83
bahs-munozara (Debate): alohida dars koʻrinishida boʻlib, oʻtilgan
mavzuga doir bahsli, tortishuvli muammolarni ikki guruhga boʻlinib hal etish. Bu
usulni qoʻllagan oʻqituvchi tinglovchilarni ikki guruhga – «tarafdorlar» va
«qarshilar» guruhlariga boʻladi. Oʻrtaga tayinlangan boshlovchi bahsni
muvozanatga solib turadi;
guruhlarga boʻlinib ishlash: auditoriyadagi tinglovchilar soniga
qarab 10-12 kishidan iborat guruhlarga boʻlinadi. Har bir guruhga guruhboshilar
tayinlanadi. Guruhlar mavzuga doir muammoni hamkorlikda yechadilar va har bir
guruhdan bir yoki ikki ahzo mavzu yuzasidan axborot beradi;
juftliklarda
ishlash:
auditoriyadagi
barcha
tinglovchilarning
yonidagi yoki orqasida oʻtirgan sherigi bilan baravariga fikr almashib muloqot
qilishi. Anhanaviy usulda auditoriya «oʻqituvchi+ talaba» yoki «talaba+ talaba»
oʻrtasida muloqot boʻlib, qolganlar sust tinglovchi boʻlib qolar edi. Yangi usulda
auditoriyadagi barcha tinglovchilar, hatto sust oʻzlashtiruvchilar ham oʻzaro
muloqotga kirishib, dars ishtirokchisiga aylanadi;