• "Ishonchnoma" M-2
  • "Berilgan ishonchnomalarni ro’yxatga olish jurnali" M-3
  • Mehnat va ish haqi hisobi
  • "Keladigan yuklarni ro’yxatga olish jurnali" M-1




    Download 0,75 Mb.
    bet6/10
    Sana10.06.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #262083
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    “Poytaxt avto parking” MCHJ da amaliyot hisoboti

    "Keladigan yuklarni ro’yxatga olish jurnali" M-1 haqli yuklarni temir yo’llar, suv pristanlari, transport ekspeditsiyasi idoralaridan olish va ularni xo’jalik yurituvchi sub’ekt omboriga kirim qilish bilan bog’liq transport, tovarga oid va boshqa hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun qo’llaniladi.
    Jurnalga transport va yuk hujjatlari, kirim orderlari, TMZni qabul qilish dalolatnomalaridagi ma’lumotlar asosida yozib boriladi.
    Xo’jalik yurituvchi sub’ekt omboriga TMZlarni qabul kilishiga qarab jurnalga kirim orderlar (yoki qabul qilib olish aktlari)ning tartib raqamlari va kelib tushish sanalari yozib boriladi yoki schyoti to’langanligi haqida axtaruv summasi bilan bog’liq so’rovnomalar to’g’risida belgi qo’yiladi.
    "Ishonchnoma" M-2 shakli lavozimdor shaxsning TMZlarni olish chog’ida xo’jalik yurituvchi sub’ektning huquqini rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi ishonchnomani oluvchiga bir nusxada berib, undan tilxat oladi.
    "Ishonchnoma" M-2a shaklini ishonchnoma bo’yicha TMZlar doimiy tusda olinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlatadi. Bunday ishonchnomalarning berilishi oldindan nomerlangan va tikib qo’yiladigan berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida ro’yxatdan o’tkaziladi.
    "Berilgan ishonchnomalarni ro’yxatga olish jurnali" M-3 shaklida beriladigan ishonchnomalar va ular olingani to’g’risidagi tilxatlar ro’yxatdan o’tkaziladi.
    M-2 shakldagi ishonchnomadan foydalanishda olinganlik va berilganlik to’g’risidagi ma’lumotlar ishonchnoma koreshogida qayd qilinadi. Bu holda jurnalda berilgan ishonchnomalar hisobga olib borilmaydi.
    "Kirim-orderi" M-4 shaklida xo’jalik yurituvchi sub’ekt omboriga mol etkazib beruvchilardan yoki kayta ishlovdan kelib tushgan TMZlar hisobi olib boriladi. TMZlar omborga kelib tushgan kuni moddiy javobgar shaxs bir nusxada kirim orderini tuzadi. Kirim orderlarining blankalari moddiy javobgar shaxslarga oldindan nomerlangan holda topshiriladi.
    "Materiallarni qabul qilish dalolatnomasi" M-7 shakli shunday TMZlarni qabul qilish uchun rasmiylashtiriladiki, ularga doir ma’lumotlarda mol etkazib beruvchi ilova qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan miqdor borasida tafovutlar mavjud bo’ladi, shuningdek, hujjatsiz kelib tushgan TMZlarni qabul qilishda ham tuziladi.
    Odatda mol etkazib beruvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan TMZlarni ta’minot bo’limi ekspeditori etkazib beradi. Mol etkazib beruvchi yoki transport tashkilotlaridan TMZlarning qubul qilinganda ta’minotchi idish va plomba, tamg’a, TMZlar sifatini tekshiradi. Agar tekshirish natijasida kamomad yoki yuklar sifati buzilganligi aniqlansa, mol etkazib beruvchi yoki transport tashkilotiga da’vo qo’yish huquqini beradigan tijorat dalolatnomasi tuziladi.
    Mol etkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan TMZlarni olish uchun ta’minotchiga buxgalteriya tomonidan 15 kun muddati bilan ishonchnoma beriladi. Ishonchnoma olish huquqiga ega bo’lgan xodimlar ro’yxati xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan imzolanadi. Ishonchnoma yozish uchun asos bo’lib shartnomalar, naryad, to’lovnoma, buyurtmanoma yoki mol etkazib beruvchining boshqa hujjatlari xizmat qiladi.
    “Poytaxt avto parking” MCHJ beriladigan ishonchnomalar eng avval ishonchnomalarni ro’yxatga olish daftarida qayd etiladi. Bu daftar varaqlari oldindan raqamlanib, tiqilib so’rg’uch bilan muhrlanadi. Daftarning oxirgi betida bosh buxgalter imzosi bilan quyidagi yozuv qayd etiladi: «Bu daftarda hisob varaqlar raqamlangan va tikib chiqilgan» Varaqlar soni harf (so’z) bilan yozilishi kerak.
    Ishonchnoma olgan xodim TMZlar olingandan keyingi birinchi kundan qoldirmasdan unga yuklatilgan vazifani bajarganligi hamda olingan TMZlarni omborga topshirishi shart. Ishlatilmagan ishonchnomalar belgilangan muddati o’tib ketgandan keyingi kunda buxgalteriyaga qaytariladi. Muddati o’tib ketgan ishonchnomalar bo’yicha hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berish man etiladi.
    TMZlarni ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. Omborga qabul qilish vaqtida omborchi keltirgan TMZlar soni, turi, sifatini mol etkazib beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlar(hisobvaraq-faktura, to’lov talabnomasi, spitsifikatsiya, tovar transporti, yuk xatlari) bilan solishtirib to’g’ri kelish kelmasligini tekshirib ko’radi. Keltirilgan TMZlar mol etkazib beruvchining hujjatlari bilan muvofiq bo’lsa, omborchi kirim-orderi tuzadi. Kirim operatsiyalari soni kam bo’lganda mol etkazib beruvchi hujjatiga muhr qo’yishga ruxsat etiladi.
    Buxgalteriya unga xo’jalik yurituvchi sub’ekt nomi, varaqa tartib raqami, ombor raqami, TMZ nomi, markasi, navi, hajmi, o’lchov birligi, nomenklatura raqami, hisob narxi va boshqalarni yozadi.
    Nazorat qilishning partiya bichish usulida sarflash natijasi TMZning har bir partiyasi bo’yicha aniqlanadi. Buning uchun bichish varaqasi yuritiladi. Unda ishlab chiqarish topshirigini bajarish uchun berilgan TMZning xakikatdan sarflanganligi ko’rsatiladi. Har bir bichish varaqasi bo’yicha TMZ sarflash natijasi aniqlanadi.
    Inventar usuli bo’yicha TMZ sarflash natijasi hisobot oyi oxirida chiqarilmay, balki qolgan TMZlarni inventarizatsiya qilish yo’li bilan aniqlanadi.
    Tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan hisobot tuzishdan oldin tovar-moddiy zahiralarni inventarizatsiya qilishni talab qiladi. Ushbu inventarizatsiya quyidagi hollarda va tartibda o’tkaziladi:
    Tuzilgan yillik hisobotda TMZ haqiqiy holatini aniqlash maqsadida yil bir marta 1- oktyabr holatiga;
    Moddiy javobgar shaxslarni almashtirayotganda, ularning ustidan asosli shikoyat tushganda va tabiiy ofat sodir bo’lganda;
    Buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar bilan omborxona hisobidagi (hisobotidagi) ma’lumotlarda farqlar vujudga kelsa.
    Inventarizatsiya o’tkazish uchun har yili boshida sub’ekt rahbarining imzosi bilan doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasini tuzish va uning a’zolari to’g’risida buyruq chiqariladi. Unga sub’ektning etakchi mutaxassilari, bo’limlardan vakillar jalb qilinadi.
    Har bir ayrim inventarizatsiya o’tkazish uchun sub’ekt rahbarining imzosi bilan buyruq chiqariladi. Unda komissiya a’zolari, inventarizatsiya ob’ekti va o’tkazish davr ko’rsatiladi. Inventarizatsiya o’tkazishdagi haqiqiy mavjudligini aniqlashdir. Inventarizatsiya jarayonida quyidagilar tekshiriladi:
    Tovar-moddiy zahiralarning saqlanish sharoiti;
    Ularni saqlash va chiqarish tartiblarining to’g’riligi va tortuv va o’lchov jixozlarining ahvoli;
    Tovar-moddiy zahiralarning harakatini hisobga olish tartibi(omborxona hisobining yuritilishi);
    Inventarizatsiya o’tkazishning mohiyati, usuli va qamrovi bo’yicha quyidagicha guruhlanadi.
    Tekshirish hajmining qamrovi bo’yicha:
    Yoppasiga –ob’ekt har tomonlama va to’liq tekshiriladi;
    Tanlama-ob’ektning asosiy ko’rsatkichlari tanlab olib tekshiriladi; O’tkazish vaqtiga qarab:



