 
    2. Matnning 
    qaysi 
    joyida 
    to'xtam 
    (pauza) 
    qilishni, 
    mantiqiy 
    ur- 
    g’uning o'rnini, o'qish tempini belgilab olish. 
    3. O'qishni 
    mashq 
    qilish, 
    muallif 
    fikrini, 
    uning 
    tasvirlangan 
    voqea- 
    hodisalarga 
    va 
    qatnashuvchi 
    shaxslarga 
    munosabatini 
    ovoz 
    bilan 
    ifodalay olish uchun matnni qayta o'qish. 
    Asarning mazmuni va g'oyaviy yo'nalishini tahlil qilish ifodali o'qishga o'rgatish 
    bilan bog'lab olib boriladi. Ifodali o'qishga o'rgatishda matn mazmunini tushunish, 
    muallif hikoya qilgan voqealarga o'z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. 
    O'quvchilarda ifodali o'qish malakasini shakllantirish uchun asarni o'qituvchining 
    ifodali o'qishi muhim ahamiyatga ega. 
     
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. Abdullayeva Q. va boshqalar “O’qish ktobim” 2- sinf,T. 2006 yil 
    2. Abdullayeva Q., va boshqalar “Savod o’rgatish darslari” T, “O’qituvchi”1996 yil. 
    18. Abdullayeva Q. va boshqalar “2- sinfda o’qish darslari”, T., 2004 yil. 
    3. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnolofiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent. 
    2006. 
    4. Abdullayeva Q., va boshqalar “Ona tili” T., “O’qituvchi ”1999 yil. 
    5. 
    Bo’ri Ziyamuhammedov, Mamarajab Tojiyev. Pedagogik texnoloya- zamonaviy 
    o’zbek milliy modeli. Toshkent. 2009.

    Download 494,63 Kb.
    1   2   3




    Download 494,63 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif

    Download 494,63 Kb.
    Pdf ko'rish