61
Himoya holati: Qoʻllar va oyoqlar chalishtirilgan.
Notanish muhitga
va begona odamlar orasiga
tushib qolgan, oʻziga ishonchsiz kishi holati.
Koʻpincha bu holatda kishi barcha tugmalari
qadalgan, boshqalardan uzoqroq masofada turishga
harakat qiladi.
Qoʻllar chalishtirilishining yashirin koʻrinishi:
oʻz qoʻlidan tutib turish. Bu holat atrofdagilar bilan
koʻrinmas toʻsiq oʻrnatadigan
yarim himoya
holati.
Amalga oshmagan umidlar vaziyatga negativ
munosabat:
Mazkur jest kishiga oʻz
xotirjamligini saqlab
turishga imkon beradi. Ota-onalar salbiy noxush va
xavfli holatlarda bolalarning qoʻlidan xuddi
shunday ushlab olishadi.
Kishi qathiy pozitsiyani egallagan:
Nafaqat qoʻllar
chalishtirilgan balki, barmoqlar
qoʻl yuqorisidan mahkam tutib turibdi.
Ushbu
holat kishining vaziyatga boʻlgan negativ, tushkun
munosabatini aks ettiradi.
Kishining oʻziga ishonchi yoʻq va chalishtirilgan
qoʻllar toʻsigʻi bilan oʻzini himoya qiladi.
U oʻzini siqilgan holatda sezadi,
muloqotga va
oʻzaro tushunishga intilmaydi. Balki, suhbatdosh
unga yoqmaydi yoki uni xafa qilgan.