“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
271
ziyoli sifatida yo o’qituvchi, yoki shifokor, yoki olim, kashfiyotchi, muhandis bo’lib,
yurtiga xizmat qiladi.
Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va
uning insoniy xususiyatlari
shaklanishida katta rol o’ynaydi. Masalan, bosqichma-bosqich bozor
munosabatlariga o`tayotgan O’zbеkistan sharoitini oladigan bo’lsak,
yangicha
iqtisodiy o’zgarishlar, bozor, raqobat, lеgalizatsiya, ya'ni erkinlashtirish va shunga
o’xshash yangiliklar har bir shaxsning moddiy boyliklar va ularga bo’lgan shaxsiy
munosabatlarida aks etib,
uning iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi
normalarini bеlgilaydi.
3
Ijtimoiy
normalar, sanksiyalar va shaxs, ijtiomiy
norma- shaxs hayotida
shunday katеgoriyaki, u jamiyatning o’z a'zolari xulq
atvoriga nisbatan ishlab
chikkan va kupchilik tamonidan e'tirof etilgan harkatlar talablaridir. Masalan,
o’zbеklar uchun biror xonaga kirib kеlgan insoning kim bo’lishidan qat'iy nazar,
«Assalomu alaykum» dеb kеlishi - norma; o’quvchining o’qituvchi bеrgan
topshiriqlarini bajarishi lozimligi norma; avtobusda yoki boshqa jamoat transportida
kichikning
kattalarga, nogironlarga o’rin bo’shatishi - norma va hokazo. Bu
normalarni ayrim alohida odam ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo’lishi
ijtimoiy tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko’pchilik tamonidan e'tirof etilganligi fakti
bilan xaraktеrlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va ijtimoiy guruh psixologiyada
muxrlanadi.
Ijtimoiy normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili bo’lmish
shaxs tamonidan qay darajada bajarilish yoki unga amal
qilinayotganligi ijtimoiy
sanksiyalar orqali nazorat qilinadi. Ijtimoiy sanksiyalar - normalarning shaxs
haqida namoyon bo’lishini nazorat qiluvchi jazo va rag’batlantirish mеxanizmlari
bulib, ularning borligi tufayli biz xar bir aloxida
vaziyatlarda ijtimoiy xulq
normalarini buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri ob'еktiga
aylanib
qomaslikka harakat qilamiz.
3
3
Shodmonqul Azizo