• Tayanch iboralar.
  • Qiyalik darajasi va ekspozitsiya uchun bonitirovka koeffitsiyentlari




    Download 1,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/62
    Sana24.11.2023
    Hajmi1,91 Mb.
    #104466
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62
    Qiyalik darajasi va ekspozitsiya uchun bonitirovka koeffitsiyentlari. 
    № 
    Kiya tekislik ekspozitsiyasi 
    Qiyalik, darajada 
    <3 
    3-5 
    5-7 
    7-10 
    >10 

    Soya tomon (sh, sh-g‘, g‘, sh-sh) 
    1,00 
    0,95 
    0,90 
    0,85 
    0,80 

    Quyoshli tomon (j, j-sh, sh, j- g‘) 
    0,90 
    0,85 
    0,80 
    0,75 
    0,70 
    Lalmikor yerlarning ball bonitetini aniqlash sug‘oriladigan yerlarning 
    unumdorlik darajasini aniqlash kabi bo‘ladi, ya’ni negizli shkaladan tuproqni genetik 
    guruhi va unga muvofiq maksimal ball aniqlanadi, tuproqni hosil bilan 
    korrelyatsiyalanuvchi xususiyatlari uchun ishlangan koeffitsiyentlarga ko‘paytirish 
    asosida yakuniy ball bonitet chiqariladi. 
    Masalan; tipik bo‘z tuproqni baholash lozim bo‘lsa unga muvofiq maksimal 
    ball 70, ya’ni negizli shkalada ko‘rsatilgan. Bu tuproq og‘ir mexanik tarkibli, kuchsiz 
    yuvilgan, demak koeffitsiyent 0.95, skeletsiz, bu ko‘rsatkichga ko‘ra koeffitsiyent 
    1.00 va hokazolar. 
    Btb = 70 · 0,95 · 1,00 = 66,5 ball. 
    Tuproqni ball boniteti hosilni rejalashda, soliq miqdorini aniqlashda va 
    boshqalarda muhim kattalik hisoblanadi. Soliqni tabaqalash ham, rag‘batlantiruvchi 
    soliq miqdorini belgilash ham tuproqni sifat ko‘rsatkichi, ya’ni uni unumdorligiga 
    bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa olinadigan hosil miqdorini chamalash, rejalashda hal 
    qiluvchi asosiy kattalik hisoblanadi. 
    Respublikada kuzgi lalmi bug‘doyni o‘rtacha maksimal hosildorligi gektariga 25 
    ts., arpaniki - 20 ts., demak, bir bonitet ballini hosil qiymati 25/100=0,25, 
    20/100=0,20 ts/ga. 
    Bahorikor yerlarda hosilni to‘g‘ri rejalashda tuproq uchun hisoblangan bonitet 
    balli 0,25 yoki 0,20 ga ko‘paytiriladi. Masalan; 80*0,25=20 ts/ga yoki 80*0,20=16 
    ts/ga ni tashkil qiladi. Shu tariqa boshqa hisob kitoblarni amalga oshirish mumkin. 
    Tayanch iboralar. Lalmikor, bahorikor, tuproqni sifat bahosi, koeffitsiyent, 
    relyef, Yer, tabiiy omillar, unumdorlik, negizli shkala, mexanik tarkib, sifat, nam 
    sig‘imi, eroziya, lyoss, prolyuvial, delyuvial, skelet,gumus, qiyalik, qiya tekislik
    ekspozitsiya, quyoshli tomon, soya, gipsli, yuvilma. 

    Download 1,91 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62




    Download 1,91 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qiyalik darajasi va ekspozitsiya uchun bonitirovka koeffitsiyentlari

    Download 1,91 Mb.
    Pdf ko'rish