76
mumkin. Ogʻizni yopishga boʻlgan birlamchi
tabiiy ehtiyoj ongli
nazorat ostida burunga
yengilgina teginish jestiga aylanadi.
Koʻzni uqalash
Hech narsani koʻrmayapman, hech narsani
bilmayman. Ogʻizni bekitishga boʻlgan intilish
goʻyo koʻzga tushgan
narsani olib tashlamoqchi
boʻlgandek, xatti-harakatlar bilan yashiriladi.
Koʻproq katta yoshdagi odamlar uchun xos.
Boʻyinni uqalash va yoqani choʻzish
Odam aldash jarayonida boʻyin va yuz terisining
yumshoq toʻqimalaridagi tahsirlanishni sezadi va
yengil tortish maqsadida
mazkur joylarni uqalash
yoki siypalashga ehtiyoj sezadi.
Qoʻrquv
Kishida koʻzlarning katta ochilishi va barmoqlar
tishlanishi bilan zohir boʻladigan yuz ifodasi
qoʻrquv holatini anglatadi.
Koʻz qarashi bilan bogʻliq belgilar
Koʻzni olib qochish va tez-tez kiprik qoqish: Tadqiqotlar shuni
koʻrsatadiki, agar kishi suhbatdosh koʻziga muloqot vaqtining yarmidan kam vaqt
qarasa, uning soʻzlari ishonch tugʻdirmaydi va uning yolgʻonchiligi ayon boʻladi.
Haqiqatan ham ongli ravishda yolgʻon gapirilganda kishining koʻziga bemalol
qarab turish qiyin.
77
Avvaliga kishining koʻzingizga
qarab turib, soʻngra esa birdaniga koʻzini
boshqa tomonga, derazaga, pastga yoki tepaga qaratishi,
atrofga olazarak boqishi
yoki tez-tez kiprik qoqishi uning gaplarining yolgʻonligi yoki toʻliq haqiqat
emasligini anglatadi.
Insonning koʻz qarashi yoʻnalishi idrok etishning ichki jarayonlari,
turli
axborotlar (koʻrish, eshitish, xatti-harakat,
emotsional, tam va hid bilish
axborotlari)ning qayta ishlanishi bilan bogʻliq.