• 3.4. Muloqotda yolgʻon psixologiyasi
  • Presentation · May 2019 doi: 10. 13140/RG




    Download 2,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/41
    Sana19.11.2023
    Hajmi2,01 Mb.
    #101377
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
    Bog'liq
    IJTIMOIYPSIXOLOGIYAVAMULOQOT

    Qathiyatsizlik holati: Oyoq-oyoq ustiga qoʻyilgan, 
    qoʻllar qulf holatida tizzani tutib turadi. Oʻziga 
    ishonchsizligini yashirishga harakat qiladi. 
     
    Tovonlarning chalishtirilishikuchaytirilgan himoya 
    pozasi. Kamtar va uyatchan ayollarga xos xususiyat. 
    Toʻpiqlarning chalishtirilishi qoʻrquvdan, asabiylikdan, 
    salbiy emotsiyalarni yashirish istagidan dalolat beradi. 
    Odatda soʻroq paytida oʻz soʻzlari va emotsiyalarini 
    nazorat qilishga harakat qilayotgan kishilar oʻzini shu 
    holatda tutadi. 
     
     


    72 
    3.4. Muloqotda yolgʻon psixologiyasi 
     
    Yolgʻonni fosh etuvchi belgilar va usullar qadim zamonlardan buyon 
    olimlar va faylasuflar uchun muhim tadqiqot obhekti boʻlib hisoblangan. Ayniqsa, 
    sud jarayonlarida, huquqni muhofaza qilishda faoliyat olib boruvchi kishilar uchun 
    mazkur sohadagi bilimlarning ahamiyati katta hisoblangan. Psixologiyada bu 
    muammo alohida soha – yolgʻon psixologiyasi sohasida oʻrganiladi.
    Insonlar yolgʻonni fosh etuvchi belgilar mavjudligini bilishganda edi, 
    kamroq aldagan boʻlar edilar. Ammo, kishining yolgʻon gapirayotganligini yaqqol 
    bildiradigan hech qanday yagona jest, yuz ifodasi yoki ixtiyorsiz muskul qisqarishi 
    mahlum emas. Faqat his etilayotgan emotsiyalarning soʻzlarga mos kelmasligi yoki 
    soʻzlarning yomon oʻylab topilganligini anglatadigan belgilar mavjud.
    Ushbu belgilar axborotning chiqib ketishiga imkon yaratadi. Yolgʻonni 
    aniqlashni maqsad qilib qoʻygan odam emotsiyalarning qanday qilib nutqqa
    ovozga tana va yuzga tahsir etishi, yolgʻonchi yashirmoqchi boʻlgan tuygʻularning 
    qanday namoyon boʻlayotganligi, kuzatilayotgan emotsiyalarning qalbakiligini 
    aynan nima fosh etayotganligini bilishi lozim.
    Yolgʻonni bilib olish oson emas. Muammolardan biri axborotlarning 
    koʻpligidir. Birdaniga juda koʻp axborotni koʻrib chiqishga toʻgʻri keladi. Uning 
    manbalari juda koʻp – soʻzlar, pauzalar, ovoz ohangi, yuz ifodasi, bosh harakati
    jestlar, tana holati, nafas, terlash, yuz qizarishi yoki oqarishi va boshqalar. Bular 
    hammasi verifikator (aniqlovchi) diqqatiga molik axborotni birin-ketin yoki 
    birdaniga yetkazishi mumkin. Verifikator koʻrayotgan va eshitayotgan 
    axborotlarning hammasiga bir xilda ehtibor qaratishi zarur emas. Har qanday 
    axborot manbaiga bir xil darajada suyanish notoʻgʻri. Ularning ayrimlari 
    boshqalariga nisbatan koʻproq mahlumot beradi. Ajablanarlisi shundaki, koʻpgina 
    odamlar avvalo, eng kam ishonch tugʻdiradigan manbalar – soʻzlar va yuz 
    ifodasiga ehtibor qaratishadi va shu bilan oson xatoga yoʻl qoʻyishadi.


    73 
    Yolgʻonchilar odatda oʻz xatti-harakatlarining barcha qirralarini nazorat 
    qilish va yashirishni uddalay olmaydilar. Ular bu narsani juda xohlaganlarida ham 
    eplay olmagan boʻlar edilar. SHuning uchun yolgʻonchilar ularning fikricha 
    boshqalar koʻproq ehtibor qaratadigan xatti –harakatlarni yashirishadi va 
    qalbakilashtirishadi. Ular koʻproq soʻzlarni obdon tanlashga harakat qilishadi. 
    Inson ulgʻayar ekan koʻpgina odamlarning aynan soʻzlarga koʻproq quloq 
    tutishlarini bilib oladi. Kishilar bir narsani yashirmoqchi boʻlsalar soʻzlarga faqat 
    boshqalar unga alohida ehtibor qaratishlari uchungina emas, balki, soʻzlar uchun 
    albatta javob berish lozimligi uchun ham ularni diqqat bilan tanlashadi. Jahl aks 
    etgan yuz ifodasini yoki qoʻpol ohangni rad etish, tan olmaslik mumkin. 
    Ayblayotgan kishining oʻzini himoyalanishga majbur etuvchi holatga qoʻyish oson. 
    «Mening ovozim odatdagiday. Senga shunday eshitilgandir». Zardali soʻzlarni esa 
    inkor etish juda qiyin. Xalqimizda bu borada juda ibratli maqol bor: «Aytilgan gap 
    - otilgan oʻq».
    Soʻzlarga ehtibor qaratilishining yana bir sababi, ular orqali aldash 
    hammadan koʻra osonroqdir. Nutqni oldindan afzal tartibda shakllantirish va hatto 
    yozib olish mumkin. Soʻzlarni xoxlagan odam yodlab olishi va qaytarib olishi 
    mumkin. Yuz ifodasini, jest va ohangni esa faqat professional aktyorgina obdon 
    tayyorlab olishga qodirdir. 
    Suhbatdoshdan doimo «Yuzingga qarab boʻlmaydi, senga nima boʻldi?» 
    yoki «Menga nimaga bunday qarayapsan» kabi iboralarni koʻp eshitamiz. SHunga 
    koʻra, yolgʻonchilar yuz ifodasiga ham alohida ehtibor qaratishadi. Yuz birinchi 
    navbatda emotsiyalarni aks ettiradi. Ovoz bilan birga u eshituvchiga 
    soʻzlovchining tuygʻulari haqida axborot beradi, lekin bu axborotlar doim ham 
    toʻgʻri boʻlavermaydi, chunki yuz ifodasi ham aldamchi boʻlishi mumkin.
    Yuz bevosita emotsiyaga javob beruvchi miya sohalari bilan bogʻliqdir. 
    Nimadir emotsiya uygʻotsa, yuz mushaklari beixtiyor harakatga keladi. Kishilar 
    ushbu yuz ifodalariga tahsir etishni oʻrganishlari va u yoki bu darajada ularni 