    • rejali-sub’ekt tomonidan tuzilgan rejaga asosan(yilda bir marta) o’tkaziladi;

    • ko’tilmagan holda – javobgar shaxs kutmagan holda – shikoyat tushganda va hokazo o’tkaziladi.

    Inventarizatsiyani o’tkazish usulidan umumiy rahbarlik sub’ektning rahbari yoki uning o’rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi. Buyruqqa asosan tuzilgan inventarizatsiya komissiyasiga ishonchli mutaxassislar jalb qilinadi va natijasini(dalolatnomani) rahbar tasdiqlaydi. Inventarizatsiya komissiyasi o’tkazish davrida buxgalterning hisob ma’lumotlariga asoslangan holda TMZ inventarizatsiya ro’yxatini omborlar bo’yicha(inv-3) tuzadi. Uni o’tkazish vaqtida ombor mudiri tomonidan TMZ qabul qlish va chiqarish ta’qiqlanadi, u niventarizatsiya komissiyasiga hamma hujjatlarda ma’lumotlar omborxona hisobidagi tegishli kartochkalarga o’tkazilganligi va buxgalteriyaga topshirilganligi to’g’risida tilxat beradi.


    Inventarizatsiyaning natijalarini aniqlash uchun TMZ qoldiqlarini hisobga oluvchi daftardan foydalanish mumkin, chunki unda inventarizatsiyaning natijasi bo’yicha tuzilgan ro’yxatga asosan jismoniy ko’rinishdagi TMZ qoldig’ini qayd qiluvchi maxsus ustun mavjud.
    Inventarizatsiya natijasida aniqlangan farqlar-ortiqcha yoki kamomad, taqqoslash qaydnomasini tuzish natijasida, haqiqiy tannarxda hujjatlashtiriladi.
    Ortiqcha deb topilgan, TMZ tegishli schyotlarda kirim qilinadi, debet 1000, 1100, 2900 va davr xarajatlari kamaytiriladi, ya’ni muomalaviy daromadlar sifatida tegishli 9390-
    «Boshqa moliyaviy daromadlar» schyotining kreditida ko’rsatiladi. TMZ kamomadi esa tegishli schyotlarning kreditidan 9433-«Qiymatliklarning kamomadi va buzilishi natijasida yo’qotishlar» schyotining debetiga olib boriladi. Keyinchalik inventarizatsiya komissiyasining qarori rahbar tomonidan tasdiqlangan keyin yoki javobgar shaxs zimmasiga olib boriladi debet schyot 4630, yoki davr xarajatlari sifatida 9433 schyotning debet tomonida qoladi(agar ushbu summani sub’ekt o’z zimmasiga olsa).
    Firmaning bosh direktorining 2003 yil noyabr oyining 26-kunida chiqarilgan 285- buyrug’iga asosan 25-omborxona mudiri U. Umarovning javobgarligida 1010 balans schyotida hisobga olingan xom-ashyo va TMZlarning noyabr oyining 1 kuniga holatini qayd qiluvchi haqiqiy qoldig’ini aniqlash maqsadida inventarizatsiya o’tkazildi.
    “Poytaxt avto parking” MCHJ da inventarizatsiya oktyabr oyining 30-kunida boshlanib noyabr oyining 2-kunida tugatildi.
    Mehnat va ish haqi hisobi
    Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning tub negizida aholini ijtimoiy himoya qilish, qilingan mehnatiga yarasha taqdirlash hamda turmush farovonligini oshirish masalasi yotadi.
    Ushbu masalalarni hal etish borasida bugalteriya sohasida ham ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda, xususan inson mehnat qilar ekan uning hisobini to’g’ri tashkil etish va yuritish, to’lovlarni hamda ajratmalarni o’z vaqtida olib borishni taqozo etadi.
    Fuqarolarni mehnat qilishi uchun har qanday sharoitlar yaratilib ularning mehnatga bo’lgan munosabatini, mulkiy xissiyotini uyg’otishga oid qator tadbirlar qilinmoqda. Xususan Prezidentimiz o’zining bir qator qaror va qonunlarida bu kabi yuqoridagi masalalarga ijobiy yondashmoqda. Ma’lumki, mashhur besh tamoyillaridan biri»bo’lmish ijtimoiy himoya qilish dasturi buning yaqqol asosidir. Chunonchi, O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 24 dekabrdagi 562-sonli qaroriga muvofiq 1998 yilda ham mehnat sharoitlari o’ta zararli, o’ta og’ir bo’lgan ishchilarning daromadlaridan chegirmalar darajasi 25% dan oshmasligi hamda noqulay iqlim sharoitida ishlayotganlar daromadiga eng kam soliq stavkasi bo’yicha 15% miqdorida undirish tartibi ko’rsatib o’tilgan.
    Ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan o’sishini ta’minlovchi eng muhim omillaridan biri mehnat unumdorligini o’stirishdir.
    Hozirgi paytda xalqimiz oldida turgan mamlakat iktisodiy va ijtimoiy-siyosiy turmushini barqarorlashtirish tadbirlari, yaqin vaqt ichida iste’mol bozoridagi taqchillikni bartaraf qilish borasidagi vazifalarini bajarish uchun, birinchi navbatda, mehnat unumdorligini o’stirish talab etiladi.
    Keyingi paytda tarif tizimi va mehnatni muvofiqlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt jamoasiga beriladigan mukofotlari ularning mehnat hissalariga qarab belgilash borasida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda.
    Xodimlarning mehnatiga haq to’lash shakllari, tartibi va miqdori hamda daromadlarining boshqa turlari xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va sharoitga qarab tabaqalash uchun davlat tarif stavkalari bo’yicha ish haqi, maoshlaridan mo’ljal uchun foydalanishlari mumkin.
    1991 yildan boshlab xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarga ish haqi fondi va moddiy rag’batlantirish fondining miqdorini belgilaydigan nomativlar yuqoridan tasdiqlanmaydigan bo’ldi. Mehnatga haq to’lash xarajatlarining me’yorlashtiriladigan miqdori xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zi tomonidan faqat soliq solinmaydigan foydani hisoblab chiqish uchun aniqlanadi.
    Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining shaxsiy daromadi, ya’ni mehnatga haq to’lash mablag’lari mahsulot tannarxiga kiritiladigan to’lovlar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoldiriladigan foyda hisobidan beriladigan to’lovlardan iborat. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan to’lovlar tarkibiga ishbay ish haqi (rastsenkasi), tarif stavkasi, lavozimlik maoshlari (okladlari), rag’batlantirish va tovon (kompensatsiya) to’lovlari, ishchi va xizmatchilarni ularning ishlab chiqarish faoliyatidagi aniq ko’rsatkichlari uchun belgilangan mukofotlash tartiblariga qarab hisoblangan ish haqi hamda amaldagi qonunlarda ko’zda to’tilgan to’lovlar kiradi.
    Iste’molga yo’naltiradigan mablag’larni tartibga solish maqsadida soliq belgalangan. Bunda iste’mol uchun yo’naltiriladigan mablag’lar deb, xo’jalik yurituvchi sub’ektdagi barcha xodimlarning mehnat haqi xarajatlari summasi, pul to’lovlari, shu jumladan, bir yildagi yil yakunlari bo’yicha mukofotlar, moddiy yordam, mehnat va ijtimoiy imtiyozlarni belgilashga atalgan summalar va yakka tartibdagi xususiyatlarga ega bo’lgan boshqa to’lovlar hamda ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflar uchun to’lovlardan tashqari mehnat jamoasining a’zolari qo’shgan mablag’lari bo’yicha to’lanadigan daromadlar (dividendlar, foizlar)ga aytiladi.
    Soliq solish ob’ekti sifatida iste’mol uchun yo’naltirilgan mablag’larning soliq solinmaydigan miqdoridan ortiqcha summasi qabul qilingan. Iste’mol uchun yo’naltirilgan mablag’larning soliq solinmaydigan miqdori hisobot yilining joriy davridagi xo’jalik hisobi daromadini shu mablag’larning o’tgan "yilning tegishli davridagi xo’jalik hisobi daromadidagi salmog’iga ko’paytirish yo’li bilan topiladi. Shunday yo’l bilan topilgan miqdor 0,98 koeffitsienti bilan tuzatilib, xo’jalik hisobi daromadining o’sishini iste’mol uchun yo’naltirilgan mablag’larning o’sishiga qaraganda tezlashtirishni ta’minlaydi.
    Iste’mol uchun yo’naltiriladigan mablag’larni tartibga solish uchun qabul qilinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt xo’jalik hisobidagi daromadi sotilgan maxsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi tarkibidagi mehnatga haq to’lash xarajatlari bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladigan foyda summalari sifatida hisoblab chiqiladi. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik hisobidagi daromadi taqqoslash mumkin bo’lgan narxlar va sharoitlarda hisoblab chiqilishi lozim bo’ladi.
    Hozirgi paytda ish haqini tashkil qilishni qayta qurishning muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:



    1. xodimlarning juda keng bo’lgan doirasiga tegishliligi;

    2. birinchi marta ish haqini tashkil qilishning barcha qismlarini, ya’ni ta’rif tartibi, haq to’lash shakllari va mukofotlash tartibi, mehnatni muvofiqlashtirish, qo’shimcha haq

    to’lash mexanizmi, mehnatga haq to’lash fondlarini hosil qilish va foydalanish kabi elementlar kompleksini o’z ichiga oladi;

    1. mehnat jamoasining roli ayniqsa oshiriladi, mehnatning umumiy natijasiga har bir xizmatchi hissasini baholash hamda unga haq to’lash va mukofotlash miqdorlarini aniqlash bilan bogliq bo’lgan masalalarni echishdagi ko’pchilik to’siqlar bartaraf qilinadi;

    “Poytaxt avto parking” MCHJda mehnat va ish haqiga tegishli reja topshiriqlarini hisobga olish va nazorat qilishda buxgalteriya hisobi muhim rol o’ynaydi. Chunki uning yordamida xo’jalik yurituvchi sub’ektning barcha bo’limlarida mehnat ko’rsatkichlarining bajarilishi va uning o’zgarishi haqida iqtisodiy asoslangan axborotlar yaratiladi.


    Mehnatkashlarning mehnat unumdorligini oshirish va xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishini yaxshilashga bo’lgan moddiy qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida ularga to’lanadigan ish haqida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishining umumiy yakunini yaxshilash uchun to’lanadigan qismini oshirishga keng yo’l ochib berilmoqda. Shuning uchun sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlaridagi buxgalteriya hisobining eng muhim vazifalaridan biri mehnat o’lchovi va unga haq to’lash ustidan nazorat qilib turishdir.
    Buxgalteriya hisobi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga xarajatlangan mehnat miqdorini va ish haqini to’g’ri aniqlab berish lozim.
    Har bir sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati to’g’ri va normal olib borilishi uchun unda ma’lum kasb va malakaga ega bo’lgan kadrlar ishlashi kerak. Xo’jalik yurituvchi sub’ektda ma’lum davr ichida ishlayotgan barcha xodimlar xo’jalik yurituvchi sub’ektning shaxsiy tarkibi deb yuritiladi. U ikkiga bo’linadi:

    1. ro’yxatdagi shaxsiy tarkib;

    2. ro’yxatdan tashqari shaxsiy tarkib.

    “Poytaxt avto parking” MCHJda shaxsiy tarkibining asosiy qismini ro’yxatdagi shaxsiy tarkib tashkil qilib, unga doimiy va vaqtinchalik ishga besh yildan kam bo’lmagan davrga qabul qilingan va mehnat daftarchalari ochiladigan xodimlar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt asosiy faoliyati bo’yicha bir yildan kam bo’lmagan muddatga vaqtinchalik ishga qabul qilingan va mehnat daftarchalari ochilmaydigan xodimlar kiradi.


    Ro’yxatdan tashqari shaxsiy tarkib xodimlari xo’jalik yurituvchi sub’ektga, odatda, uning asosiy faoliyati bilan bog’lik bo’lmagan vaqtinchalik, mavsumli ishlarni va topshiriqlarni bajarish uchun taklif qilingan bo’lib, ular ushbu xo’jalik yurituvchi sub’ekt shtatiga kirmaydi va ularga kadrlar bo’limida mehnat daftarchasi yuritilmaydi. Ba’zi paytlarda ro’yhatdan tashqari shaxsiy tarkibga tegishli ish haqi fondlari hisobidan ro’yhatdagi shaxsiy tarkibga qarashli ishchi va xizmatchilar tomonidan bajarilgan ishlarga haq to’lash mumkin. Lekin bunday ishlar ularning o’z ish vazifalari bilan bog’liq bo’lmasligi kerak.

    Sanoatga taalluqsiz xodimlarga uy-joy va kommunal xo’jalik xodimlari, ko’makchi qishloq xo’jalik xo’jalik yurituvchi sub’ektlari, bolalar bogchasi, o’quv yurtlari va kurslari, tibbiy va madaniy-maishiy muassasalarning xodimlari hamda imorat va inshootni kapital tuzatish ishlari bilan band bo’lgan xodimlar kiradi.


    Sanoat ishlab chiqarishida band bo’lgan xodimlar xo’jalikda qanday vazifalarni bajarayotganliklariga qarab olti guruhga bo’linadi:

      1. ishchilar; b) muhandis-texnik xodimlar; v) xizmatchilar; g) kichik xizmatchi xodimlar; d) o’quvchilar; e) qorovul va o’t o’chiruvchi xodimlar.




    1. Ishchilarga mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashuvchi va ishlab chiqarishni normal olib borishni tashkil qiluvchi shaxslar kiradi. Ishchilar mahsulot ishlab chiqarishda qatnashishlariga qarab asosiy ishlab chiqaruvchi va yordamchi ishlab chiqaruvchi ishchilarga bo’linadi. Asosiy ishlab chiqaruvchi ishchilar deb ushbu xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yaratishda bevosita qatnashuvchi ishchilarga aytiladi. Yordamchi ishlab chiqaruvchi ishchilarga ish joylari uchun ishlab chiqarish xizmatlarini bajaruvchi ishchilar, ya’ni mehnat vositalari va ishlab chiqarish binolarini joriy tartibda tuzatib, tozalab turish, mahsulotni ortish, tushirish bilan band bo’lgan ishchilar kiradi.

    2. Muhandis-texnik xodimlarga xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati ustidan texnikaviy ishlab chiqarish va iqtisodiy jihatdan rahbarlik qiluvchi xodimlar kiradi.

    Ish haqi sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektsidagi xodimlar daromadlarining eng muhim manbaidir. Lekin ish haqidan tashqari jamiyat a’zolarining daromadlari jamiyat iste’mol fondlari, davlatning sug’urtasi, nafaqa ta’minoti, maorif va sogliqni saqlash, bolalar muassasalarini saklash, sanatoriylar, kurortlarga va shu kabilarga qilinadigan xarajatlari bilan ham belgilanadi.


    Ish haqi ikki turga bo’linadi: asosiy ish haqi va qo’shimcha ish haqi.
    Asosiy ish haqi deb ishchi va xizmatchilarga ishlangan ish vaqti yoki bajarilgan ishlariga va mehnatkashlarning aybisiz ish to’xtab qolgan vaqtga to’lanadigan ish haqiga aytiladi. Asosiy ish haqiga tarif bo’yicha haq to’lash, ishbay ishlarning narxi bo’yicha haq to’lash, lavozimlar, oylik maoshi va ularning ustiga mukofot tarzida to’lanadigan qo’shimcha haq ish vaqtidan tashqari ishlar uchun to’lanadigan qo’shimcha haq, brigadirlarga to’lanadigan qo’shimcha haq, ishning normal sharoitidan chetga chiqish paytlaridla bajarilgan ishlar uchun qo’shimcha haq to’lash kiradi.
    Qo’shimcha ish haki deb ishchi va xizmatchilarga ishlamagan vaqt uchun beriladigan to’lovlarga aytiladi. qo’shimcha ish haqi mehnat to’g’risidagi krnunchilikda ko’zda to’tilgan bo’lib, ularga ta’til vaqtida to’lanadigan haq, davlat va jamoa topshiriklarini bajarish vaqtiga to’lanadigan haq, onalarning bolalarni emizish davri uchun to’lanadigan haq va boshqalar kiradi.
    Mehnatga to’lanadigan haqni to’g’ri belgilash maqsadida tarif tizimi qo’llaniladi. Tarif tizimi uch qismdan iborat:



    1. tarif stavkasi;

    2. tarif setkasi;

    3. tarif-malaka bildirgichi.

    Tarif stavkasi deb vaqt birligi (soat, kun, oy) uchun to’lanadigan ish haqiga aytiladi. Ishchilarning tarif stavkasi ularning malakasi, mehnat sharoiti, haq to’lash shakli hamda sanoat tarmoklari bo’yicha markazlashtirilgan ravishda differentsiatsiya qilingan bo’ladi.


    Ishchilarning tarif stavkasi 1- razryadli ishchilar uchun kun yoki soat bilan, qolgan razryadli ishchilar uchun esa tegishli koeffitsient bilan belgilanadi. Boshqa yuqori razryaddagi ishchilarning ish haqini aniklash uchun ularga belgilangan koeffitsientni 1- razryad ishchisining tarif stavkasiga ko’paytirish kerak.
    Bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichida ishning og’ir-engilligiga qarab 1- razryadli ishchi uchun har xil ish haki belgilangan bo’lishi mumkin.
    Tarif setkasi mehnatga haq to’lashda malakani hisobga olish, ya’ni har xil malakali ishchilarning ish haqida bo’lgan tafovutni belgilashda qo’llaniladi. Tarif setkasida razryadlar ro’yxati va har bir razryadga tegishli koeffitsient keltirilgan bo’ladi. Tarif koeffitsienta ma’lum razryadning stavkasi 1- razryadning stavkasidan ortiqligini ko’rsatadi. 1- razryadga 1 ga teng bo’lgan koeffitsient belgilanadi, qolgan razryadlarniki esa mehnatning malakasiga qarab oshib boradi. Sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida hozir asosan 6 razryadli tarif setkasi qo’llaniladi.
    “Poytaxt avto parking” MCHda 20 razryadli tarif rejasi qo’llaniladi.
    Tarif-malaka bildirgichi deb sanoatning ma’lum tarmog’ida bajariladigan ishlar turi va shu ishlarni bajarishda ishchilarning oldiga qo’yiladigan talablar ro’yxatiga aytiladi. U barcha tarif tizimining asosi bo’lib sanoat tarmoklari bo’yicha tuziladi.
    Sanoatda asosan ish haqining ikki tarifi qo’llanilib, bular ishbay va vaqtbay shakllaridir.
    Ishbay shaklida ishchilarning ish haqi ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori va sifatiga qarab belgilanadi. Ish haqining bu shakli sanoatda asosiy hisoblanib, u mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi, chunki u har bir ishchining shaxsiy va ijtimoiy manfaatini hisobga olishni ta’min qiladi.
    Ish hakining bu shaklida bajarilgan ish ishbay usulida to’lanadi. Ishbay ishlarning narxini topish uchun ishbay ishlovchi ishchilarning bir soatlik tarif stavkasini bir soatdagi ishlab chiqarish me’yoriga bo’lish kerak.
    Vaqt birligida ishlab chiqarilishi lozim bo’lgan mahsulot miqdoriga mahsulot ishlab chiqarish me’yori deyiladi.
    Ishbay ish haqi asosan quyidagilardan iborat: to’g’ri ishbay ilgor ishbay, akkord va ishbay mukofot tizimidan iborat.
    To’g’ri ishbay tizimida ish haki ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga karab yagona ishbay ish haqi narxlarida to’lanadi va ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilish darajasi hisobga olinmaydi. Bunda ishchiga bajargan ishlariga beriladigan ish haqini hisoblash uchun uning ishlab chiqarilgan mahsuloti miqdori mahsulot birligiga belgilangan ishbay ish haqi narxiga ko’paytiriladi.
    Ilg’or ishbay tizimida ishlab chiqarilgan mahsulotning belgilangan me’yordan ortiq qismiga yuqrri narxlar to’lanadi. Masalan, ilg’or ishbay tizimida ishlayotgan ishchi me’yor bo’yicha bir oyda 1000 dona mahsulot ishlab chiqarishi kerak edi. Hakiqatda, u 1200 dona mahsulot ishlab chiqargan yoki me’yorni20% ortig’i bilan bajargan.
    Me’yordan 10% ortiq bajarilgan mahsulot uchun, masalan, asosiy ishbay ish haki narxidan 20% ortiq to’lash — 20% ortiq bajarilganligi uchun 30% oshiqcha to’lash mo’ljallangan.
    Ilg’or ishbay tizimi sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining asosan og’ir va mas’uliyatli uchastkalaridagina qo’llaniladi.
    Akkord tizimida ishbay ish haki ishlab chiqarishning oxirgi natijasigina qarab hisoblanadi. Bunda ishbay ishning narxi har bir alohida operatsiyaga belgilanmay, balki hamma ish hajmiga ko’ra belgilanadi.
    Akkord tizimida ishlayotgan jamoa a’zolariga beriladigan ish haqining umumiy summasi oxirgi operatsiyadan keyin texnika nazorati bo’limiga "topshirilgan mahsulot miqdoriga qarab belgilanadi. Buning uchun brigadaning har bir a’zosi tomonidan bajariladigan operatsiyalarning ishbay ish narxlarining yig’indisidan tashkil topgan mahsulot birligiga tegishli ishbay ishning narxi aniqlanib, ushbu ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdoriga ko’paytiriladi. Bu tizimining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, brigadaning har bir a’zosi o’zining bajargan ishlarini yozib yuradi va bajargan operatsiyasi uchun ishbay ishlarning narxi unga oldindan ma’lum bo’ladi. Shuning uchun brigada a’zolari o’zlariga tegadigan ish haqini bilib yuradilar.
    Hozirgi paytda bizning sanoatimizda eng keng tarqalgan ish haqi tizimi ishbay mukofot tizimidir. Bu tizimida ish hakining ishbay tizimi ma’lum ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining yaxshilanganligi uchun ishchilarni mukofotlash bilan birga qo’shib olib boriladi. Bunday mukofotlar masalan, texnikaviy asoslangan ishlab chiqarish me’yorlarining ortigi bilan bajarilganligi, mahsulot sifatining yaxshilanganligi va shu kabilar uchun beriladi.
    Vaqtbay ish haqi shaklining mohiyati shundan iboratki, unda ish haqi ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori va sifatidan qat’i nazar, xodimlarning malakasiga, ishlagan vaqtiga qarab haq to’lanadi. Ish haqining vaqtbay shakli rejalashtirish va hisobga olish juda qiyin bo’lgan yoki ish vaqtining xarajatlanishi ishlab chiqarish texnikasi tomonidan yuqori darajada reglamentga solinadigan ishlar va uchastkalarda hamda ishchilarni ishbay shakliga o’tkazish maqsadga muvofiq bo’lmagan joylarda qo’llaniladi. Bunday ishchilarga, masalan, texnika nazorati bo’limining ishchilari, mahsulot saralovchilar, ba’zi bir sozlash, tuzatish ishlarini bajaradigan va shu kabilar kiradi.
    Vaqtbay ish haqi ikki xil bo’ladi: oddiy vaqtbay ish haqi va vaqtbay mukofot ish haqi.
    Oddiy vaqtbay ish haqi turida ish haqining miqdori ishlangan vaqt, soatli tarif bo’yicha ishhaqi yoki belgilangan lavzimli maoshga bog’liq bo’ladi. Bunday ish haqining summasi ishlangan soatlarning sonini bir soatli tarif bo’yicha ish haqiga yoki ishlangan kunlarning sonini ma’lum lavozim uchun belgilangan maoshning bir kunlik summasiga ko’paytirish yo’li bilan topiladi.
    Ish haqining vaqtbay-mukofot shaklida ishlangan vaqt uchun to’langan ish haqidan tashqari yana vaqtbay ish haqiga nisbatan mutloq summada yoki foiz bilan belgilangan mukofot ham to’lanadi. Bunday mukofotlar ishlab chiqarishning miqdor va sifat ko’rsatkichlari uchun to’lanadi. Ishchilarga to’lanadigan mukofotning bu turi ish haqi fondining bir qismini tashkil etadi. Chunki ular mukofotlashning doimiy amaldagi qoidasiga ko’ra to’lanib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moddiy rag’batlantirish fondining mahsulot tannarxiga kiritiladigan qismi hisobidan tashkil topadi.
    Muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar va kichik xizmatchi xodimlarga bir oylik lavozimli maosh belgilanadi. Bunday maoshni belgilashda mazkur lavozimdagi ishning murakkabligi, hajmi, uning uchun javobgarlik va boshqa shart-sharoitlar hisobga olinadi.
    Mehnatga haq to’lash xarajatlarini hisobga olish bo’yicha amaldagi "Xarajatlar tarkibi to’g’risida"gi Nizomning 1.2 va 2.1 moddalarida ushbu xarajat turlarini qaysi birini tannarxga olib borish yoki davr xarajati sifatida qaysi xarajatlar olib borish tartibi ko’rsatib berilgan.

