“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
195
2. Nodir
qo‘li ochiq
bola. (saxiy)
3. Ayyor tulki
qo‘lga tushdi
.(ushlandi)
4. Musobaqada 5-"A" sinf o‘quvchilarining
qo‘li baland
keldi. (g’olib)
5.Sarvinoz
ko’z ochib yumguncha
mazali ovqat pishirib keldi. (darhol)
6. Sobir voqeani
ipidan ignasigacha
so‘zlab berdi. (batafsil)
Shundan so’ng 351-mashq bajariladi. O’quvchilar ustozlari yordamida ko’z so’zi
ishtirok etgan ko’zdan kechirmoq, ko’zi to’rt bo’lib kutmoq, qosh qo’yama deb ko’z
chiqarmoq, iborlarining ma’nolarini topadilar va ular ishtirikida gaplar tuzadilar.
Ushbu mashq bilan bog’liq quyidagi “Kim chaqqon” o’yini ham o’quvchilar
zukkoligini sinash va nutqini iboralar bilan boyitishda yaxshi samara beradi.
Doskaga uchga bo’linadi va iqtidorli o’quvchilar taklif qilinadi.
Birinchi ustunga
bosh,
ikkinchi ustunga til, uchinchi ustunga qo’l so’zlari yoziladi.
Iqtidorli
o’quvchilar shu so’zlar ishtirok etgan iboralar yozishlari lozim. Ularga guruhlaridan
yordam olish imkoniyatlari ham beriladi va o’yin shu tariqa davom ettiriladi.
Bosh
Til
Qo’l
boshi ko’kka yetmoq
tilga olmoq
qo’li ergi
boshi osmonda
tili uzun
qo’li kalta
bosh qotirmoq
tili qisiq
qo’li ochiq
boshi shishmoq
tilga kirdi
qo’li uzun
boshi xam bo’lmoq
tili shirin
qo’lini bigiz qilmoq