• XALQ OG’ZAKI IJODIYOTI NAMUNALARINI O’RGATISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR 1 Ruzikulova Nigora Kudratovna 2 Ro’ziyeva M.Y
  • Kalit so‘zlar
  • Pedagogy of cooperation in improving the quality of education: international experience and modern approaches




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana17.04.2024
    Hajmi0.55 Mb.
    #199298
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    boshlang-ich-sinf-ona-tili-va-o-qish-savodxonligi-darslarida-xalq-og-zaki-ijodiyoti-namunalarini-o-rgatishda-innovatsion-texnologiyalar



     
    PEDAGOGY OF COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION: 
    INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES
    International scientific-practical conference, November 13, 2023 
     
     
    409
    BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA 
    XALQ OG’ZAKI IJODIYOTI NAMUNALARINI O’RGATISHDA INNOVATSION 
    TEXNOLOGIYALAR 
    1
    Ruzikulova Nigora Kudratovna 
    2
    Ro’ziyeva M.Y 
    1Osiyo xalqaro universiteti Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich taʼlim) 
    mutaxassisligi II bosqich magistranti 
    2
    Toshkent shahar Sergeli tumani 317-maktab Boshlang’ich 
    sinf o’qituvchisi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori(PhD), dotsent 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.10115273
     
    Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda xalq og‘zaki ijodining o‘rni, 
    bunda folklor janrlaridan unumli foydalanish, maqol, ertak,topishmoq, rivoyat janrlari 
    haqida tahliliy misollar keltirilgan. 
    Kalit so‘zlar: maqol, masal, ertak, sehrli ertak, naql ertak, rivoyat, doston, xalq 
    og‘zaki ijodi janrlari, ma’naviy tarbiya. 
    Hozirda ta’lim-tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayanish tobora qaror topib 
    bormoqda va ko’ngil tarbiyasiga, ya’ni inson ma’naviyatini shakllantirishga birlamchi 
    vazifa sifatida yondashish ustuvor bo’lib bormoqda. Binobarin, yosh avlodni yoshligidan 
    ma’naviyatli qilib tarbiyalashga e’tibor berib borilsa, u o’zining katta samarasini beradi. 
    Shunga ko‘ra xalq og‘zaki ijodining barcha janrlari, xususan,topishmoq, maqol, ertak, tez 
    aytish, qo‘shiqlar o‘quvchilarni ma’naviy yetuk, sog‘lom avlod qilib tarbiyalashda asosiy 
    omil hisoblanadi. 
    Boshlang’ich sinf “Ona tili va o’qish savodxonligi” va “O’qish”darsliklarida 
    berilgan xalq og’zaki ijodiga mansub materiallarni o’qish jarayonida o’quvchilar nafaqat 
    o’zbek xalqining o’lmas ma’naviyat buloqlaridan bahramand bo’ladilar, balki o’zlari ham 
    sevib o’qigan ertak- dastonlardagi qahramonlar kabi vatanparvar, mard, jasur, to’g’riso’z, 
    mehnatsevar, kamtar va mehribon insonlar bo’lib yetishishni orzu qiladilar. Ana shunday 
    kishilar haqida tasavvur hosil qiladilar, ezgulikni hayotdagi o’rnini bilib oladilar. Bularning 
    hammasi bola shaxsining shakllanishiga yordam beradi. 
    Ona tili va o’qish savodxonligi va o’qish darslarida bolalarni xalq og’zaki ijodi 
    asarlari vositasida estetik tarbiyalashga ham alohida ahamyat beriladi. O’qitilayotgan matn 
    va uni o’rgatish metodlari bolaning estetik qabul qilish qobilyatini, tabiat va jamiyatdagi 
    haqiqiy go’zallikni ajrata olish, kishilar hayoti va san’atdagi go’zallikni his qilish kabi 
    estetik fazilatlarni rivojlantirish uchun xizmat qilishi lozim. Bularning hammasi 
    boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalashda hamda ularning ma’naviy dunyosini 
    boyitishda xalq og’zaki ijodi materiallarining alohida o’rni borligini ko’rsatadi. 
    Istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimiz haqidagi asarlar milliy g’urur tuyg’ularini 
    tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu jihatdan boshlang’ich sinflarda o’quvchilar “O’qish va nutq 
    o’stirish” dasturi asosida tuzilgan “Ona tili va o’qish savodxonligi” darsliklari orqali 
    ko’plab xalq og’zaki ijodi asarlaridan namunalar bilan tanishadilar. Bu asarlarni o’qib-
    o’rganish uchun boshlamg’ich sinf o’quv dasturida muayyan vaqt ajratib ko’rsatilgan 
    bo’ladi. 
    1-sinfdan tortib 4-sinfgacha “Ona tili va o’qish savodxonligi” va “O’qish kitobi” 
    darsliklarida xalq og’zaki ijodi alohida bo’lim sifatida ko’rsatilgan va ularni o’rganish 
    uchun muayyan bir soatlar belgilangan. 



    Download 0.55 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogy of cooperation in improving the quality of education: international experience and modern approaches

    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish