• Amortizatsiya
  • Moliyaviy qo’yilmalar hisobi
  • Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi




    Download 0,75 Mb.
    bet7/10
    Sana10.06.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #262083
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    “Poytaxt avto parking” MCHJ da amaliyot hisoboti

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi
    Asosiy vositalar deb, uzoq muddat o’zining tabiiy ko’rinishini saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga o’z qiymatini asta-sekin o’tkazadigan mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, mashina, uskuna, xo’jalik inventarlari, asbob-uskunalar va boshqalar kiradi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda asosiy vositalarning o’rni nihoyatda kattadir. Asosiy vositalar xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol o’ynaydi, chunki ular barcha xo’jalik yurituvchi sub’ekt tayanadigan va xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish quvvatini baholash mezoni bo’lgan ishlab-chiqarish texnika bazasini tashkil etadi.
    «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga asosan, asosiy vositalar uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
    “Poytaxt avto parking” MCHJda asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni ta’minlaniladi:

    • asosiy vositalarning olinishi, hisobdan chiqarilishi, joyi o’zgartirilishini hisobda to’g’ri va o’z vaqtida aks ettirish;

    • asosiy vositalarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo’lib, ularni hisobga olishni tashkil qilish; asosiy vositalarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga va me’yoriy hujjatlarga asosan to’g’ri va o’z vaqtida baholash;

    • ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga qadar turgan joyi (foydalanish joyi) bo’yicha mavjudligi va asralishini, ayrim hollarda ularning asralishi uchun ma’sul bo’lgan shaxslar bo’yicha nazorat qilish;

    • asosiy vositalarning eskirishini to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqish va uni hisobda to’g’ri aks ettirish;

    • ta’mirlash bo’yicha xarajatlarni aniqlash va bu maqsadlar uchun ajratilgan vositalarning oqilona ishlatilishini nazorat qilish;

    • eskirgan, xo’jalik uchun oshiqcha bo’lgan asosiy vositalarni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;

    • hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo’yicha moliyaviy natijalarni to’g’ri va o’z vaqtida aniqlash.

    Hisob va rejalashtirishda asosiy vositalar ma’lum guruhlarga bo’linib hisobga olinadi va rejalashtiriladi. Chunki asosiy vositalarni hisobga olish, rejalashtirishni to’g’ri tashkil qilishning muhim sharti bo’lib, ularni ilmiy jihatdan turkumlash va baholash hisoblanadi.
    Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ishlab chiqarishning asosiy vositalariga va ishlab chiqarishga taalluqli bo’lmagan ob’ektlarga bo’linadi.
    Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va unga xizmat qiladigan mehnat vositalari ishlab chiqarishning asosiy fondlari deb ataladi. Ularning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishdagi roli har xil, ba’zilari, masalan, mashinalar, uskunalar, asbob-uskunalar ishlab chiqarishda mehnat qurollari sifatida qatnashadi, ba’zilari esa ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz ishlab turishini ta’minlaydi, masalan, inshootlar, yana boshqalari esa, ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan sharoit yaratib beradi. Masalan, ishlab chiqarish binolari, yo’llar va boshqalar.
    Ishlab chiqarish jarayonida to’g’ridan-to’g’ri qatnashmaydigan ob’ektlarga uy-joy- kommunal xo’jaligi vositalari, sog’liqni saqlash muassasalarining asosiy vositalari (kasalxona, ambulatoriya, poliklinika), madaniyat va maorif muassasalariga qarashli ob’ektlar (zavod klublari, teatrlar, kutubxona, bolalar muassasalari) va boshqalar kiradi.
    Iqtisodiyot tarmoqlarining turkumlanishiga muvofiq asosiy vositalar quyidagi xalq xo’jalik tarmoqlari va faoliyat turlariga bo’linadi: sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo va boshqalar. Masalan, sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida «Sanoat» tarmog’iga sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning transport moddiy-texnika ta’minoti, ombor xo’jaligi va boshqa bo’limlarining asosiy vositalari kiradi.
    Sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlari balansida aks ettiriladigan yordamchi qishloq xo’jalik bo’limiga qarashli ob’ektlar «qishloq xo’jalik tarmog’i», uy-joy-kommunal xo’jaligiga qarashli ob’ektlar «Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish» va «Uy-joy-kommunal xo’jaligi» tarmog’iga kiradi.
    Demak, sanoat korxonalaridan tashqari, boshqa xalq xo’jaligi tarmoqlariga qarashli ob’ektlar ham foydalanishda bo’lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan sanoat korxonalarining asosiy vositalarini sanoat ishlab chiqarishi va boshqa xalq xo’jaligi tarmoqlarining ishlab chiqarish fondlariga bo’lish mumkin. Xalq xo’jaligi tarmoqlarining asosiy vositalari o’z foydalanish nuqtai-nazaridan quyidagi guruhlarga bo’linadi:



    1. Bino;

    2. Inshoot;

    3. O’tkazuvchi qurilmalar;

    4. Mashina va uskunalar;

    1. kuch mashina va uskunalari;

    2. ishchi mashina va uskunalari;

    v) o’lchov va tartibga soluvchi priborlar, qurilmalar va laborotoriya uskunalariga;
    g) hisoblash texnikasi;
    d) boshqa mashina va uskunalar;



    1. Transport vositalari;

    2. Instrumentlar;

    3. Ishlab chiqarish inventarlari va jihozlari;

    4. Xo’jalik inventarlari;

    5. Ishchi va mahsuldor mollar;

    6. Ko’p yillik daraxtlar;

    7. Erni yaxshilash bo’yicha kapital xarajatlar (inshootlarsiz);

    8. Boshqa asosiy vositalar;

    Foydalanilishi nuqtai nazaridan asosiy vositalar harakatdagi, zahiridagi va foydalanilmaydigan ob’ektlarga bo’linadi.


    U yoki bu xo’jalik yurituvchi sub’ektga qarashliligi nuqtai-nazaridan asosiy vositalar korxonaning o’ziga qarashli va ijaraga olingan ob’ektlarga bo’linadi.
    Xo’jalik yurituvchi sub’ekt va firmalarda asosiy vositalar hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida ular muayyan tasnif ko’rsatkichlari orqali guruhlarga bo’linadi. Asosiy vositalarning guruhlarga bo’lishning tasnif belgilari quyidagilardir:



    • bajaradigan vazifasiga ko’ra;

    • ob’ektlardan foydalanish darajasiga ko’ra;

    • natural-moddiy tarkibiga ko’ra.

    Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko’ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo’linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalaridir. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy- joy hamda kommunal-xo’jalik, maishiy xizmat, sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi.


    Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi schyotlar ochilgan:


    0110 - «Er»;
    0111 - «Erni obodonlashtirish»;
    0112 - «Moliyaviy lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni o’zlashtirish»;
    0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar»;
    0130 - «Mashina va jihozlar»;
    0140 - «Mebel va ofis jihozlari»;
    0150 - «Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi»;
    0160 - «Transport vositalari»;
    0170 - «Ish hayvonlari va mahsuldor hayvonlar»;
    0180 - «Ko’p yillik ekinlar»;
    0190 - «Boshqa asosiy vositalar»;
    0199 - «Konservatsiya qilingan asosiy vositalar».
    Ushbu schyotlar aktiv bo’lib, ularning debet tomonidagi saldo xo’jalik yurituvchi sub’ektda mavjud asosiy vositalarning qiymatini aks ettiradi. Asosiy vosita ob’ektlarining ko’payishi schyotlarning debet tomonida, kamayishi esa kredit tomonida aks ettiriladi.
    Amortizatsiya asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko’chirish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Asosiy vositaning amortizatsiya qiymati taxmin qilinayotgan tugatilish qiymatini chiqarib tashlagan holda aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlarda ko’rsatilgan qiymat o’rnini bosadigan boshqa qiymatning summasidir.
    Asosiy vositaning eskirishi bilan amortizatsiya o’rtasida mustahkam aloqa bor. Biroq ular bir xil tushunchalar emas. Eskirish asosiy vositalaridan foydalanish vaqtida ularning texnik ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo’qotish jarayonini aks ettiradi.
    Amortizatsiya ancha murakkab jarayon bo’lib, iste’mol qilingan asosiy vositalar qiymatini ularning eskirishiga muvofiq ravishda mahsulot tannarxiga, davr xarajatlariga o’tkazish, iste’mol qilingan asosiy vositalarning o’rnini qoplash maqsadida pul fondini jamg’arish jarayonini aks ettiradi. Demak, eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart- sharoitidir.
    Asosiy vositalarga eskirish hisoblashda «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMAga hamda O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga amal qilish lozim.
    Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:



    • Yer;

    • Mahsuldor hayvonlar, buqa va ho’kizlar;

    • Kutubxona fondi;

    • Byudjet tashkilotlari, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va texnologik tashkilotlarning vositalari;

    • Belgilangan tartibda konservatsiyaga o’tkazilgan asosiy vositalar;

    • To’liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar.

    Uzoq muddatli ijara hollarida ijaraga olingan asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini ijaraga oluvchi o’tkazadi. Qisqa muddatli ijarada amortizatsiya ajratmalarini ijaraga beruvchi hisoblaydi.


    O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasiga binoan asosiy vositalarning amortizatsiya normalari quyidagicha belgilangan:


    Moliyaviy qo’yilmalar hisobi

    Moliyaviy qo’yilma - bu korxonaning qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag’larini qo’shma korxonalar, aktsioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo’shish, shuningdek, boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir.


    Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga qo’yilgan) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga qo’yilgan) bo’ladi. Bundan tashqari moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo’lgan aktsiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga kiradi.
    Moliyaviy qo’yilmalar sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lib olingan aktsiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo’yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo’yicha shartnomalar hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning amalga oshirgan qo’yilmalariga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo’yilmalar mablag’lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to’lov topshiriqlari kiradi.
    Ular buxgalteriya hisobida 5800 - "Qisqa muddatli investitsiyalar" balans hisobvarag’ining oborot mablag’lar sifatida quyidagi tarzda aks ettiriladi:



    • obligatsiyalar, davlat va mahalliy qarz (zayom)lar, turli xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirkorlarning shunga o’xshash qimmatli qog’ozlarini olishga oid qisqa muddatli xarajatlar harakati va qoldiqlar;

    • bankning depozit schyotlariga yoki o’zga xil ayni o’xshash qo’yilmalarga jalb qilingan pul mablag’larining harakati va qoldiqlari;

    • jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli pul va o’zga xil qarz(zaem)larning harakati.

    Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar - bu uzoq muomala muddatiga ega (12 oydan ortiq) aktivlarning sotib olinishiga oid qo’yilmalar (investitsiyalar)dir. Ular buxgalteriya hisobida 0600 - "uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar" balans hisobvarag’ida uzoq muddatli aktivlar sifatida, quyidagilarni hisobga olgan holda aks ettiriladi:



    • boshqa aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalariga va boshqa subektlarning, shu jumladan, sho’ba subektlarning ustav kapitallariga oid uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati;

    • davlat va mahalliy qarz (zayom)lar obligatsiyalar, sertifikat va tijorat banklari, xo’jalik yurituvchi subektlar va tadbirkorlik tuzilmalarining shunga o’xshash qimmatli qog’ozlariga oid uzoq muddatli investitsiyalar;

    • subektlarga, o’zga xil tadbirkorlik tuzilmalariga berilgan uzoq muddatli va boshqa qarz (zayom)larga oid qarzlar harakati va qoldiqlari.



    Download 0,75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi

    Download 0,75 Mb.