    74 
    yashirishga muvaffaq boʻlishlari mumkin. Ammo buning uchun doimiy harakat va 
    tinimsiz mashqlar zarur.
    Suhbatdoshini yolgʻon soʻzlashda gumon qilayotgan kishilarga ovoz va tana 
    holati va harakatlariga koʻproq ehtibor qaratishlari taklif etiladi. Ovoz ham yuz 
    kabi emotsiyalarga javob beruvchi miya qismlariga bogʻliq. Emotsiyalar paydo 
    boʻlishi bilan bogʻliq ovozdagi bahzi oʻzgarishlarni yashirish juda qiyin. 
    Tana ham axborot chiqib ketishiga sabab boʻluvchi, yolgʻondan xabar 
    beruvchi manba boʻlib hisoblanadi. Tana harakatlari ovoz va yuz ifodasi kabi 
    miyaning emotsiyalarga oid sohasi bilan bevosita bogʻliq emas, shuning uchun 
    ularni nazorat qilish oson. Inson oʻz tanasini sezib, koʻrib turadi. Ammo koʻpgina 
    odamlar bunga ehtiyoj yoʻq deb oʻylaydilar va tana harakatlarini nazorat 
    qilmaydilar. Natijada tana harakatlari doimiy axborot manbaiga aylanadi.
    Kishi yolgʻon gapira boshlar ekan, uning tanasi ixtiyorsiz ravishda yolgʻonni 
    fosh qiluvchi tegishli harakatlarni bajara boshlaydi. Yolgʻon soʻzlash jarayonida 
    ong osti yuborgan nerv energiyasi inson aytayotgan gaplarga zid boʻlgan xatti-
    harakatlar koʻrinishida namoyon boʻladi. Yolgʻondan darak beruvchi mikrojestlar 
    orasidan quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin: 
    Yuz muskullari harakati, qorachiq reaktsiyalari, terining qizarishi yoki 
    oqarishi, bir daqiqa oraligʻida kiprik qoqish miqdorining koʻpayishi va b.q.lar.
    7
    Yolgʻonni fosh etish uchun juda koʻp savollarga javob topish lozim. 
    Psixologiyaning mazkur sohasida qator tadqiqotlar olib borgan Pol Ekman 38 ta 
    savoldan tuzilgan anketani taklif etadi. Pol Ekman nima sababdan ayrim kishilar 
    yolgʻon soʻzlashni osongina eplaydilar-u, ayrimlar bu borada qiynaladilar, degan 
    savolga javob izlab, yolgʻon turlarini analiz qiladi. 
    Oson aldaydigan kishilar xatoliklarga kam yoʻl qoʻyadilar va “verifikator” 
    uchun yolgʻonni fosh etish murakkablashadi. Yolgʻon soʻzlashda qiynaladigan 
    kishilarni esa fosh etish qiyinchilik tugʻdirmaydi. Qiyinchiliklar yolgʻon 
    gapirayotgan kishilarning qanday emotsiyalarni his etayotganligi bilan bogʻliq. 
    7
    Пол Экман. «Психология лжи», Санкт-Петербург. 2001 г 


    75 
    Yashirish lozim boʻlgan emotsiyalar qanchalik kuchli boʻlsa, yolgʻon gapirish 
    shunchalik qiyinlashadi. 
    Ikkinchidan, yolgʻon soʻzlayotganda nutqda, xatti-harakatlarda va yuz 
    ifodalarida xatolar yaqqol namoyon boʻladi. Nutqiy qaytarishlar, tartibsiz iboralar, 
    koʻp gapirish va nutqdagi pauzalar. Bundan tashqari, ovoz tonining balandlashishi 
    ham kuchli negativ emotsiyalardan darak beradi. 
    SHuningdek, qaygʻu, qoʻrquv, uyat singari emotsiyalar turli emblemalarda 
    (masalan, yelkani qisish), manipulyatsiyalarda va mikroifodalarda aks etadi. 
    Yolgʻonni aks ettiruvchi bahzi xarakterli jestlarga batafsilroq toʻxtalib 
    oʻtamiz. 

    Download 2,01 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




    Download 2,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Presentation · May 2019 doi: 10. 13140/RG

    Download 2,01 Mb.
    Pdf ko'rish