71
Tarif kategoriyalarini kiritishni sababi tuproq ekologik
indeksining birligiga
to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha daromad miqdori hamma joyda ham bir xil emas. Bu
kattalik o‘simlik turi va uning hosildorligi,
hosil tarkibi, turi va boshqalarga hamda
xo‘jalikning mehnatni tashkillash, qishloq xo‘jalik mahsulotini etishtirish qobiliyatiga
bog‘liq bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlardan nisbatan qimmati bu ko‘p yillik
daraxtzorlar
hisoblanadi, sabab bu yerlar nisbatan ko‘proq daromad beradi. Albatta
nisbatan qimmat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtiradigan
yerlar qimmatroq
baholanadi.
Sug‘oriladigan yerlar ham sug‘orilmaydigan maydonlarga nisbatan qimmatroq
turadi. Sabab sug‘oriladigan yerlar nisbatan ko‘proq, kafalatli daromad beradi.
Tuproq ekologik indeksi orqali hisoblangan bonitet balli 1 ga teng bo‘lgan
yerlar uchun 1989 yil I.I.Karmanov tarif kategoriyalarini ishlab chiqqan. Undan
ayrim misollarni quyida jadval tariqasida keltiramiz.
41-jadval.