Monolog; 2. Dialog; 3. Polilog




Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/41
Sana19.11.2023
Hajmi2,01 Mb.
#101377
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
IJTIMOIYPSIXOLOGIYAVAMULOQOT

1. Monolog; 2. Dialog; 3. Polilog. 
Monolog – mahruzachi yoki oʻqituvchining tinglovchilar qarshisida nutq 
soʻzlashi, mahruza qilishidir. Ayni shu usul tahlim-tarbiya jarayonidagi asosiy
vosita ekanligi toʻgʻrisida ongimizga oʻrnashib qolgan tasavvur mavjud. Bu 
holatda gapiruvchi mahlumotlarning asosiy tayanch manbai boʻlib hisoblanadi va 
faqat undangina faollik talab qilinadi. Lekin auditoriya, yahni tinglovchilar undan 
koʻra passiv mavqeda boʻladilar va bu narsa mahlumotning faqat bir qisminigina 
idrok qilish va eslab qolishga sabab boʻladi. 
Dialog – mavzu yoki muammoni guruh sharoitida oʻqituvchi bilan 
birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yoʻlidir. Bu usul tinglovchilarni 
8
Fозиев Э. Психология: (Ёш даврлари психологияси): Пед. Ин-тлар ва ун-тларнинг талабалари учун ўќув 
ќўлл. – Т.: Ўќитувчи, 1994. -224 б. 


82 
nafaqat faollashtiradi, balki ijodiy muhitning boʻlishi va fikrlar almashinuvidan har 
bir tinglovchining manfaatdorligini tahminlaydi. Tinglovchi oʻquv jarayonining 
obhektidan uning subhektiga aylanadi. 
Polilog – guruh ichidagi munozaradir. Polilog jarayonida guruh ahzolarining 
har biri muhokama qilinayotgan masala yuzasidan oʻz fikrini bildirish 
imkoniyatiga ega boʻladi, oʻqituvchi esa faqat ushbu jarayonnning tashkilotchisi 
rolini oʻynaydi. Bu usul mashgʻulotlar yoki muloqot darslari endi boshlanganda 
oʻtkazilishi maqsadga muvofiq emas, chunki polilog uchun oʻqituvchi bilan 
hamkorlikda ishlash tajribasidan tashqari yoshlarga oʻsha soha yuzasidan mahlum 
bilimlar majmui hamda hamkorlikda ishlash tajribasi zarur.9
Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida yangi 
pedagogik-psixologik texnologiyalarga oid usullar AQSH va Yevropaning 
rivojlangan mamlakatlari oʻquv muassasalarida joriy etilib, sinovdan oʻtkazilgan.
Hozirgi davrda yurtimizda bir qator oʻquv muassasalarida oʻqitishning
yangi pedagogik-psixologik texnologiyalaridan unumli foydalanilmoqda, ammo 
dars mashgʻulotlarida baribir asosiy anhanaviy usul «oʻqituvchi monologi» tarzida 
olib boriladigan muloqotga asoslanadigan uslub yetakchi oʻrin egallaydi.
Dars mashgʻulotlarida samarali muloqotni tashkil etishda quyidagi 
usullardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi deb, oʻylaymiz: 
 

Download 2,01 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish