YER SOLIG‘I VA NARXI
Tuproqning agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalari, tabiiy geografik sharoiti,
o‘rnashgan joyi, ekologik holati birgalikda uning narxini belgilashi mumkin. Uning
qiymatidan kelib chiqib, unga soliq belgilash ham yo‘lga quyiladi.
Tuproqni xossalarini nisbatan osongina yomon tomonga qaratib buzish
mumkin, lekin uni tuzatish, yaxshilash esa juda murakkab va mashaqqatli mehnat
talab qiladi.
Ko‘pchilik hollarda tuproqqa bo‘lgan munosabatimiz yomon, yoxud beparvo,
bu esa oxir oqibatda tuzatib bo‘lmas natijalarga olib keladi. Bunday bo‘lishiga sabab
tuproqlarimiz, yerlarimiz bepul, qolaversa egasiz.
Mamlakat miqyosida oladigan bo‘lsak yiliga unudorlikni yo‘qolgan qismini
hisoblasak katta-katta raqamlarni tashkil qildi. Biz bu yo‘qotishni pulga
aylantiradigan bo‘lsak, miliardlab so‘mni tashkil qiladi. Lekin bu yo‘qotishlar pul
tariqasida hech ham hisoblangani yo‘q. Hatto almashlab ekish maydonida birigada
uchun, xo‘jalik uchun ham hisoblanmaydi.
Yerdan, tuproqdan yana ham samaraliroq foydalanish uchun yangicha
sharoitda, yangicha xo‘jalik yuritishda, tuproqlarni degradatsiyalanishdan himoya
qilishda ularga, ya’ni tuproqqa va Yerga narx qo‘yish maqsadga muvofiq. Albatta
bizning mamlakatimizda Yer davlat mulki ekanligini ham unutmasligimiz kerak.
Yerga va tuproqqa qo‘yilgan narx-navolar bir xilda bo‘lmaydi va bo‘lishi ham
mumkin emas.
Narx eng avvalo tuproq unumdorligi va yer maydonining texnologik
xususiyatlariga bog‘liq holda ishlangan bo‘lishi kerak. No qishloq xo‘jalik
maqsadlari uchun ajratiladigan yerlarning narxi maqsadga qarab, joylashgan joyiga
bog‘liq ravishda xilma-xil bo‘lishi tabiiy holdir.
Shuni alohida aytish mumkinki ishni biroz soddalashtirish uchun, tuproqqa va
yerga alohida-alohida asosiy narx belgilanishi kerak. Bu narxga turli
koeffitsiyentlarni ko‘paytirish asosida keyingi, ya’ni aniq bir moydon tuprog‘i yoki
yeri uchun narx ishlanadi. Bu masalalar murakkab bo‘lib, qator o‘rinlarda o‘z
echimini kutmoqda.
Ayni bir vaqtda tuproqqa narx belgilash, yerga narx qo‘yish quyidagi asosiy
maqsadlarni ko‘zda tutadi.
1. Eng avvalo tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilmog‘i darkor,
ya’ni shuni ko‘zda tutadi.
2. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa noqishloq xo‘jalik maqsadlari
uchun ajratishni kamaytirishga, imkoni bo‘lsa, to‘xtatishga xizmat qilishi kerak.
3. Qishloq xo‘jaligi uchun nobop yerlarni qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritish,
rekultivatsiya ishlarini kuchaytirishga xizmat qilishi kerak.
Yerga, tuproqqa quyiladigan narxni bir xilga keltirish mumkin ham emas,
mantikdan ham uzoq. Shu bois yerga, tuproqqa quyiladigan narx mintaqa, viloyat,
74
tuman, xo‘jalik tuproq ayirmasigacha borishi kerak. Demak alohida-alohida
ishlanmog‘i darkor.
