70
unumdorligini keskin pasaytirib yuborish butunlay yo‘qotish bu uncha murakkab ish
emas, ammo uni tiklash juda mashaqatli mehnat, katta ilm talab qiladi.
Tuproqqa beparvo qarashimizga asosiy sabablardan biri bu uni bebaho
ekanligidir. Ana shu narsa ko‘p hollarda katta-katta maydonlarga keskin zarba berish
sabablari tariqasida ko‘rinadi, ya’ni tuproqni struktura qoplami, strukturasi buziladi.
Keyingi vaqtlarda katta-katta maydonlarda tuproq unumdorligi turli sabablarga
ko‘ra pasaymoqda. Bu jarayonda gumusning degradatsiyasi yaqqol ko‘rinmoqda.
Mamlakat miqyosida tuproqlarning unumdorligini
keskin pasayayotganligini
bonitirovka natijalarini solishtirishdan ham bilsa bo‘ladi. Keyingi 10 yilda Farg‘ona
viloyatida bu ko‘rsatkich 10 ballga kamaygan.
Shunga qaramasdan bu jarayon, ya’ni tuproq unumdorligini kamayishi pul
tariqasida hech qaerda aytilmaydi. Hozirgi iqtisodiy sharoitda bu holatni ma’qullash
juda qiyin.
Mamlakat tuproq resurslaridan
samarali foydalanish uchun, yangicha davrda,
tuproqni, tuproq qatlamini saqlash va unumdorligini oshirishga qaratilgan narxlar
ishlab chiqish va shu asosda yer maydonchalarini baholash vaqti keldi.
Bunda eng
avvalo tuproqni unumdorligiga tayangan asosiy narxni aniqlash zarur, keyinchalik
yer maydonchasining o‘rni va ayrim texnologik xususiyati e’tiborga
olingan holda
ularning ham summasini aniqlash mumkin.
Yer va tuproq narxi sharoitga qarab, ya’ni u yoki bu maydondan foydalanish
maqsadlariga qarab keskin o‘zgaradi, ayniqsa yer noqishloq xo‘jalik
maqsadlari
uchun ajratilayotgan bo‘lsa, bu maydonning narxi qishloq xo‘jalik maqsadi uchun
ajratilgan yerga ko‘ra keskin farq qilishi kerak.
Bu narx asosiy tuproq narxiga har xil koeffitsiyentlarni ko‘paytirishdan va
qolaversa o‘zaro kelishuvga asosan qo‘yilishi mumkin.
Tuproq va Yer maydonchasiga qo‘yilgan narxlar quyidagi maqsadlarni ko‘zda
tutmog‘i zarur:
1) tuproq unumdorligini saqlash va oshirish;
2) unumdor tuproqli yerlarni noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ajratishni
maksimal miqdorda cheklash;
3) qayta tiklash ishlarini, ya’ni nobob yerlarni qishloq xo‘jalik oborotiga kiritish va
hokazolar.