Kimyo fanini o’qitishda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning manbalari va vositalari




Download 240,5 Kb.
bet12/13
Sana17.05.2024
Hajmi240,5 Kb.
#240166
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kmno4

2.2. Kimyo fanini o’qitishda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning manbalari va vositalari .




O‘qitishning tarbiyaviy tomonini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zaruriy sharoiti g‘oyaviylik, predmetlararo bog‘lanishni amalga oshirish, o‘quvchilaming tayyorgarlik va yosh xususiyatlarini hamda bilish imkoniyatlarini e’tiborga olish hisoblanadi. Kimyo fani o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va tarbiyaning hamma turlarini amalga oshirish imkoniyatlariga ega. Ayniqsa, kimyoviy tajribalardan foydalanib fan asoslarini o ‘rganish, hodisalarni tahlil qilib, ular orasidagi bog‘liqlikni aniqlash, fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish fanning yaratuvchi kuchiga ishontirishni shakllantiradi, kimyoviy hodisalar va qonunlaming obyektiv material xususiyatiga ega ekanligini ochib beradi. Kimyo fani asosida kimyoviy dalillarning dialektik o‘zaro bog‘liqligini asoslash, sabab-oqibatning o‘zaro bog‘liqligini ochib berishi mumkin. Bularga misol qilib, atomning tuzilishi bilan elementning xossalari orasidagi o‘zaro bogManish ko‘rsatiladi. Bunda sabab tuzilish bo‘lsa, xossa esa oqibatdir. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarda o‘z bilimlarining haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qiladi. Dunyoni bilish mumkinligini O‘quvchilarda shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Kimyo fani buning uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. Tushuncha va nazariyalarda inson tafakkuri bilan obyektiv dunyoning aks etishi undan foydalanishga sharoit yaratadi. Masalan, elektrolizda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlami o'rganish, uni to'g'ri tushunib olish, elekrolizdan foydalanib, ishqorlar va ishqoriy — yer metallarini, alyuminiyni toza holda olish, galvanik qoplamalarni olish imkoniyatini yaratdi. Davriylik qonunining kashf etilishi davriy sistema asosida hali kashf etilmagan elementlaming xossalarini aniqlash mumkinligini ko'rsatib berdi. Kimyoviy ishlab chiqarish asoslarini o'rganish undagi iqtisodiy qonunlami bilishni shakllantiradi, atrof-muhit muhofazasi to‘g‘risida bilimlarni keltirib chiqaradi. Kimyo o'qituvchisidan kundalik siyosiy voqealami aqlan tushunib borishi, gazetadagi ilmiy va qiziqarli materiallarni o‘qib borishi asosida o'zining g'oyaviy darajasini oshirib borishi talab etiladi. Dunyoqarash hamma vaqt ijodiy faoliyatda shakllanadi. O'quvchilaming yosh xususiyatlarini e’tiborga olib, asta-sekin falsafiy tushunchalar shakllantirib boriladi. Masalan, harakat, miqdor, sifat, xossa, qarama-qarshilik, inkor, sabab, oqibat va boshqalar. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi: 1-bosqich. «Dastlabki kimyoviy tushunchalar» mavzusida dunyoni anglash bilan bog'liq bo'lgan eng sodda ayrim tushunchalar ko'rib chiqiladi. Masalan, sifat va miqdor tushunchalari kimyoviy formulalar, tenglamalar yozishda, tarkibning doimiylik qonuni va massaning saqlanish qonunini bayon qilishda, qarama-qarshilik tushunchasi, oddiy va murakkab moddalar hamda metallmaslar va metallar xossalari solishtirib aniqlanadi. Atomlarning real mavjudligi atom-molekulyar ta’limotni bayon qilishda aytib o'tiladi. Massa va energiyaning saqlanish qonuni bayon qilinganda materiyaning yo'q bo'lmasligi tushuntiriladi. Shu yerda yana kimyoviy reaksiyaning sifat va miqdor tomoni tahlil qilinadi. 2-bosqich. Davriylik qonuni va kimyoviy elementlaming davriy sistemasi, atom tuzilishi, kimyoviy bog'lanish mavzularida materiyaning kimyoviy harakat shakli, miqdor o'zgariehlardan sifat o'zgarishlarga o'tishi ko'rib chiqiladi, atomning ichki qaramaqarshiligi ochib beriladi. Davriylik qonuni elementlaming xossalarini awaldan bashorat qilishni ko‘rsatib berdi, bu esa davriylik qonunining obyektivligi va dunyoni bilish mumkinligini ko'rsatadi. Elementlarning tabiiy zaxiralari va ularning tarqalish joyi bo'yicha geografiya fani, fizikaviy hodisa va xossalar yordamida esa fizika fani bilan predmetlararo bog'lanishni tushuntirish mumkin. Chunki kimyoviy jarayonlar sodir bo'lganda fizikaviy hodisalar kelib chiqadi. Masalan, kimyoviy reaksiyada issiqlik, yorug'lik ajralishi, moddalar rangining o'zgarishi va boshqalar. Materiyaning doimiy mavjudligini asoslaydigan modda va energiyaning saqlanish qonuni kimyo va fizika fanlarining umumiy qonuni hisoblanadi. Matematika fani bilan kimyoning bog'liqligi kimyoviy masalalar yechishda, grafiklar tuzishda, qonunlaming matematik ifodasini chiqarishda yaqqol namoyon bo'ladi. Kimyoning boshqa predmetlar bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatishdan asosiy maqsad — dunyoning bir butun zamonaviy ilmiy qiyofasini o‘quvchilar ongida shakllantirishdir.