Masalan; bo‘z tuproqlar uchun narx ishlanganda eng avvalo bu tuproqlarni
sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan, nam bilan ta’minlangan va ta’minlanmagan
hamda tipchalarga bo‘linishi e’tiborga olinadi va asosiy narx ishlanadi. Keyinchalik
sho‘rlanganligi, eroziyalanganligi, mexanik tarkibi va boshqalarni e’tiborga oluvchi
maxsus pasaytiruvchi koeffitsiyentlar ishlanib asosiy narxga ko‘paytirish asosida
oxirgi narx chiqariladi.
Buni quyidagicha tasvirlash mumkin, aytaylik eskidan sug‘oriladigan tipik
bo‘z tuproqlarning yagona narxi 100 ming so‘m. Bu tuproq kuchsiz sho‘rlangan
(pasaytiruvchi koeffitsiyent 0,85), kuchsiz yuvilgan (0,88), o‘rtacha toshli (0,79)
bo‘lsa, u holda bu yerimizning narxi (N) N = 100*0,85*0,88*0,79=59 ming 92
so‘mni tashkil qiladi.
Bu o‘rinda eng murakkab ish dastlabki stavka narxini belgilash va
koeffitsiyentlarni aniqlash hisoblanadi. Bu kabi ishlar respublika tuproqlari uchun
ilmiy asoslangan tarzda haligacha ishlanmagan o‘z echimlarini kutmoqda.
Mamlakat bozor munosabatlariga o‘ta boshlagach 1990 yilda "Yer
to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi, unga asosan yerga egalik qilish va yerdan
foydalanishning pulli bo‘lishi belgilandi.
1993 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan "Yer
solig‘i to‘g‘risida"gi maxsus qonun qabul qilindi, unda soliq solishning ob’ektlari va
sub’ektlari, imtiyozlar, soliq to‘lash tartibi va hokazolar batafsil belgilab berildi.
Yer solig‘ining joriy etilishi bilan mamlakatda yer munosabatlarini tartibga
solishning chinakam iqtisodiy vositalari paydo bo‘ldi.
Yerdan samarali foydalanish, sug‘oriladigan yerlarni iqtisodiy usullar
yordamida asrash hozirgi davrda yerdan pulli foydalanishni joriy etishning asosiy
maqsadi hisoblanadi.
Yer solig‘i stavkalari, jahon amaliyotida qabul qilinganidek, yer qiymatidan
kelib chiqib belgilanadi.
Jahon bo‘yicha yer solig‘i stavkalari o‘rtacha yer qiymatining 5% ni tashkil
qiladi. Bizning mamlakatimizda tabiiy geografik, iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlarni
hisobga olib bu raqam 3% deb qabul qilingan.
Yer uchun to‘lanadigan soliq miqdori bizning mamlakatimizda yerlarni sifati,
tabiiy iqlim mintaqalari bo‘yicha tabaqalashtirish maqsadida sug‘oriladigan yerlar
uchun soliq stavkalari ma’muriy tumanlar bo‘yicha, ularning tuproqlarini ball
bonitetilariga tayangan holda 10 darajaga bo‘lib belgilangan.
Bonitet ballarini aniqlashda yuqorida tanishganimizdek tuproqlarning
genetikaviy kelib chiqishi, sug‘orishning davomiyliligi, agroiqlimiy resurslar va
boshqa tuproqning qator xossa va xususiyatlari e’tiborga olinadi va 100 balli tizimda
aniqlanadi.
Sug‘oriladigan yerlarda joylashgan jamoatchilik qishloq xo‘jaligi yerlari uchun
to‘lanadigan yer solig‘i stavkalari quyidagicha qabul qilingan.
Misol tariqasida Farg‘ona viloyatining ayrim tuman va shaharlari uchun yer
solig‘i stavkalari (42) jadvalda ko‘rsatilgan. Bu stavkalarni ishlab chiqish jarayonida
tuproqning ball boniteti, kategoriyasi e’tiborga olingan.
|