• Hosilni rejalashtirish.
  • TUPROQNI BONITIROVKA BALLIGA QARAB QISHLOQ XO‘JALIK




    Download 1,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/62
    Sana24.11.2023
    Hajmi1,91 Mb.
    #104466
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
     
    TUPROQNI BONITIROVKA BALLIGA QARAB QISHLOQ XO‘JALIK 
    EKINLARINI HOSILDORLIGINI CHAMALASH 
    Aniq bir qishloq xo‘jaligi ekin turini ma’lum yerdagi hosildorligini aniqlash 
    uchun eng avvalo ekin ekilgan maydonni ball boniteti aniqlangan bo‘lishi kerak. 
    Bevosita hosilni chamalash uchun bir ballni hosilga muvofiq qiymatini, ya’ni 
    bir ball necha ts/ga ni ifodalashini aniqlab shu ko‘rsatkichga mos keladigan raqamga, 
    ya’ni joyning ball bonitetiga ko‘paytiriladi. Bir ballning hosilga to‘g‘ri keladigan 
    qiymatini aniqlash uchun Respublika bo‘yicha olingan o‘rtacha maqsimal hosil 
    miqdorini eng unumdor, ya’ni 100 balli tuproq ko‘rsatkichiga bo‘linadi. Bu ish 
    jadvalda keltirilgani kabi amalga oshiriladi. 
    22-jadval. 
    Hosilni rejalashtirish. 
    Ekin turi 
    Respublika bo‘yicha o‘rtacha 
    maksimal hosil, ts/ga. 
    Bir ballga to‘g‘ri keladigan 
    hosil miqdori, ts/ga. 
    G‘o‘za 
    40 
    0,40 
    Bug‘doy 
    60 
    0,60 
    Suli 
    75 
    0,75 
    2-3 yilgi beda (pichan) 
    200 
    2,00 
    Don uchun makkajo‘xori 
    80 
    0,80 
    Bevosita hosil miqdorini rejalashtirish esa quyidagicha bajariladi. 
    Misol uchun 75 balli tuproqlar uchun g‘o‘za hosilini hisoblash quyidagi 
    tartibda amalga oshiriladi. 
    75*0,40=30 ts/ga 


    42 
    Bug‘doy hosildorligini bunday tuproqlarda 75*0,60=45 ts/ga ni tashkil qiladi. 
    Shu tariqa boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun ham hisoblanadi. 
    Xo‘jalik, fermer yoki boshqa bir yer egasi xilma-xil tuproq ayirmalarida 
    joylashgan bo‘lsa-yu ularga hosil miqdorini rejalashtirish lozim bo‘lsa, u holda eng 
    avvalo tuproqlar uchun o‘rtacha ball boniteti aniqlanadi. Bu ish quyidagicha 
    bajariladi: 
    n
    n
    n
    P
    P
    P
    P
    P
    B
    P
    B
    P
    B
    P
    B
    B












    ...
    ...
    3
    2
    1
    3
    3
    2
    2
    1
    1
    bunda: B – tuproqni o‘rtacha ball boniteti, ya’ni fermer yoki boshqa yer egalari 
    dalalari uchun hisoblangan o‘rtacha ball. 
    B
    1
    ,B
    2
    ,B
    3
    ,B
    n
    - tuproq ayirmalarining bonitet ballari, ya’ni har xil ballga ega 
    bo‘lgan yer maydonchalarining ballari. 
    P
    1
    ,P
    2
    ,P
    3
    ,P
    n
    - tuproq ayirmalari maydonlari. 
    Bu hisob-kitoblar bajarilgandan so‘ng olingan natijaga ekilgan qishloq xo‘jalik 
    ekin turini bir ballga to‘g‘ri keladigan ts/ga miqdori ko‘paytiriladi. Shu tariqa 
    olinadigan hosil miqdorini rejalashtirish, aniqlash mumkin. Bunda albatta ma’lum 
    hatoliklarga yo‘l qo‘yiladi, lekin bu hatoliklar, ruxsat etilgan chegaralar ichida yotadi. 

    Download 1,91 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




    Download 1,91 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TUPROQNI BONITIROVKA BALLIGA QARAB QISHLOQ XO‘JALIK

    Download 1,91 Mb.
    Pdf ko'rish