|
Qoʻl berib soʻrashish uslubi va xarakteriBog'liq IJTIMOIYPSIXOLOGIYAVAMULOQOTQoʻl berib soʻrashish uslubi va xarakteri
Muomala jarayonida oʻzaro salomlashish muloqotning eng muhim
komponentlaridan biridir. Qoʻl berib soʻrashish avvalda dushmanlik istagining
yoʻqligini namoyish etishni bildirgan boʻlsa, keyinchalik kishilik jamiyati uchun
etiketga aylandi. Suhbatdoshning qoʻl berib salomlashish uslubi uning xarakteri va
emotsional holati haqida axborot beradi.
Bundan tashqari, noverbal xatti-harakatlar milliy va madaniy asosga ega.
Har bir millat, mamlakat kishilari oʻz madaniy, milliy xususiyatlariga mos ravishda
yurish-turish, turli imo - ishoralar, tana harakatlari mimikalaridan iborat boʻlgan
noverbal xatti- harakatlar tizimiga egadir. Birgina keng tarqalgan qoʻl berib
soʻrashish jestini har xil millat vakillari turli xilda qabul qilishadi. Masalan,
Rossiyada guruhdagi bitta odam bilan alohida qoʻl berib soʻrashish mumkin boʻlsa,
Bolgariyada butun guruh bilan soʻrashib chiqishga toʻgʻri keladi. Frantsiya va
Italiyada uzatilgan qoʻlingizni albatta siqishadi, Angliyada esa choʻzilgan qoʻlingiz
havoda muallaq qolib ketishi mumkin. Afrika va Yaqin SHarq xalqlarida
suhbatdoshga tegib gaplashish muloqotning zarur sharti boʻlib hisoblansa, yapon
madaniyati muomalada bevosita yaqin aloqa (kontakt) ni maqbul koʻrmaydi.
SHuni ehtiborga olish lozimki, har qanday mamlakatda shoshqaloqlik bilan qoʻl
uzatish mahqullanmaydi.
Qoʻl berib salomlashish 3 turdagi his-tuygʻulardan birini: ustunlikka intilish,
itoat etishga yoki hamkorlik munosabatlariga tayyorlikni aks ettiradi.
Ustunlikka intilish:
A B A B ustidan ustunligini namoyish etadi,
uning kafti pastga qaragan. A B ni
boshqarishga harakat qiladi, shuning uchun
u bilan ehtiyot boʻlib muomala qilish lozim.
|
| |