• «Tovar-moddiy zahiralari» (4-son)
  • Materiallar, inventarlar va xo’jalik jihozlari hisobi




    Download 0,75 Mb.
    bet5/10
    Sana10.06.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #262083
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    “Poytaxt avto parking” MCHJ da amaliyot hisoboti

    Materiallar, inventarlar va xo’jalik jihozlari hisobi

    Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi. Amalda ular TMZlar deb ataladi. Asosiy vositalardan farq qilib, TMZlar bir ishlab chiqarish jarayonida o’zining qiymatini to’la ravishda mahsulot tannariga o’tkazadi. Materiallarning xar bir turi bo’yicha normativ miqdori korxona tomonidan mustaqil belgilanadi.


    Xo’jalik yuritishning yangi tizimi sharoitida moddiy boyliklardan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, Xo’jasizlikka qarshi kurash mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning ulushini kamaytirib borish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Materiallar hisobining vazifalariga quyidagilar kiradi:



    1. Materiallar harakati bilan bog’lik bo’lgan o’zgarishlarini o’z vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish.

    2. Materiallarni joylashda ularni to’g’ri saqlanish ustidan nazorat olib borish.

    3. Moddiy texnika ta’minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib boriladi.

    4. Materiallarning ishlab chiqarishga to’g’ri berilishi va ularni sarflash me’yoriga rioya qilish ustidan nazorat olib borish.

    5. Mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan TMZlarni kalkulyatsiya ob’ektlarida to’g’ri taqsimlash.

    6. Ichki resurslarni ishga solish maqsadida ortiqcha va foydalanilmayotgan TMZlarni aniqlash va sotish.



    Materiallar, yangi mehnat mahsulotini yaratishdagi roliga qarab ikkiga bo’linadi.


      1. xom ashyo va asosiy TMZlar.

      2. yordamchi TMZlar.

    Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini asosiy TMZlar tashkil qiladi. Masalan, mashinasozlikda – metall, mebel ishlab chiqarishda yog’och, gazlama ishlab chiqarishda – paxta va boshqalar. Qazib chiqaruvchi sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari xom ashyo deb ataladi. Masalan, neft, ruda, paxta, qand lavlagi va boshqalar. Boshqa korxonalardan olinadigan mashina va agregatlarning to’g’ri detallari va boshqalar yarim tayyor mahsulotlar deb ataladi.
    Tovar moddiy zahiralar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 27 avgust 44-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS-4) ga binoan olib boriladi.

    Xo’jalik yurituvchi sub’ktlarda TMZlarni hisobga olish uchun


    1000- «Materiallar» aktiv schyotidan foydalaniladi. Bu schyot o’z navbatida bir necha schyotlarga bo’linadi.
    1010 - Xom ashyo va TMZlar.
    1020 - Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar.
    1030 - Yoqilg’i.
    1040 – Ehtiyot qismlar.
    1050 - Qurilish TMZlari.
    1060 - Idish va idishbop TMZlar.
    1070 -Qayta ishlashga berilgan TMZlar.
    1080 - Inventar va o’jalikjihozlari.
    1090 - Boshqa TMZlar.
    Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Tovar-moddiy zahiralari» (4-son) standartiga ko’ra ularni baholash belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof qiymatidan eng kam baho bo’yicha baholanadi. Materiallarni tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va ularni manzilga etkazib berish bilan bog’liq bo’lgan transport tayyorlov xarajatlarini o’z ichiga oladi.
    Materiallarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig’imlarini, tovarni sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga to’langan komission to’lovlarni, Soliqlarni, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari savdo foizlari yoki chegirmalari va shunga o’xshash boshqa chegirmalar TMZlarni sotib olish xarajatlarini belgilashda amalga oshiriladi.
    Ishlab chiqarish zahiralarining xaqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qo’llash bilan amalga oshirishladi:



    1. Donalab baholash.

    2. FIFO.

    3. O’rtacha qiymat usuli.

    4. LIFO.

    Donalab baholash usuli avtomobil, tasviriy san’atning noyob durdonalari, qimmatbaho zargarlik buyumlari kabilarni hisobga olishda yuritiladi va har bir buyum alohida donalab baholanadi. O’rtacha qiymat usuli yordamida sotishga yaroqli TMZlar o’rtacha qiymati hisoblab topiladi. Vaqti-vaqti bilan ro’yxatga olishni o’tkazilayotganda o’rtacha miqdor butun bir davr uchun hisoblab chiqiladi. Birincha partiya baholari, ishlar chiqarishga ham birinchi chiqarish (birinchi zahiraga qabul qiligan birinchisi ishlab chiqarishga), FIFO usuli eng eski bo’lgan TMZlarni birinchi navbatda sotilishi, keyinrok qabul qilingan xaridlar davr oxiriga zahira bo’lib qolishini nazarda tutadi. FIFO usuliga qarama-qarshi bo’lgan oxirgi qabul qilingan partiya bahosi ishlab chiqarishga birinchi chiqarish usul- (oxirgisi zahiraga birinchisi ishlab chiqarishga) degan (LIFO) usulidir. Bunda sotilgan TMZlarning qiymati eng keyingi xaridlarga asoslangan bo’lib, davr oxiriga qolgan TMZ zahirasi eng avvalgi mavjud bo’lgan buyumlar qiymati bo’yicha baholanadi.


    Donalab baholashda, kamroq qiymati tanlangan bo’lsa, 18900 so’mni (120 x 90) + (70 x 100) + (10 x 110), agar tannarxi eng yuqori bo’lgan 150 ta buyum tanlangan bo’lsa, LIFO usulida 20500 so’mni (90 x 110) + (70 x 100) + (40 x 90) tashkil etadi. O’rtacha qiymatda
    esa 19784 so’m (200 x 98,92) bo’ladi, ya’ni 27700 : 280 = 98,92. FIFO usulida, 18900 so’m
    (120 x 90) + (70 x 100) + (10 x 100) bo’lsa, LIFO usulida 20500 so’m (90 x 110) + (70 x100) + (40 x 90)ni tashkil etadi.



    Bu usullarni solishtiradigan bo’lsak, quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. (Bu erda donalab baholash usuli aniq tanlab olingan buyumlarga bog’liq bo’ladi).


    Materiallarni qabul qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt ichida joylashtirilishi va ombordan berilishi muomalalarini rasmiylashtirish uchun bir xillashtirilgan idoralararo dastlabki hujjatlar ko’zda tutiladi.

    Download 0,75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materiallar, inventarlar va xo’jalik jihozlari hisobi

    Download 0,75 Mb.