• 2. Akustik vositalar
  • Kommunikativ jarayonni tashkil etish zamoni va makoni, shaxslararo masofa.
  • Noverbal nutqiy vositalarning turlari




    Download 2,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/41
    Sana19.11.2023
    Hajmi2,01 Mb.
    #101377
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
    Bog'liq
    IJTIMOIYPSIXOLOGIYAVAMULOQOT

    Noverbal nutqiy vositalarning turlari 
    1. Vizual vositalar: 

    kinesika – qoʻl, bosh, oyoq, tana harakatlari, qadam tashlash; 

    yuz ifodasi, koʻz ifodasi; 

    pozalar – qomat, boshni tutish; 

    qarash yoʻnalishi, vizual aloqalar; 

    teri reaktsiyalari – qizarish, oqarish, terlash; 

    proksemika (muomalani tashkil etish zamoni va makoni) – suhbatdosh 
    bilan oraliq masofa, masofa oraligʻi burchagi, shaxsiy kengliklar; 

    qoʻshimcha muloqot vositalari – qaddi-qomat xususiyatlarini boʻrttirish 
    yoki yashirish (jinsni, yoshni, irqni); tabiiy tana tuzilishini oʻzgartirish 
    (kiyim, soch turmagi, kosmetika vositalari, koʻzoynak, taqinchoqlar, 
    tatuirovkalar, moʻylov va soqol, qoʻldagi kichik ashyolar). 
    2. Akustik vositalar:

    paralingvistik (ovoz sifati, uning diapazoni, tonalligi) – balandligi, 
    tembri, maromi, tovush balandligi; 

    ekstrolingvistik – nutq pauzalari, kulgu, yigʻi, xoʻrsinish, yoʻtalish, 
    qarsak. 
    3. Taktilg’ vositalar:

    takesika – teginish, qoʻl siqish, quchoqlashish, oʻpishish. 
    4. Olg’faktor vositalar:

    yoqimli, yoqimsiz hidlar; 

    insondan taraladigan tabiiy va sunhiy hidlar. 
    Noverbal vositalarda har bir madaniyat oʻz izini qoldiradi, shuning uchun 
    butun insoniyat uchun umumiy boʻlgan mehyorlar yoʻq. Boshqa mamlakatlarning 
    tilini oʻrgangan kabi uning noverbal tilini oʻrganish ham zarurdir. 
    Kommunikativ jarayonni tashkil etish zamoni va makoni, shaxslararo 
    masofa. Nutqsiz vositalarning birinchi guruhiga kommunikativ jarayonni tashkil 


    54 
    etish makoni va zamoni kiradi. Ular ham maxsus belgilar tizimi boʻlib, 
    kommunikativ tizimlarning tarkibiy qismi sifatida mahnoga ega boʻladi.
    Soʻnggi vaqtlarda psixologik tadqiqotlarda muloqotga kirishuvchi shaxslar 
    oʻrtasidagi 
    distantsiyaning 
    kommunikativ 
    ahamiyatiga 
    va 
    muloqot 
    samaradorligining sheriklar joylashuviga bogʻliqligi masalalariga ehtibor 
    berilmoqda. Muloqotga kirishuvchilar oʻrtasidagi masofalarning toʻrt turi 
    farqlanadi: intim (0-0,5 m), shaxsiy (0,5-1,5 m), ijtimoiy (1,5-3 m), ommaviy ( 3 
    metrdan ortiq). 

    Download 2,01 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




    Download 2,01 Mb.
    Pdf ko'rish