      1. Ishlab chiqarishga aloqador mehnatga haq to’lash xarajatlari. Ishlab chiqarishga aloqador mehnatga haq to’lash xarajatlari tarkibiga kundagi moddalar kiritiladi.

        1. Amaldagi bajarilgan ish uchun yozilgan ishlab chiqarishga aloqador ish haqi, bu xo’jalik yurituvchi sub’ektda qabul qilingan mehnatga haq to’lashning shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlaridan tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

        2. Ishlar vaxta usulila tashkil etilganda, ish vaqti jamlama usulida hisobga olib borilganda va qonunlarda nazarda to’tilgan boshqa hollarda belgilangan ish vaqtidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan ishchi, xizmatchilarga beriladigan dam olish kunlari uchun to’lanadigan haq.

        3. Mehnat haqini o’rniga maxsulot berish.

        4. Tushum nizomlari bo’yicha rag’batlantiruvchi to’lovlar, jumladan ishlab chiqarishdagi natijalar uchun mukofotlar, kasb maxorati uchun tarif stavkalari va maoshlariga ustamalar, amaldagi qonunlarga binoan ishlab chiqarishdagi xodimlarga belgili muddat xizmat qilganm uchun bir marotaba beriladigan mukofotlar.

        5. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bogliq bo’lgan qoplov tarzidagi to’lovlar, xususan kunda ishlaganlik, ish vaqtidan tashqari ishlaganlik, dam olish va bayram kunlari ishlamaganlik, ko’p smenali tartibda ishlaganlik, bir yo’la ogir, zararli mehyaat sharoitida ishlaganlik uchun ustamalar, holda tarif va maoshlarga qo’shimcha haqlar.

        6. Amaldagi qonunlarga muvofiq navbatdagi va qo’shimcha mehnat ta’tillariga, o’smirlarning imtiyozli soatlariga, onalarning bolasini boqish uchun ishida bo’ladigan tanaffuslariga, tibbiy ko’riklardan o’tish, davlat oldidagi burchlarini ado etish bilan bog’liq bo’lgan vaqtga to’lanadigan haqlar.

        7. Ishchi va xizmatchilarga qisman ishhaqi to’lanadigan zaruriy mehnat ta’tillari va boshqalar.

    Amaldagi qonunlarga binoan mulkchilikning har qanday shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari ish haqidan quyidagi pul ushlanmalari va chegirmalari amalga oshiriladi:





    • daromad solig’i;

    • pensiya fondiga (xozirgi kunda hisoblangan ish haqiga nisbatan 2,5 %);

    • oyning birinchi yarmida berilgan avans;

    • xodim xo’jalik yurituvchi sub’ektga etkazgan moddiy zarar qiymati;

    • foydalanilgan ta’tilning ishlanmagan kunlari uchun to’langan pullar;

    • ba’zi turdagi jarimalarni undirish;

    • ijroiya hujjatlar bo’yicha;

    • kreditga sotilgan tovarlar uchun;

    • ishlab chiqarilgan yaroksiz maxsulot uchun;

    • kasaba uyushmasiga badal.

