64
Ikkala qoʻl barmoqlarining bir-biriga chalishtirilgan
holat
Yuz oldida qoʻllarning chalishtirilishi oqlanmagan
umidlar va oʻz salbiy
munosabatini yashirishga
harakat qilinayotganligidan dalolat beradi.
Ikkala qoʻl barmoqlarining stol ustida yoki oʻtirgan
odam uchun tizzada chalishtirilishi
Hatto odam jilmayayotgan yoki quvnoq ovozda
soʻzlayotgan boʻlsa-da,
ushbu holat hafsalaning pir
boʻlganligi
va
jahlni
yashirishga
harakat
qilayotganligidan darak beradi.
«Piramida» jesti
Oʻz-oʻziga ishonch «Men hammasini bilaman» degan
mahnoni bildiradi, oʻz qoʻl
ostidagilar bilan
gaplashayotgan rahbar yoki boshqalarga yoʻl –yoʻriq
koʻrsatayotgan kishilarga xos harakat.
Tana holati va yuz ifodasi
Agressiya
Koʻzoynak ustidan qarash kechayotgan hodisalarga
tanqidiy
munosabatni
anglatadi,
suhbatdoshni
himoyalanishga va oʻz-oʻzini oqlashga majbur etadi.
65
Koʻzoynak tutqichini tishlash
Vaqtni choʻzishga intilish. Tinchlantiruvchi jest.
Kashandalar bu maqsadda sigaretadan foydalanishadi,
bolalar barmogʻini soʻra boshlaydi.
Fikrlash
CHuqur
mulohaza, oʻz fikr va tuygʻulariga gʻarq
boʻlish. Soʻnggi qarorni qabul qilish arafasi.
Zerikish
Eshituvchi uxlab qolmaslik uchun boshini qoʻli bilan
ushlab turadi. Boshning
kaftga butunlay suyanib
olishi qiziqishning umuman yoʻqligidan dalolat
beradi. Koʻpincha buning ustiga barmoq uchlari bilan
stolni taqillatish yoki oyoqlarni qimirlatish, sabrsizlik,
boshqa eshitishni xohlamaslikni namoyish etadi.
Barmoqlar yarim bukilgan holda qoʻlning chekkaga
yengil qoʻyilishi (bosh qoʻlga suyanmasligi lozim)
haqiqiy qiziqish paydo boʻlganligidan dalolat beradi.