54
Xo‘jalikdagi
ekin turlari, yerning holati eng oxirgi
yildagi hisob uchun bir
gektar aniqlikda beriladi. Agrokimyoviy izlanishlar natijasiga ko‘ra tuproqdagi fosfor
va kaliy miqdori, tuproq reaktsiyasi ma’lumotlari va o‘rganilgan maydonga nisbatan
foizlari beriladi.
Agroiqlimiy tavsif maxsus qo‘llanmalar, to‘plamlar ma’lumoti yoki o‘sha
maydondagi meteostantsiyani kuzatuv natijalari asosida beriladi.
Miqdoriy
ko‘rsatkichlar katta aniqlikda, ya’ni o‘ndan bir daraja aniqlikda beriladi.
Geografik kengliklar graduslarda ma’muriy xaritalar asosida 1:4 mln.
masshtabdagi xarita yordamida aniqlasa bo‘ladi. Bu ish uchun 1:5 mln. masshtabdagi
xaritalar yaroqsiz.
Tuproqlarning nomi tasnifdagi ro‘yxat
asosida beriladi,
lekin mahalliy
sharoitni hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi ham mumkin.
Qolgan ma’lumotlar tuproqlarni xaritalash va ularga
tuzatish kiritish ishlarida
qanday bajarilsa o‘shanday amalga oshiriladi. Yuqoridagi ma’lumotlar to‘plangandan
so‘ng tuproqlarni ekologik jihatdan baholash quyidagicha o‘tkaziladi.
Tuproq eqologik indeksi (TEI) quyidagi formula asosida hisoblanadi.
f
V
V
ÒEI
2
5
,
12
Q
A
KK
N
N
t
T
K
100
10
0
V - bir metrli qatlam uchun o‘rtacha hajm massa, g/sm
3
.
2 - bir metrli qatlam uchun maksimal hajm massa, g/sm
3
.
Vf - tuproqni foydali hajmi.
Q - tuproqni hisobga olinishi zarur bo‘lgan qo‘shimcha xossalari.
t°>10° + 10° dan yuqori bo‘lgan o‘rtacha yillik haroratlar yig‘indisi.
N
K
- namlanish koeffitsiyenti.
N
T
- namlanish koeffitsiyentiga to‘g‘rilagich.
KK - kontinentallik koeffitsiyenti.
A - yakuniy agrokimyoviy ko‘rsatkich.
12,5 - tuproq-ekologik indeksini 100 birligiga keltirish uchun qo‘shilgan
koeffitsiyent.