40
Yerlarni baholash to‘g‘risidagi tajribalar shuni ko‘rsatadiki,
har bir aniq
sharoitda tuproqni bonitirovkalash uchun 2 - 3 ta koeffitsiyentlardan foydalanish
yetarli.
Ko‘p miqdordagi pasaytiruvchi koeffitsiyentlardan, ayniqsa o‘zaro bog‘liq
koeffitsiyentlar va bilvositalaridan foydalanish asossiz ravishda tuproqni bonitet
balini pasaytirib yuboradi.
Koeffitsiyentlar tanlash eng nozik, muhim ish hisoblanadi. Bu ishda eng avvalo
ekilgan qishloq xo‘jalik o‘simligi hosili bilan tuproqni
aniq xususiyatini tanlash
kerak. Toki bu xususiyat bilan hosil o‘rtasida o‘zaro yaxshi korrelyatsiya bo‘lsin.
Ko‘p yillik tajribalar va korrelyatsion hisob-kitoblar natijalariga ko‘ra
sug‘oriladigan mintaqada tuproqni bonitirovkalash maqsadida o‘tkazilgan ishlarda
uning, ya’ni tuproqni quyidagi xossalari tanlanmog‘i maqsadga muvofiq deb
topilgan.
1. Bo‘z tuproqlar mintaqasida, ya’ni tog‘oldi va adirlarda tarqalgan tuproqlarda
eroziyalanganlik
darajasi, ya’ni yuvilganlik darajasi va
yuvilma uchun belgilangan
koeffitsiyentlar tanlanadi.
Och tusli bo‘z tuproqlarda bularga yana sho‘rlanganlikni ifodalaydigan
koeffitsiyentlar qo‘shiladi.
2. Bo‘z tuproqlar mintaqasidagi o‘tloqi tuproqlar uchun esa gumus miqdori,
gumus qatlami qalinligi, toshli qatlamni joylashgan o‘rnini e’tiborga
oluvchi
koeffitsiyentlar tanlanadi.
Agar toshli qatlami 70 sm dan yuzada joylashgan bo‘lsa, faqat shu ko‘rsatkich
uchun ishlangan koeffitsiyentlardan foydalaniladi.
Agar mayda zarrachali qatlam qalinligi 70 sm dan oshsa, u holda gumus
qatlami qalinligi e’tiborga olinadi.
3. Cho‘l mintaqasining avtomorf tuproqlarini bonitirovkalashda gumus miqdori
va gumus qatlami qalinligi e’tiborga olinadi.
4. Cho‘l mintaqasining gidromorf tuproqlarini baholashda gumus miqdori,
sho‘rlanganlik darajasi, gleyli qatlam o‘rni va gumus qatlami qalinliklari uchun
koeffitsiyentlar qabul qilinadi.
Keltirilgan koeffitsiyentlar va ularni tanlash eng zaruriy shart bo‘lib, bizning
regionlarni xarakterlaydigan guruhlar hisoblanadi.
Shular bilan bir qatorda aniq tuproq-iqlimiy sharoitda har bir tuproq
mintaqasida,
provintsiyasida, okrugida tuproqning xossa va xususiyatlariga qarab
qo‘shimcha tariqasida skeletlik, gipslik, zichlik darajalari va boshqalar ham e’tiborga
olinadi.
Tuproq bonitirovkasini asosiy tamoyili qo‘yilgan bonitet ballari shu tuproqni
asosiy agronomik xossalarini qamrab olib, hosilni 80 % dan ko‘p miqdorini ifodalay
olishi e’tiborga olinadi.
Sug‘oriladigan tuproqlarni bonitirovkalashda yuqorida qayd etilganidek, yer
bilan tuproq bir ma’nosi tez-tez almashtirilib turiladi, ya’ni farq qilinmaydi.
Rossiyaning Yevropa qismi uchun Dokuchayev birinchi bo‘lib qora tuproqlarni
maxsus guruhlarga: tog‘li, yon-bag‘ir,
daryo sohillari, tekislik va boshqa qora
tuproqlarga ajratdi.
41
Keyinchalik yer tushunchasiga iqlimiy sharoit qo‘shildi. Timiryazev fikriga
ko‘ra aniq bir yerni unumdorlik darajasini, chegaralarini biz berayotgan o‘g‘it yoki
suv emas balki quyoshdan kelayotgan energiya belgilaydi.
Shu fikrlarning ta’siri bo‘lsa kerak Moskva viloyatini qishloq xo‘jalik yerlarini
tasniflashda Zvorikin chimli-podzol tuproqlarini qiya
tekislikni qaysi tomonida
yotganini e’tiborga oladi. Janubiy, ya’ni ko‘proq quyosh nuri oladigan yerlarni,
"quyoshda pishadigan" va shimoliy guruhlarga ajratdi. Albatta janubiy yon-bag‘irlar
nisbatan ko‘proq qiziydi, demak issiklik energiyasini ko‘proq oladi, etarli suv va
oziqa sharoitida ko‘proq hosil beradi.
O‘zbekistonda nisbatan issiq Surxondaryoda shimolda joylashgan
Qoraqalpog‘istonga nisbatan 40% atrofida paxta hosili ko‘p olinadi,
bu isbot
qilingan. Shuning uchun unumdor tuproq deganda eng avvalo tekis maydonda
joylashgan, gumus va oziqa elementlariga boy, etarli suv,
havo va haroratga ega
bo‘lgan tuproqni tushunmoq darkor.
Tuproq bilan Yer tushunchasini farqlash uchun Dokuchayev Yerga nisbatan
ishlab chiqarish qobilyati tushunchasini, tuproqqa esa unumdorlikni ishlatdi.
Joyning relyefi, samarali harorat yig‘indisi hamma vaqt ham bonitirovka
yillarida e’tiborga olinavermaydi. Lekin zarur bo‘lsa undan quyidagi tartibda
foydalanish mumkin.