93
Xulosa
XXI asrda odamning eng tabiiy boʻlgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlardan
xabardor boʻlish va oʻzgalarga samarali tahsir eta olishga boʻlgan intilishi yanada
oshdi va buning qator sabablari bor.
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga oʻtib bormoqdamiz.
Axborotlarning koʻpligi aynan inson manfaatiga aloqador mahlumotlarni saralash,
u bilan toʻgʻri munosabatda boʻlishni taqozo etadi. Axborot
XXI asrda eng nodir
kapitalga aylanadi va bu oʻz navbatida insonlarga zarur axborotlarning uzatilishi
tezligi va tempini oʻzgartiradi.
Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining
koʻpayishi, ular oʻrtasida munosabatlar va aloqalarning dolzarbligi axborotlar tigʻiz
sharoitida oddiygina muloqotni emas, balki professional,
bilimdonlik asosidagi
muloqotni talab qiladi. Umuman, XXI asrning korporatsiyalar asri boʻladi, deb
bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporatsiya insonlarning oʻzaro til
topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal boʻlishi haqida
gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa koʻp hollarda bevosita
yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa, fakslar, elektron
pochta, internet kabilar yordamida aniq va loʻnda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi.
Bu ham oʻziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday
kasb-xunarlar soni ortdiki, ular
sotsionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning
samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi,
turli xil
xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday
sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat
mahsuldorligini belgilaydi. SHuning uchun ham hozirda muomala, uning tabiati,
texnikasi
va strategiyasi, muloqotga oʻrgatish (ijtimoiy psixologik trening)
masalalari bilan shugʻullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi oʻrni va salohiyati
keskin oshdi [84].
94
Muomala ishtirokchilarining aloqaga kirishish jarayonida bir-birlariga
nisbatan ular uchun u yoki bu darajada muhim boʻlgan muayyan maqsadlarni
koʻzlashlari odatiy holdir, bu maqsadlar oʻz mazmuniga koʻra
bir-biriga mos
kelishi yoki bir –biridan farq qilishi mumkin. Mazkur maqsadlar – muomala
ishtirokchilarida mavjud boʻlgan mahlum motivlar tahsirida yuzaga kelib, ularni
amalga oshirish har bir insonda muomalaning obhekti va subhekti sifatlarini
rivojlanishi davomida shakllanadigan turli xulq-atvor
usullaridan doimiy
foydalanishni taqozo qiladi.
Koʻpgina hollarda, muomala deb ataluvchi insonlarning shaxslararo
munosabatlari faoliyat bilan chambarchas bogʻliq holda uning amalga
oshirilishining sharti sifatida yuzaga chiqadi. SHu bilan birga,
muomala xizmat
qilayotgan faoliyat turi faoliyat qatnashchilari orasidagi muomala mazmuniga,
shakliga, uning jarayoni oqimiga oʻz tahsirini oʻtkazadi.
SHaxslararo muomala, uning amalga oshirilishi insonlarning oʻzaro
hamkorligini taqozo etadigan faoliyatning zaruriy komponenti boʻlibgina qolmay,
bir vaqtning oʻzida insonlar jamiyati normal hayoti uchun zaruriy sharoit hamdir.
Odamlarning turli birlashmalarida shaxslararo muomala xarakterini
solishtirganda ular orasidagi oʻxshashliklar va farqlar yaqqol koʻzga tashlanadi.
Oʻxshash tomonlari muomala ular turmushining zaruriy sharoiti, ular oldiga
qoʻyilgan vazifalarni samarali bajarish va ularning oldinga harakat qilishlari
omili
ekanligida koʻrinadi. SHu bilan birga har bir jamoa oʻzidagi ustun faoliyat turi
bilan xarakterlanadi.
Rivojlanishning toʻlaligi, ushbu elementlarning amalga oshishi muloqot
davomida insonning ahvoliga jiddiy tahsir koʻrsatadi. Masalan, muloqot davomida
istalgan axborotning olinganligi, tushunilganligi haqidagi signalning mavjudligi
qoniqish
hissini keltirib chiqaradi, keyingi muloqot jarayonini yanada
faollashtiradi.
Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalar va toʻplangan ilmiy manbalar muomala
jarayoni va kasbiy muloqot sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar
hamda keng kitobxonlar ommasi uchun foydali boʻladi degan umiddamiz.