72
I.I.Karmanov ta’rif kategoriiyalari unumdorligi cheklanmagan, ya’ni
sho‘rlanmagan, eroziyalanmagan, gleylashmagan, gipslashmagan va boshqa tuproqlar
uchun ma’qul va qo‘llaniladi.
Unumdorligi cheklangan, ya’ni sho‘r, gipsli va boshqa tuproqlar uchun esa bir
balli tarifga maxsus tuzatuvchi koeffitsiyentlar kiritiladi.
Bunday tuproqlarda hosil
etishtirish uchun sarf harajatlar ko‘payadi, sabab ularning unumdorliklari cheklangan,
shu bois bunday yerlarda o‘rtacha yillik daromad kamayadi. Demak bunday
tuproqlarni narxi pastroq bo‘lishi kerak va u shunday ham.
Unumdorligi cheklangan tuproqlarni narxini hisoblashda qo‘llaniladigan
tuzatish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi. Cheklangan omilga ega bo‘lgan
tuproqni tuproq ekologik indeksi olinib shunga o‘xshagan, ya’ni shu tipdagi
unumdorligi cheklanmagan boshqa ayirmani indeksiga taqsimlanadi.
Masalan, sug‘oriladigan kuchsiz eroziyalangan tipik bo‘z tuproqni TEI 50
bo‘lsa, yuvilmagan tipik bo‘z tuproqni TEI 58 ga teng bo‘lsa, u holda tuzatish
koeffitsiyenti
T
k
= 50:58 = 0.86.
Olingan
natijaga, ya’ni 0,86 ga bir qo‘shiladi va o‘rtacha koeffitsiyent
quyidagicha hisoblanadi:
T
k
= (0,86+1):2 = 0.93.
Bu 0,93 koeffitsiyent endi tarif kategoriyasiga tuzatma tariqasida ishlatiladi.
Misol uchun yuvilmagan, ya’ni eroziyalanmagan sug‘oriladigan tipik bo‘z
tuproq 3 chi kategoriyaga kiradi, (bir ball uchun tarif 380 rub/ga)
bu holatda uning
narxi 58*380=22040 rub/ga.
Kuchsiz yuvilgan tipik bo‘z tuproqni ham shu kategoriyada deb hisoblasak, u
holda uning narxi 50*380=19000 rub/ga ga teng bo‘ladi. Bu guruh tuproqlari uchun
tuzatma kiritilishini e’tiborga olsak, uning tuzatma koeffitsiyenti 0,93, demak tuproq
narxi 0,93*380=353.4 rub/ga.
Unumdorlikni cheklovchi omillar qancha ko‘p bo‘lsa, tuzatma koeffitsiyentni
ta’siri ham shuncha kuchli bo‘ladi. Tuproqlarni xususiyatlari aniq bo‘lsa,
quyidagi
tayyor koeffitsiyentlardan ham foydalanish mumkin.
Kuchsiz sho‘rlangan bo‘z tuproqlar - 0,85;
o‘rtacha darajada sho‘rlangan - 0,72;
kuchli darajada sho‘rlangan - 0,48.
Kuchsiz darajada yuvilgan bo‘z tuproqlar - 0,88;
o‘rtacha darajada yuvilgan - 0,69;
kuchli yuvilgan - 0,48.
Qumoq mexanik tarkibli - 0,75.
Qumli mexanik tarkibli - 0,43.
Toshlilik darajasi o‘rtacha - 0,79.
Toshlilik darajasi kuchli - 0,66.
Shunday qilib alohida ta’kidlash kerakki, tuproq xossalarini ijobiy va salbiy
tomonlarga o‘zgarishini narxda, pul bilan ifodalash ishlari juda-juda kuchsiz
ishlangan bo‘lib, hali bu boradagi o‘zini echimini kutayotgan masalalar juda ko‘p.
Shuni ham unutmaslik kerakki, Yer,
tuproq narxi ham dinamikada, kishilik
jamiyatining turmush darajasi, qishloq xo‘jalik ekinlarini narxi,
texnika va
73
texnologiya narxiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Demak tuproqqa, yerga qo‘yiladigan
narx har bir alohida sharoitda o‘sha vaqt uchun hisoblanishi kerak. SHu bois bitta
aniq doimiy formula yoki qonun-qoida yozilishi qiyin va murakkab ilmiy ish
hisoblanadi.