“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
197
NAJOT TA’LIMDA, NAJOT TARBIYADA, NAJOT BILIMDA,
MAKTAB TA’LIMI RIVOJLANSA OLIY TA’LIM HAM KELAJAKDA
RIVOJLANADI
Farg’ona viloyati, Toshloq tumani
4-umumiy o’rta ta’lim maktabining
Fizika fani o’qituvchisi
Mirzamatova Mohidil Xojiqurbonovna
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’lim va tarbiya va bu ikki omilning bugungi
kunda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida batafsil so’z boradi. Ta’lim,
tarbiya va bilim tushinchalari bir-biriga chambarchas bog’liqligi hamda zamonaviy
ta’lim jarayonlari maktab va oliy ta’lim bosqichlarida ko’rib chiqilgan.
Kalit so’zlar:
ta’lim, tarbiya, maktab, relajak, Oliy ta’lim,
zamon
texnologiyasi, pedagogik faoliyat, pedagog, dars, darslik.
Har bir amalga oshiriladigan ish, hamma sohada qanday maqsad qo’yilganiga
bog’liq ravishda amalda bajariladi. Ta’lim va tarbiya
sohasida qanday maqsad
qo’yilyapti? Har tomonlama komil insonni tarbiyalash va uni soat sayin
texnologiyada o’zgarish,yangilik yuz berayotgan jarayonning faol bo’lishi uchun,
kerakli bilimva amaliyot bilan qurollantirish. Bu jarayon qanday amalga oshiriladi?
Albatta, ta’lim-tarbiyaning
asosiy qismini farzand oilada,so’ng maktabda oladi.
Oldin ta’lim nima-yu,tarbiya nima? Degan so’zlarning ma’nosini tushinib olsak
yaxshi bo’ladi. Abu Nasr Farobiy o’zining “Fozil odamlar shahari”
asarida bu
haqida lo’nda javob bergan. “Ta’lim nazariya hisoblanadi,tarbiya
esa uning
amalidir” Bu so’zlardan kelib chiqib , ta’lim va tarbiyaga oid misollarda murojaat
qilaylik. Masalan Odob va ahloq qoidalaridan o’quvchilarga o’rgatiladi, kattaga
hurmat, kichkka izzat. Bu gapni ma’nosi o’quvchilarga tushintiriladi. Ya’ni kata
yoshdagi insonlarni hurmat qilish lozim,kichik ukalarni izzat qiling.