58
Xatti - harakat va holatlar tili
Inson haqida uning oʻzi aytayotganidan koʻra koʻproq mahlumot olish, insonni
kitob singari oʻqish – uning fikrlari, his-tuygʻulari, xarakter xususiyatlari haqida
soʻzlardan koʻra koʻproq mahlumot beradigan xatti-harakatlar
tilini tushunish
demakdir. Odatda inson oʻz holati, jestlari,
yuz ifodasi, ovoz ohangini nazorat
qilmaydi. Odamning asosiy diqqati uni tushunishlari va oʻz
maqsadiga yetish
uchun nimalar deyishga qaratiladi. SHuning uchun soʻzlar gohida biror – bir fikr
yoki tuygʻuni bayon etish oʻrniga uni yashirishga xizmat qiladi.
Odam haqida
mahlumot olish uchun uning soʻzlariga toʻgʻri baho bera olishning oʻzi kifoya
qilmay, balki xatti- harakatlar tilini tushuna bilish katta ahamiyat kasb etadi.
5
Quyida biz muloqot chogʻida ishlatiladigan
ayrim harakat va holatlar
mahnosi haqida fikr yuritamiz:
Qoʻllar tana boʻylab pastga tushirilgan – har qanday sharoitda xotirjam va
aql bilan harakat qila oladigan, oʻziga ishongan kishi. Uning soʻzlari hamda
xatti-harakatlari chuqur oʻylangan va mantiqli. Bu holatdagi odam ochiq va
boshqalar kutganidek oʻzini tabiiy tutadi.
Qoʻllar choʻntakda yoki belda – agressiv va hujumga oʻtishga shay boʻlgan
kishi. Agar sizning tanishlaringizdan birortasi koʻpincha
shunday holatni
egallasa, bu uning avtoritarligi boshqalarga tahsir va hukm oʻtkazishga
intilishidan darak beradi.
Qoʻllar koʻkrakda chalishtirilgan – oʻziga ishonchsizligini yashirishga
harakat qilayotgan kishi. CHalishtirilgan qoʻllar himoya reaktsiyasi boʻlib,
muloqotda, oʻzaro bir-birini tushunishda toʻsiq mavjudligini namoyish etadi.
Agar tinglovchi
shunday holatni egallasa, bu uning sizning fikringizga
qoʻshilmayotganligi, gapingizni eshitishga xoxishi yoʻqligidan darak beradi.
Mabodo, gapirayotgan
odam shunday holatni egallasa, uning gaplarining
5
Биркенбил В. Язык интонации, мимики, жестов. СПб.: Питер, 1997.
59
toʻgʻriligiga, chin koʻngildan chiqayotganligiga shubha bilan qarashga asos
boʻlishi mumkin.