Xulosa
Shunday qilib, o'quv jarayoni o'quv materialini o'quvchining boshiga avtomatik kiritish emas. Bu bolaning jadal aqliy faoliyatini va uning ushbu jarayonda shaxsiy faol ishtirokini talab qiladi: tushuntirishlar va namoyishlar o'z-o'zidan hech kimga haqiqiy, qat'iy bilim bermaydi. Bunga faqat faol o'rganish orqali erishish mumkin. O'qituvchining vazifasi - yo'naltirish, yo'l ko'rsatish, lekin hamma narsani tayyor bermaslik, o'quvchining bajargan mustaqil ishlarini sarhisob qilish, xatolarni ko'rsatishdan iborat.Kurs ishining yozilishidan maqsad shundan iboratki, bunda talaba o’zi mustaqil ravishda izlanadi, izlangan sari bu mavzuni mustaqil ravishida o’zlashtirib boradi.
Kurs ishining vazifasi talabaga darslikdan tashqari kitoblardan ham ma’lumot yig’ish uni o’rganish va kerak bo’lganda o’rgangan bilimlarini takomillashtirib hayotga tadbiq etishiga, qisqa qilib aytganda talabaning bilim darajasini mukammanlashtirishga yordam beradi. Men ushbu kurs ishini yozish mobaynida quyidagi xulosalarga keldim.Men bu kurs ishini yozish davomida kimyo faning nechog’li qiziqarli ekanligini bildim.Bu fanga qiziqishim yanada ortdi. Kurs ishimni hayotda, sanoatda qanchali ahamiyatga ega ekanligini bilib oldim. Men keyinchalik ham kimyoning sirlarini ochishga va izlanishga bor kuchim bilan harakat qilaman.
Kurs ishining vazifasi talabaga darslikdan tashqari kitoblardan ham ma’lumot yig’ish uni o’rganish va kerak bo’lganda o’rgangan bilimlarini takomillashtirib hayotga tadbiq etishiga, qisqa qilib aytganda talabaning bilim darajasini mukammanlashtirishga yordam beradi.



Download 240,5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 240,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kimyo fanini o’qitishda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning manbalari va vositalari

Download 240,5 Kb.