48
mumkin boʻlmasin. (masalan: «Siz yolgʻon gapirganlarni yoqtirmaysiz,
toʻgʻrimi?», «Siz albatta, adolat qaror topishini xoxlaysiz, shundaymi?» va
hokazo).
Umumiy va neytral qiziqishlarni izlash. Muloqotning dastlabki bosqichida
odamni oʻziga moyil qilish, u bilan til topish muhim. Ushbu maqsadga erishish
uchun umumiy va, ayni paytda, neytral qiziqishlarni aniqlash yordam beradi(bu
xobbilar: markalar, tangalar, kitoblar yigʻish; sport, turizm kabi qiziqishlar boʻlishi
mumkin). Umumiy qiziqishlar va ularni izlash doimo ijobiy his-tuygʻular keltirib
chiqaradi va ushbu vaziyatda aloqa tashabbuskori mazkur his tuygʻularning manbai
boʻladi. Qiziqishlar boʻyicha muloqotga kirishishning oʻzi hamsuhbatlarni
yaqinlashtiradi.