• Kurash choralari.
  • Poliz ekinlarida un-shudring.
  • Poliz ekinlarining kasalliklari mavzusi bo'yicha test poliz ekinlari maysalari chirishini




    Download 95 Kb.
    bet6/18
    Sana02.02.2023
    Hajmi95 Kb.
    #40748
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    POLIZ EKINLARINING KASALLIKLARI MAVZUSI BO\'YICHA TEST
    Bir million dasturchi laboratoriyalari, Office dasturlarini qo\'llash. Gulnoza, ABOUT PRESCHOOL GAMES, Finans 6, Sasha, ruxsatnoma, Yarimo‘ tkazgichlarda kontakt hodisalar-fayllar.org, Mavzu O‘zgarmas tok zanjirlarini hisoblash. Reja. O‘zgarmas tok-www.fayllar.org, Mavzu relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org, O`zbekiston respublikasi, 2-mavzu, Konstruktorlik chizmalarini avtomatik loyihalash tizimlari, 52-57 Mengatova Xurshida Toshmuxamatovna , Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar
    Qo‘zg‘atuvchining belgilari. Cladosporium cucumerium. Zararlangan o‘simlik barg va mevalari ustida rivojlangan mog‘or qatlami qo‘zg‘atuvchining mitseliy va spora hosil qiluvchi organlaridan iborat. Konidioforalarning uzunligi 400 mkm gacha, eni 3-5 mkm, pastki qismi shishgan va eni 8 mkm gacha, och-zaytun-qo‘ng‘ir tusli. Bazal konidiyalar 1-2 hujayrali, uzunligi 30 mkm gacha, eni 3-5 mkm. Konidiyalar uzun, shoxlangan zanjirchalarda 1, kamdan-kam 2 hujayrali, silindr, ellipsoid, urchuq yoki deyarli shar shaklli, usti silliq yoki mayda so‘galchalar bilan qoplangan, och-zaytun-qo‘ng‘ir tusli, o‘lchami 4-25 (30)x2-6 mkm, ko‘pincha 4-9x3-5 mkm.
    Kurash choralari. Chidamli navlar yaratish va qo‘llash; urug‘ni ekishdan oldin samarali fungitsidlar bilan dorilash; issiqxona devorlari, shifti va jihozlarni zararsizlantirish; o‘simlik qoldiqlarini daladan chiqarib, yoqib yuborish; chuqur kuzgi shudgor; kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida ekinga fungitsid purkash tavsiya qilinadi; mavjud fungitsidlardan Bordo suyuqligi, mis oksixloridi, benzimidazollar, sineb va xlorotalonil kladosporiozga qarshi yetarli samara beradi.
    Shu bilan birga, bodringning yangi mevalari iste’mol qilinishini esda tutgan holda, ekinni kladosporioz, un-shudring, soxta un-shudring, bakteriozlar va ba’zi boshqa kasalliklardan himoya qilishda ekologik toza bo‘lgan profilaktik va agrotexnik chora-tadbirlarni hamda, o‘ta zarur hollardagina (kasallik epifitotik rivojlanishi kutilganda), inson uchun zaharliligi kam va mevada qoldiq miqdorlari minimal miqdorda bo‘ladigan pestitsidlarni (Bordo suyuqligi, kuproksat va b.) qo‘llash, bu vaqtda ekinga kaliyli o‘g‘itning yuqori meyorlarini berish tavsiya qilinadi (Gerasimov, Osnitskaya, 1961; Pidoplichko, 19776; MacNab et al., 1983; Fletcher, 1987; Bernhardt et al., 1988; Vanek i dr., 1989; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Sichev, Mizunov, 1991; Ganiyev, Nedorezkov, 2005).
    Poliz ekinlarida un-shudring. Kasallik bilan bodring, qovun va qovoqning barcha turlari, itqovun va boshqa bir nechta begona o‘tlar, ba’zan esa tarvuz ham zararlanadi. Uni askomitset obligat parazit zamburug‘lar, asosan Sphaerotheca fuliginea f. cucumidis, kam hollarda (tog‘larda) Erysiphe cichoracearum f.cucurbitacearum qo‘zg‘atadi.
    Bodringda un-shudringO‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida issiqxona va ochiq dalalarda keng tarqalgan. Barglarning ikki tomonida ham oq, sarg‘ish-qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish-kulrang, yupqa mog‘or qatlami, keyinchalik (mavsum so‘ngida) ularning ustida qoramtir nuqtalar - kleystotetsiylar rivojlanadi; barglar sarg‘ayadi, so‘ngra qo‘ng‘ir tus oladi va quriydi. Mog‘or ba’zan o‘simlik poyasi va barg bandlarida, kam hollarda mevasida uchraydi. Issiqxonalarda un-shudring o‘simliklarni urug‘barg fazasidan boshlab zararlaydi.
    Patogenning konidiyalari ekin ichida shamol bilan tarqaladi. Ular o‘sishi uchun mu’tadil harorat 25-27°С ni, namlik 50-90% ni tashkil etadi, ammo zamburug‘ harorat 15-25°С va namlik 20% bo‘lganida ham nam bo‘lmagan, quruq barglarni zararlay oladi. Kam sug‘orilgan ekinlarda kasallik kuchayadi. Kasallikning yashirin davri issiqxonalarda 3-4 kunni tashkil qiladi va zamburug‘ har 6 kunda bir avlod berib ko‘payadi.
    Patogen o‘simlik qoldiqlari va begona o‘tlarda (bargizo‘t, okopnik – Symphytum sp. va qaylyug‘unda) kleystotetsiylari bilan qishlaydi. Bahorda ularning ichidagi xaltachalarda yetilgan askosporalar o‘simliklarni birlamchi zararlaydi.O‘zbekistonda zamburug‘ qaysi propagulalari (mitseliy, kleystotetsiy) vositasida qishlashi haqida ma’lumotlar mavjud emas. Un-shudring bodring hosilini dalada 20-30%, issiqxonalarda 50-70% gacha pasaytirishi mumkin.
    Un-shudring O‘zbekistonda qovun yetishtirishda eng katta zarar keltiradigan kasalliklardan biridir; bu kasallik tufayli har yili qovun hosilining 36 foizi, epifitotik yillari esa 64 foizigacha yo‘qotiladi. Qo‘zg‘atuvchining mushk qovun navlarida 3 ta fiziologik irqi aniqlangan. "O‘zbekiston sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti" xodimlari tomonidan yaratilgan 9 ta qovun navi un-shudringga yuqori darajada chidamlidir.
    Ilmiy adabiyotda un-shudring tarvuzda kamroq uchrashi xabar qilingan. Ammo bu kasallik tarvuzda Samarqand viloyatida keng tarqalganligi aniqlangan, ba’zi tumanlar dalalarida ekinlar 57-86 foizgacha zararlangan; fungitsid purkab o‘tkazilgan tajribalarda un-shudring tarvuz hosilini 30% gacha kamaytirgani tasdiqlangan (Musayev, Ashurov, 1987).

    Download 95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Poliz ekinlarining kasalliklari mavzusi bo'yicha test poliz ekinlari maysalari chirishini

    Download 95 Kb.