|
Xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish
|
bet | 8/10 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #262083 |
Bog'liq “Poytaxt avto parking” MCHJ da amaliyot hisobotiXarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tamoyillariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar tasnifining ilmiy asoslanishi. Ushbu tamoyilni o'z faoliyatida amalga oshirish uchun har bir hisobchi buxgalteriya sohasidagi amaldagi me'yoriy hujjatlardan foydalanishi kerak. Bunday hujjatlarga korxonalarning barcha o'ziga xos sanoat xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan rejalashtirish, xarajatlarni hisobga olish va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash bo'yicha tipik ko'rsatmalar va tavsiyalar kiradi;
xarajatlarni hisobi ob'ektini, kalkulyatsiya ob'ektini va kalkulyatsiya birliklarini to'g'ri aniqlashtirish zarur. Ko’p hollarda kalkuyatsiya ob'ekti va xarajatlar hisobi ob'ekti bir-biriga mos kelmaydi. Kalkulyatsiya ob'ekti korxonada sotiladigan barcha turdagi mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Xarajatlar hisobi ob'ekti ko'pincha ularning paydo bo'lishi joylari, bir xil turdagi mahsulotlar va ularning guruhlarini o’z ichiga oladi;
Tannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilish tizimi seriyali yoki ommaviy tarzda bir xil yoki taxminan bir xil qo’llaniladi. Xarajatlarni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilishni har bir ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan ishlab chiqarish jarayonining alohida qismini bajarish va ishlov berishga qarab mahsulotni bitta muomaladan boshqasiga o’tishni ko’zda tutgan texnologiyaga ega subektlar ham qo’llaydilar. Oxirgi bo’linma ishlab chiqarishni tugatadi va mahsulotni tayyor mahsulot omboriga topshiradi. Xarajatlar mahsulotlarga ishlab chiqarish bo’linmalari bo’yicha ma’lum vaqt davri uchun nisbatsiz umumlashtiriladi. Mahsulot birligining tannarxi ishlab chiqarish tannarxini ma’lum davrda shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat, tovar)lar va ularning sotilishini hisobga olish
Bugungi kun zamon talablaridan kelib chiqib, sohani rivojlantirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risi”gi hamda “2013-2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorlari qabul qilindi.
Xizmatlar ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan dasturlar va chora-tadbirlar natijasida sohaning YAIMdagi ulushi sezilarli darajada o’sdi. Ushbu ko’rsatkich 2011 yilda 50,5 % ni tashkil etgan bo’lsa bugungi kunda 54,5% ni tashkil etishi kutilmoqda. Sohada band bo’lganlar bugungi kunda jami band aholining 50% dan ortig’ini tashkil qiladi.
Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarining 80,4 mingtasini yoki 81%i aynan xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat yuritmoqda.
Respublika bo’yicha sohada faoliyat yuritayotgan 2 mingdan ortiq korxonalar dastur doirasida begilangan imtiyozlardan foydalanmoqda.
Dasturlarni amalga oshirish hisobiga jami xizmatlar xajmi 1,7 barobar, aholi jon boshiga xizmatlar esa 1,6 barobarga oshgan.
Sohada rivojlanishning asosiy yuqori suratlari moliya, qurilish, sog’liqni saqlash, aloqa va axborotlashtirish, kompyuterda dasturlash, qishloq xo’jaligi texnikalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta'mirlash hamda maishiy xizmatlarida kuzatiladi.
Alohida shuni ta'kidlab o’tish lozim, soha o’sishiga ta'sir ko’rsatayotgan asosiy omillardan biri bu kichik biznes sohasiga yaratib berilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar, qulay investitsion iqlim hamda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kredit mablag’lari hisoblanadi.
Misol tariqasida aytish mumkinki, sohada faoliyat yuritayotgan subyektlarga 2012-2015 yillar mobaynida 4 trln 167,5 mlrd. so’m kredit mablag’lari ajratilgan. Shuningdek xudularni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi natijasida hisobot davrida 51,9 mingta loyiha amalga oshirilgan.
Bundan tashqari qishloq joylarda hamda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy joylar massivlarida xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish yuzasidan 2013-2015 yillar mobaynida qariyib 22 mingdan ortiq loyihalar ishga tushirildi.
|
| |