Tuproq mexanik tarkibi va ona jinsiga ko‘ra pasaytiruvchi koeffitsiyentlar. №
Tuproq hosil qiluvchi jinslar
Tuproqni mexanik tarkibi
Gili Og‘ir
O‘rta
qumoq
Engil
qumoq
Qumoq
1 Lyosslar va lyossimon jinslar
1,0
1,0
0,9
0,8
-
2
Chaqiq
toshli,
qumoqli,
prolyuvial va elyuvial jinslar
0,8
0,8
0,85
0,7
0,60
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, lyoss va lyossimon jinslar ustida
hosil bo‘lgan tuproqlar nisbatan yuqori baholanadi, ya’ni ularni baholashda
qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar bu ko‘rsatkichga ko‘ra 0,8-1,0 atrofida bo‘ladi.
Ma’lumki, lalmikor yerlar tog‘oldi tekisliklari, adirlarda joylashgan. Demak,
tuproqlar har xil qiya tekisliklarda, balandliklarda hosil bo‘lgan. Shu bois bu
maydonda eroziya jarayoni yaxshi namoyon bo‘ladi.
Pankov M., Gussak B. larning fikriga ko‘ra lalmikor yerlarda eroziyaning
rivojlanish sabablaridan biri bu tuproqni suv tomonidan yuvilishga bo‘lgan
qarshiligining pastligidir. Bu fikrni to‘la to‘kis, ya’ni butunlay to‘g‘ri deb qabul qilish
qiyin, sabab tuproqni suv tomonidan yuvishga bo‘lgan qarshiligi mantiq jihatdan
o‘zgarmas kattalik bo‘lib, u tuproq xossalaridan kelib chiqadi.
Yuvilish va yuvilmaslik masalalariga kelsak, bunda suv miqdori, tezligi,
yerning qiyalik darajasi, tuproqning o‘simlik bilan qoplanganligi va boshqalar
tuproqdan tashqaridagi omillar hisoblanadi. Bu omillar va shu kabilar ta’sirida
tuproqlar turli darajada yuviladi. Bu jarayonda yuzadan oqadigan oqim ta’sirida
haydaladigan yer maydonidan tashqariga eng avvalo il zarralari, gumus, oziqa
elementlari va boshqalar katta miqdorda olib chiqib ketiladi, natijada tuproq
48
unumdorligi pasayadi. Shuning uchun lalmikor yerlarni baholashda albatta
tuproqlarni eroziyaga uchraganlik darajasi e’tiborga olinishi kerak.
Tuproqlarni eroziyalanganlik darajasi gumus qatlami qalinligi (A+B) yoki
maksimal miqdordagi qatlam chuqurligiga qarab dala sharoitida aniqlanadi. Uni
diagnostik belgilarini quyidagicha tavsiflash mumkin.
26-jadval.