    Daromad solig’i O’zbekiton Respublikasining Soliq kodeksi hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo’mitasi tomonidan 1998 yil 23 fevralda tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 11 iyun 1998 yilda ro’yxatdan o’tkazilgan. “Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqni hisoblash va byudjetga to’lash tartibi to’g’risida”gi yuriknoma asosida ushlab kolinadi.


    O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq qo’mitasi 2002 yilda Soliq olish tartibiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 31 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiktisodiy ko’rsatkichlari prognozi va 2003 yilgi Davlat byudjetining parametrlari to’g’risida” 455-sonli karori va boshqa qonun hujjatlari bilan kiritilgan asosiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda 2003 yil yanvaridan boshlab ish haqi, mukofotlar va jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari summasidan quyidagi miqdorda soliq olinadi.

    1. Xizmatchilarga xo’jalik yurituvchi sub’ektlardagi idora ishlarini va ayrim ma’muriy- xo’jalik ishlarini bajaruvchi xodimlar kiradi.

    2. Kichik xizmatchi xodimlarga ishlab chiqarishga taallukli bo’lmagan binolarni, hovlilarni tozalovchi shaxslar, xat tashuvchilar kiradi.

    3. O’quvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishlab chiqarish jarayonini yakka-yakka yoki brigada usuli bilan o’rganayotgan shaxslar dir.

    4. Qorovul va o’t o’chiruvchi xodimlarga xarbiylashtirilgan, qurollangan, vaxtyorlik va o’t o’chirishda xizmat qiladigan ishchilar kiradi.

    Sanoat ishlab chiqarishida ishlaydigan xodimlar kasblari, malakalari va ish stajlari bo’yicha ham guruxlanadi.


    Kasblari bo’yicha xodimlar tokarlar, frezerchvlar, slesarlar, montyorlar, muxandislar, texnologlar, buxgalterlar va hokazolarga- bo’linadi.
    Malaka deb ishlab chiqarishning ayrim uchastkalaridagi har xil ishlarni bajarish borasidagi bo’limlar va qobiliyatlar yig’indisiga aytiladi. Ishchilarning malakasi ularga berilgan razryadlarga qarab belgilanadi. Ularning malakasi oshgan sari razryadlari ham oshib boradi. Boshqa xodimlarning malakasi ularning ish stajlariga, ma’lumotlariga qarab belgilanadi. Ishchi va xizmatchilarga to’lanadigan ish haqi, ular tomonidan xarajatlangan mehnatlarining miqdori va sifatiga qarab, moddiy va maishiy ehtiyojlarni qondirish uchun pul shaklida to’lanadigan ijtimoiy mahsulotlarning bir qismidir.
    Ish haqidagi ushlab qolinadigan summalar faqat qonun bilan ruxsat etilgan hollarda amalga oshiriladi. Ularga ish haqi hisobidan berilgan bo’lak, daromad solig’i, ijro varaqalari bo’yicha ushlanadigan summalar, ortiqcha berib qo’yilgan ish haqi, shaxsiy uy-joy qurilishi uchun olingan ssudalar bo’yicha qarzlar, dala bog’ qurilishi bo’yicha ssudalar qarzlari, yosh oilalar olgan ssudalar bo’yicha qarzlar, kreditga olingan tovarlarning to’lanmagan qismi, ixtiyoriy sug’urta summalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektga etkazilgan zararlar uchun ushlanadigan summalar, ish haqining bir qismini ishchi va xizmatchilarning arizasiga ko’ra omonat kassaga o’tkazish, kasaba uyushmasi a’zolarining navbatdagi oy uchun a’zolik to’lovlari va shu kabilar kiradi. Ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar miqdori Moliya vazirligi tomonidan belgilanib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Daromad solig’i, o’tgan oy uchun keyingi oyning birinchi yarmidagi ish haqidan, masalan, mart oyi uchun aprel oyining birinchi yarmidagi ish haqidan ushlanadi.
    Ishchi va xizmatchilardan ushlab qolingan soliqlar davlat byudjetiga o’tkaziladi, shuning uchun bu soliqlarni, ushlab qolishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
    Debet "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti. Kredit "Byudjet bilan hisob-kitoblar" schyoti.
    Bu soliq summasi byudjetga o’tkazilganda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
    Debet: "Byudjet bilan hisob-kitoblar" schyoti. Kredit "Hisob-kitoblar schyoti" schyoti.
    Ijro varaqalari bo’yicha ushlanadigan summaning miqdori xalq sudi tomonidan belgilanadi va ana shu ijro varaqalariga asoslanib ushlanadi. "undan tashqari, alimentlar uni to’lovchi shaxsning arizasi asosida ham ushlanishi mumkin. Aliment ishchi va xizmatchining bir oylik barcha daromadlaridan hisoblanadi va ushlanadi.
    Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zida ishlayotgan ishchi va xizmatchilardan kreditga olgan tovarlar uchun ish haqidan ushlab qolingan summalarni savdo tashkilotlarining maxsus ssuda schyotiga o’tkazib turishi kerak. Bunday pullarni o’tkazish kreditga tovar olgan shaxsning ariza-majburiyati asosida amalga oshiriladi. Bunday tovarlar uchun hisob-kitobning ikki usuli mavjud.



    1. Davlat banki ssudasi hisobidan kredit bo’yicha;

    2. Savdo tashkiloti tomonidan berilgan kredit bo’yicha.

    Birinchi usulda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar avval o’zlarida ishlaydigan xizmatchilarning topshiriq majburiyatlariga ko’ra kreditga sotib olingan tovarlar uchun ularning ish haklaridan navbatdagi to’lovlarni ushlab qolib, savdo tashkilotlariga o’tkazadi. Shundan keyin ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar Davlat bankidan olingan ssudalar hisobidan savdo tashkilotlariga to’la summani o’tkazib, so’ngra bankka bo’lgan qarzni har oyda ishchilar ish haqidan ushlab qolish yo’li bilan qoplanadi.
    Ishchilarning mehnat ta’tili vaqtiga rezerv qilinadigan summani va ijtimoiy sug’urta bo’yicha ajratmalarni hisobga olishda O’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining “Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida” gi nizomni tasdiqlash to’g’risida buyrug’i (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil mayda ro’yxatdan o’tkazilgan. Ro’yxat raqami 1136) asosida tartibga solinadi. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 28 fevraldagi 71-son “Vaqtinchalik mehnatga layokatsizlik bo’yicha nafaqalar to’lash chegarasini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 13 fevralidagi PF-2810-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son, 1997 yil 20 martdagi
    153-son, 1997 yil 6 iyundagi 286-son, 2000 yil 15 noyabrdagi 444-son, 2000 yil 23 dekabrdagi 498-son, 2001 yil 24 avgustdagi 351-son karorlariga muvofiq ishlab chikilgan bulib, davlat ijtimoiy sugurtasi bo’yicha nafaqalarni tayinlash va to’lash tartibini belgilab beradi.
    Mazkur Nizomda ko’zda tutilgan tartibda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan ijtimoiy sugurta bo’yicha quyidagi nafaqalar beriladi:



    • vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik uchun;

    • homiladorlik va tug’ish uchun;

    • bola tug’ilgani uchun;

    • qo’shimcha dam olish kuni uchun;

    • dafn etish marosimi uchun.

    Nafaqa, mehnat qobiliyati tiklangan, nogironlik belgilangan, homiladorlik va tug’ish ta’tili tugagan, vafot etgan yoki bola tug’ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilinganda to’lanadi. Bunda, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi uni olish uchun murojaat qilingan kungacha bo’lgan 12 oydan oshmagan davr uchun beriladi.


    Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) kunlari xodimning ishdan noqonuniy bo’shatilgan to’g’risida nizo ko’rilayotgan davrga to’g’ri kelgan hollarda, u ishga tiklangan taqdirdagina (barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun) nafaqa olish huquqiga ega bo’ladi. Nafaqa oyiga bir marta-oyning ikkinchi yarmi uchun beriladigan ish haqi bilan birga to’lanadi.
    Xo’jalik yurituvchi sub’ekt, muassasa, tashkilot (bundan buyon-xo’jalik yurituvchi sub’ekt)lar tomonidan ish joyida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larining ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar uchun maqsadga muvofiq xarajatlanishi ustidan nazorat qilish Davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi.
    Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilgan:



    • vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotish bilan bog’liq kasallikda (shikastlanishda)

    • sanatoriy-kurortlarda davolanganda;

    • kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda;

    • karantinda;

    • sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda;

    • mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) ko’ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotkizilganda.

    Ikkinchi jahon urushi nogironlariga, baynalmilal jangchilarga, Chernobil AES falokati okibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o’tkir miokard infarqti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakning aorta-ko-ronar shuntovkasi va o’t pufagini olib tashlashdan keyin bevo-sita yuborilgan xodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan origanlarga nafaqa sanatoriyda bo’lgan barcha vaqt uchun beriladi.


    o’n olti yoshgacha bo’lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun (sanatoriyga borib-kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi to’g’risidagi tibbiy xulosa mavjud bo’lganda nafaqa beriladi.
    Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo’lgan ona kasal bulib, bolani parvarishlashga qurbi etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo’lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki karidoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.
    Oilaning kasal bo’lgan a’zosiga karash bo’yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muxtoj bo’lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
    O’n to’rt yoshga etmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo’lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
    Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band bo’lgan xodimlarga mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish to’g’risida tuzilgan mehnat shartnomasida ko’rsatilgan ish kunlari doirasida to’lanadi.
    Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligida tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi.
    Ishlayotgan Ikkinchi jaxon urushining nogironlariga va im-tiyozlari jixatdan ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AES dagi falokat yoki uning okibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlarni bajarish bilan bog’liq sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi (mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi).
    Agar ishlovchi nogironning vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to’la sog’aygunga yoki mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi bilan bog’liq nogironlik guruhi qayta ko’rib chiqilgunga qadar to’lanadi.
    Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa shaxs to’la sog’aygunga qadar, lekin ko’pi bilan 10 oyga beriladi.
    Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasaligi okibatida nogiron nafaqa mazkur bandda belgilangan muddatlarga to’lanadi.
    Vaqtincha mehnatga kobiltyatsizlik quyidagi davrlarga to’g’ri kelganda nafaqa to’lanmaydi:



    • ish haqi saklanmagan ta’til;

    • bolani parvarishlash bo’yicha ta’til;

    • ish vaqtincha to’xtatilgan;

    • xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to’lash to’xtatib qo’yilganligi sababli ishlamagan;

    • xarbiy o’quv yoki tekshiruv yigini;

    • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida taxsil olish munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til.

    Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.


    Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:



    • ishdan yoki boshqa vazifalardan bo’yin tovlash maqsadida o’z salomatligiga ataylab ziyon etkazgan yoxud uzini kasallikka solganda;

    • giyohvandlik yoki mastliik bilan bog’liq harakatlar okibatida, shuningdek, spirtli va giyoxvandlik moddalarini iste’mol qilish uchun natijasida kasallika chalinganda(jaroxatlanganda);

    • jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;

    • sud karori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruxiy kasallardan tashqari);

    • hibsda bo’lgan davrda;

    • sud-tibbiyot ekspertizasidan o’tish davrida.

    Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar, jinsiy yo’l bilan o’tadigan kasalliklar, SPID, moxov(lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo’yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog’liq ravishda vaqtincha mehnatga kobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to’lanadi:



    • umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga- ish haqining 100 foizi miqdorida;

    • umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga-ish haqining 80 foizi miqdorida;

    • umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga-ish haqining 60 foizi miqdorida.

    Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa barcha hollarda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori bo’lmasligi lozim.


    Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha, mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan boshqa hujjat, shuningdek ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq aniqlanadi.
    Ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalarni tayinlash uchun umumiy ish stajini hisoblash tartibi.
    Umumiy ish staji belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan boshqa hujjat asosida aniqlanadi.
    Umumiy ish staji to’g’risidagi hujjatlar bo’lmaganda ish davri guvohlar ko’rsatmasi asosida belgilanadi.



    Download 0,75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    "Keladigan yuklarni ro’yxatga olish jurnali" M-1

    Download 0,75 Mb.