Bonitirovkalash maqsadida qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar




Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/62
Sana24.11.2023
Hajmi1,91 Mb.
#104466
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
Bonitirovkalash maqsadida qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar. 
Namoyon bo‘lishi Sho‘rlanganlik Eroziyalanganlik 
Haydov qatlamini skeletliligi 
Toshlar Shag‘allar Chag‘ir toshlar 
Sezilmaydi 
1.0 
1.0 
1.0 
1.0 
1.0 
Kuchsiz 
0.85 
0.95 
0.90 
0.90 
0.95 
O‘rtacha 
0.60 
0.80 
0.75 
0.80 
0.85 
Kuchli 
0.40 
0.70 
0.60 
0.65 
0.70 
Juda kuchli
0.30 
0.50 
0.40 
0.45 
0.50 
Yuvilma 

0,90 



 
HAYDOV QATLAMIDAGI GUMUS MIQDORI, HAYDOV OSTI QATLAMI 
ZICHLIGI UCHUN ISHLANGAN KOEFFITSIYENTLAR TO‘G‘RISIDA 
Sug‘oriladigan tuproqlar va lalmikor yerlarda gumus miqdori oz bo‘lishiga 
qaramasdan gumusni tuproq hosil bo‘lishi jarayoniga va uning unumdorligiga 
bo‘ladigan ta’siri katta. 
Tuproqda sodir bo‘ladigan jarayonlarning borishi va shakllanishida gumus roli 
benihoyat katta sanaladi. Tuproq organik moddalari nisbatan yuqori singdirish 
sig‘imiga ega hamda ko‘p miqdorda oziqa elementlarni saqlab turadi. 
O‘zbekistondagi kam gumusli tuproqlarda organik va mineral o‘g‘itlar 
yordamida yuqori darajada hosil olish yo‘llari ishlab chiqilgan. Kezi kelganda shuni 
alohida qayd qilish kerakki, ko‘pchilik adabiyotlarda tuproq gumusi va organik 
moddasi bir xilda talqin qilinadi. Bunday o‘ylash, ayniqsa talqin etish noto‘g‘ri. 
D.S.Orlov ta’rifiga ko‘ra o‘zining to‘qima holini yo‘qotgan organiq 
moddalarga gumus deyiladi. 
Gumus "organik modda" tushunchasini ichiga kiradi, ya’ni organik modda 
desak gumusni ham qamrab oladi, lekin gumus deganimiz bu hali tuproqdagi organik 
modda emas. Tuproq organik moddasi gumusga nisbatan keng tushuncha bo‘lib, 
gumussimon moddalar va bevosita gumusni qamrab olinadi. 
Gumus deganda esa, murakkab tarkibli gumin va fulvokislotalari, qora gumin, 
gimatomelan kislotalari ko‘z o‘ngimizda gavdalanmog‘i kerak. 
Yuqorida qayd qilinganidek dehqonchilik ilmi ta’sirida gumusi kam bo‘lgan 
tuproqlarda ham nisbatan yuqori hosil etishtirish texnologiyasi yaratilgan. Bu hodisa 
ayrim mutaxassislarni gumusga bo‘lgan e’tiborini asossiz ravishda kamaytirib 
yubordi. Shu bois tuproqni organik moddaga boyitishga qaratilgan chora tadbirga 
e’tibor susayib ketmoqda. 
Oxirgi yillarda g‘o‘za majmuasidagi qishloq xo‘jalik o‘simliklaridan 
olinayotgan hosil miqdori o‘sish o‘rniga deyarli to‘xtab qoldi. Buning sabablari asta 
sekinlik bilan gumusni yakka hokimlik natijasida kamayib ketishi bilan 
bog‘lanmoqda. 
Ma’lumotlarga ko‘ra bir gektar g‘o‘za maydonidan yiliga 300-400 kg 
miqdorda gumus olib chiqib ketiladi. Bu xulosani ma’qullash qiyin, sabab o‘simliklar 
bevosita gumus bilan oziqlanmaydi. Demak g‘o‘za maydonlaridagi gumus yiliga 
300-400 kg miqdorda parchalanadi, ya’ni tuproq degumifikatsiya jarayoniga yuz 
tutadi. Gumusni mineralizatsiyalanishi natijasida hosil bo‘lgan moddalar va 
elementlar bilan o‘simliklar oziqlanishi mumkin. 


36 
Gumus miqdorini monokultura va mineral o‘g‘itlar ta’sirida o‘zgarishini 
O‘zPITI ma’lumotlaridan ham ko‘rish mumkin. 
Gumusni tuproq unumdorligini oshirishdagi roliga, "tuproqshunoslik" fanining 
asoschisi V.V.Dokuchayev alohida e’tibor bergan. V.V.Dokuchayev dasht mintaqasi 
tuproqlari uchun gumus zahirasiga maxsus shkala tuzgan. 
Gumusni tuproq unumdorligini oshirishdagi benihoya katta ahamiyat kasb 
etishi G.M.Tumin, F.Ya.Gavrilyuk, N.F. Tyumentsev va boshqalar e’tirof etganlar. 
Bu fikrlar tuproqni bonitirovkalashda gumus va gumus qatlami qalinligiga 
alohida e’tibor berilishiga olib keladi. 

Download 1,91 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bonitirovkalash maqsadida qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar

Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish