• Qovun fuzarioz so‘lishi (fuzarioz vilt)
  • Poliz ekinlarining kasalliklari mavzusi bo'yicha test poliz ekinlari maysalari chirishini




    Download 95 Kb.
    bet3/18
    Sana02.02.2023
    Hajmi95 Kb.
    #40748
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    POLIZ EKINLARINING KASALLIKLARI MAVZUSI BO\'YICHA TEST
    Bir million dasturchi laboratoriyalari, Office dasturlarini qo\'llash. Gulnoza, ABOUT PRESCHOOL GAMES, Finans 6, Sasha, ruxsatnoma, Yarimo‘ tkazgichlarda kontakt hodisalar-fayllar.org, Mavzu O‘zgarmas tok zanjirlarini hisoblash. Reja. O‘zgarmas tok-www.fayllar.org, Mavzu relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org, O`zbekiston respublikasi, 2-mavzu, Konstruktorlik chizmalarini avtomatik loyihalash tizimlari, 52-57 Mengatova Xurshida Toshmuxamatovna , Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar
    Kurash choralari. Issiqxonalarda mu’tadil harorat va namlikni saqlash; ekinni issiq suv bilan sug‘orish; issiqxona devor, shift hamda tuprog‘ini dezinfeksiyalash; asbob-uskunalarni qaynoq suv bilan sterilizatsiya qilish; birinchi so‘ligan o‘simliklarni darhol yulib olish va issiqxonadan chiqarib, yoqish (ustida qizil mog‘or rivojlangan o‘simliklarni, konidiyalar tarqalib ketmasligi uchun, juda extiyotkorlik bilan chiqarish); issiqxona va dalalarda chidamli navlar ekish; urug‘ni ekishdan oldin samarali fungitsid (Vitavaks 200FF) bilan dorilash; moddalar balansi saqlangan o‘g‘itlar byorish; dalalarda poliz ekinlari har 4-5 yilda qayta joylashtirish nazarda tutiladigan almashlab ekishni yo‘lga qo‘yish tavsiya qilinadi (Andreyeva, 1960; Kulakova, 1977; Peresipkin, 1982; Bernhardt et al., 1988; Vyangelyauskayte i dr. 1989).
    O.L. Rudakov va V.O. Rudakov (2000) tomonidan urug‘ ichidagi zamburug‘ infeksiyasini zararsizlantirish uchun uch bosqichli termik usul ishlab chiqilgan (Ganiyev, Nedorezkov, 2005): urug‘lik 1 sutka 35°С da, keyin 3 sutka 55°С da va yana 1 sutka 70-72°С da qizdiriladi. Bunda ishlov berilgan urug‘larning dalada o‘suvchanligi pasaymaydi va urug‘lik fuzariozdan to‘la zararsizlantiriladi.
    Payvandtag sifatida qovoq (Cucurbita ficifolia) ni olib, unga bodringni payvand qilish fuzarioz so‘lishga qarshi katta samara beradi; har ikki ekinning 1-nchi barglarining kengligi 5-8 sm bo‘lgan payt payvandlash uchun qulay hisoblanadi (Fletcher, 1987).
    Qovun fuzarioz so‘lishi (fuzarioz vilt) ni Fusarium oxysporum f.sp.melonis gifomitset zamburug‘i qo‘zg‘atadi. O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘istonda qovun yetishtirishda eng katta zarar keltiradigan va soha rivojlanishiga to‘siq bo‘lib kelayotgan ikkita zamburug‘ kasalliklari mavjud bo‘lib, ular un-shudring va fuzarioz so‘lishdir.
    Fuzarioz so‘lish bilan qovun barcha o‘sish va rivojlanish fazalarida zararlanadi. Yosh maysalarning urug‘barglari, poyasi (gipokotil) va ildiz bo‘g‘zida qaynoq suvga kuyganga o‘xshash, rangsiz, so‘ngra qo‘ng‘ir tus oluvchi dog‘lar rivojlanadi, ular chiriydi va maysalar qurib qoladi, ekin siyrak bo‘lib qoladi. Ertapishar navlar maysalarining 43-86 foizi nobud bo‘lgani O‘zbekistonda qayd etilgan (Gerbanevskaya, 1958).
    Fuzarioz so‘lish ekinlarda meva rivojlanishi va pisha boshlashi paytida ko‘plab uchraydi. Oldin o‘simlikning pastki yarusdagi barglarida sarg‘ish, so‘ngra qo‘ng‘ir tus oluvchi dog‘lar paydo bo‘ladi va ular yuqori yarus barglariga o‘tadi. Palaklardan biri yoki bir nechtasi, so‘ngra butun o‘simlik so‘ladi. Ildiz po‘sti titilgan shakl oladi, usti kukunga o‘xshab qoladi. Ba’zan o‘simlik kasallikka mavsum so‘ngigacha qarshilik ko‘rsatadi, so‘lmaydi, ammo ular zaif, palagi kalta bo‘lib qoladi, kam hosil tugadi. Kasallikning tez rivojlanuvchi shakli kuzatilganda o‘simlik 1-2 kun ichida so‘lib qoladi. So‘lishning sababi - o‘simlikning o‘tkazuvchi tomirlari zamburug‘ mitseliysi bilan to‘lishi va suv o‘tmay qolishidir. So‘lgan o‘simliklarning ildizi va poyasi kesib ko‘rilganda, ularda sarg‘ish, jigarrang va qo‘ng‘ir dog‘larni ko‘rish mumkin, ammo bu dog‘lar har doim mavjud bo‘lmaydi. Fuzarioz so‘lish qovun hosilini 30% gacha kamaytiradi. Fusarium oxysporum f.sp.melonis tor ixtisoslashgan va u boshqa poliz ekinlarini zararlamaydi.
    Qo‘zg‘atuvchining 4 ta fiziologik irqi mavjudligi aniqlangan va ular ayrim qovun navlarini zararlashi bilan farqlanadi.
    O‘zbekiston sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari ilmiy tadqiqot instituti xodimlari tomonidan qovunning fuzarioz so‘lishga (va un-shudringga) chidamli navlari va gibridlari (Shirali, Suyunchi, Oltintepa, Lazzatli, Oltin vodiy, To‘yona, Zarchopon, Gurlan va Amudaryo) yaratilgan va tumanlashtirilgan. AQSH va ba’zi boshqa mamlakatlarda fuzarioz so‘lishga mushk qovun va boshqa qovun turlarining ko‘plab chidamli navlari yaratilgan (Bernhardt et al., 1988).
    Patogen rivojlanishi uchun mu’tadil havo harorati 25-28°С, minimum 12°С va maksimum 34°С; qishda zamburug‘ 15°S sovuqda ham nobud bo‘lmaydi. Ekin ichida va boshqa dalalarga kasallik tuproq zarrachalari, tuproqqa ishlov berish asbob-uskunalari va sug‘orish suvidagi zamburug‘ propagulalari (mitseliy parchalari, konidiyala-ri va h.k.) orqali tarqaladi. Mavsumdan mavsumga kasallik o‘simlik qoldiqlari va kamroq darajada (3-8% gacha) urug‘lar bilan o‘tadi. Zamburug‘ o‘simliklarga ildizlari orqali kiradi. U tuproqda ko‘p yil saqlanishi mumkin.

    Download 95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Poliz ekinlarining kasalliklari mavzusi bo'yicha test poliz ekinlari maysalari chirishini

    Download 95 Kb.