45
Tabiiy omillar
- iqlim
- harorat
- yog‘in
- nisbiy
- namlik
Tuproq genezisi,
mexanik tarkibi
tog‘ jinslari va
minerallarning yotish
chuqurligi,
kimyoviy tarkib
Texnologik
sharoit,
relyef,
yon bag‘ir
ekspozitsiyasi,
skeletlilik
Ballarda ifodalangan mahsuldorlik
BAHORIKOR YERLARNI BAHOLASHNING NEGIZLI SHKALASI
O‘zbekistonda bahorikor yerlar mintaqasi-maydoni dengiz sathidan 300-1300
m nisbiy balandlikda tog‘oldi tekisliklari, adirliklarda, past tog‘larda tarqalgan.
Janubiy
viloyatlarda
Surxondaryoda
va
Qashqadaryoda
lalmikor
dehqonchilikni yuqori qismi tog‘larning janubiy yon bag‘irlariga to‘g‘ri
keladi va
1700-1800 m nisbiy balandlikka ko‘tarilgan.
Bahorikor yerlarning bunday keng tarqalishiga sabab eng avvalo yog‘in-sochin
miqdori va havo haroratining miqdorlari, relyef xarakteri hisoblanadi.
Bu maydonda yillik yog‘in miqdori 250-700 mm ni tashkil qiladi. Bu
miqdorlarni ko‘p qismi (70-80 %) qish va bahor oylarining yanvar-apreliga to‘g‘ri
keladi. May oyiga kelib bu maydonda yog‘in miqdori keskin kamayadi. YOz
oylarida, ya’ni iyun-avgustda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ya’ni nolga tushib qoladi.
Ayrim yillarda oz miqdorda yog‘ishi kuzatiladi.
Lalmikor dehqonchilik tarqalgan maydonlarda hosil taqdirini asosiy qismi
tuproqni suv tartiboti bilan bog‘liq. Bunda yog‘inni
yil davomidagi, hatto fasl
davomidagi taqsimoti katta amaliy ahamiiyat kasb etadi.
A.A.Rode, N.Ataxonov tomonidan lalmikor yerlarning suv tartiboti terlaydigan
guruhga kirishi, ya’ni kapillyar naychalar orqali sizot suvi sathidan ko‘tarilgan nam
bilan atmosfera yog‘inlaridan hosil bo‘lgan va tuproqning
ichki qatlamlariga kirib
borgan namliklar uchrashmaydi, demak bir - birigacha etib kelmaydi degan xulosalar
olingan. Bu xususiyat adir o‘lkalardagi ko‘pchilik avtomorf tuproqlar uchun xosdir.
Bahorikor yerlarda tuproq qatlami 70-120 sm ni tashkil qiladi. Tog‘oldi qiya
tekisliklarida 70 sm gacha bo‘lsa, past tog‘larda 120 sm gacha etadi.
Tuproqlarni nam zahirasining eng ko‘p miqdori mart oyiga to‘g‘ri keladi.
Aprelning ikkinchi yarmidan boshlab tuproq qoplamidagi o‘simlik olishi mumkin
bo‘lgan
namlik miqdori keskin kamayadi, may oyiga borib 20-40 sm li qatlamda
namlikning bu turi batamom yo‘qoladi.
46
Iyul oyida tuproqning asosiy qatlamida o‘simlik
uchun foydali nam batamom
tugaydi, ya’ni sarflanib bo‘ladi. Shu bois donli ekinlarni hosil taqdirini aprel-may
oyidagi yog‘inlar hal qiladi. Bu vaqtda donli ekinlar sutli-pishish
davriga kirgan
bo‘lib, namga talabchan bo‘ladi. Lalmikor dehqonchilik maydonlari ularga
tushayotgan yillik yog‘inlar miqdoriga ko‘ra A.Rozanov va A.Rode
tomonidan
quyidagicha tasniflangan.
1. Ta’minlangan yerlar - >500 mm.
2. Yarim ta’minlangan - 300-500 mm.
3. Ta’minlanmagan yerlar - <300 mm.
Demak, O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoning boshqa xududlarida yog‘in
miqdori bilan ta’minlangan tuproqlarga och jigarrang va to‘q tusli bo‘z tuproqlar
kiradi.
Yarim ta’minlangan guruhdagi yerlarga tipik bo‘z
tuproqlar tarqalgan
maydonlar kiradi. Ta’minlanmagan guruhdagi maydonlarda och tusli bo‘z tuproqlar
tarqalgan.
Tuproqlardagi nam zahiralari va tuproq tiplariga
asoslangan lalmikor yerlar
uchun negizli shkala quyidagicha tavsiya etiladi.
24-jadval.
300>