35
shakllantirish psixolog-pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.
Zero, XX1 asrda yashaydigan har bir insonning tanqidiy fikrlashi uchun avvalo
muloqotga oʻrgatish zarur. Oʻsmir va oʻspirinlarni muloqotga oʻrgatish uchun
ularga psixologik, pedagogik adabiyotlarni oʻqishga tavsiya qilish,
muloqot
jarayonida yoshlar faoliyatini kuzatish, fikrlashini aniqlash va shu jarayonda
psixologik oʻyinlar, mashqlar, treninglardan foydalanish muhimdir.
Maktabning oʻrta va yuqori sinflarda yozma nutq mazmunli, tahsirli boʻlib,
grammatik jihatdan tobora toʻgʻri, mukammal tuzilib boradi va oqibatda bunday
nutq ogʻzaki nutqning oʻsishiga ijobiy tahsir koʻrsata boshlaydi. Bolalar nutqi
bevosita kattalar nutqi tahsirida oʻsadi. SHuning uchun oʻqituvchi nutqi
oʻquvchilar nutqini oʻstirishda namuna boʻlib xizmat qilishi kerak.
Oʻquvchilar tafakkurini oʻstirmay turib, ularning nutqini oʻstirib boʻlmaydi.
Ogʻzaki gapirish, bayon yoki insho yozishda oʻquvchilarning reja tuzib olishlariga
ehtibor berish kerak. Yozma va ogʻzaki nutqni oʻstirish uchun kitob ustida
muntazam ishlash, oʻqigan
matnlarning tezisini, konspektini tuzish, mahruza,
referatlar tayyorlash, adabiy kechalar, yozuvchilar bilan uchrashish muhim
ahamiyatga ega. Nutq shartli reflekslar paydo boʻlishining umumiy qonunlari
asosida oʻsadi. Agar kishi biror bir tovushni notoʻgʻri talaffuz qilishga oʻrganib
qolgan boʻlsa, unda bu kamchiliqlarni tugatish qiyin boʻladi. SHuning uchun
bolalarda yoshligidanoq ijobiy nutq odatlarini tarbiyalashga ahamiyat berish zarur.
Oʻsmirlar muloqotiga nisbatan oʻspirinlar muloqoti
ancha tarbiyalangan
boʻladi. CHunki ular muloqot madaniyati, muomala sirlarini egallagan boʻladilar.
Bizning yuksak mahnaviy ehtiyojlarimizdan biri-bu muloqotga boʻlgan
ehtiyoj. Muloqotga boʻlgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi.
SHuning uchun biz doimo muloqotga boʻlgan ehtiyojimizni qondirishimiz lozim.
Kimlar bilandir muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, bahzi hollarda esa biz
qoniqmaslikni his qilamiz. Katta yoshdagi kishilar rasmiy va norasmiy
munosabatlarga kirishadilar. Rasmiy munosabatlar ish, xizmat yuzasidan boʻladi.
Norasmiy muloqot esa ishdan boshqa paytlarda, oʻyda (oila), mahallada, koʻcha -
36
koʻylarda boʻladi.
Kattalar muloqotida koʻpincha muloqot madaniyati amalga oshiriladi, yahni
bir-birlarini hurmat qilish, ishonish, anglash kabilar.
Ammo bahzi paytlarda
muloqot buzilishi ham mumkin. CHunki kattalar ayrim paytlarda bir-birlarini
tushunmasdan xafa qilib qoʻyishlari, koʻngilga ogʻir botadigan gaplar aytib
yuborishlari, natijada nizolarni keltirib chiqarishlari mumkin. Agar muloqot
madaniyati kishilarda yaxshi shakllangan boʻlsa, ular bir-birlarini tushunishlari
oson roʻy beradi. Muloqot madaniyati yoshlikdan oilada, ijtimoiy muhit tahsirida,
oʻz-oʻzini anglash, tarbiyalash oqibatida shakllanishi mumkin. Biz kattalar
yoshlarga namuna, ibrat boʻlishimiz bir-birimizga boʻlgan muloqotimizdan kelib
chiqadi.
“Oltin soʻzlar”(azizim, aylanay, oʻrgilay,
juda ham ajoyibsiz, bugun
boshqachasiz, ochilib ketibsiz, kiyimingiz juda yarashibdi kabi) dan kundalik
hayotimizda koʻproq foydalanishimiz zarur. Kattalar muloqotiga yoshlar taqlid
qilishlari orqali ularda muomala sanhati, madaniyati shakllanib boradi. Ayniqsa,
oilada biz bu holatlarga ehtibor berishimiz kerak. CHunki “qush uyasida koʻrganini
qiladi” degan naql bejiz emas.
Kattalar ham bir-birlariga verbal, noverbal
va paralingvistik tahsir
koʻrsatadilar. Biz vaqti kelganda imo-ishora, mimika, pauzalar orqali ham bir-
birimizga tahsir eta olamiz. Bir ogʻiz soʻz bilan ham xursand, yoki xafa qila
olamiz. SHuning uchun doimo kattalar bir-birlariga samimiy munosabatda boʻlib,
tahsir qilishlari lozim.
Kattalar muloqoti mahlum bir yoshlarda oʻziga xos boʻladi. Masalan,
kattalar mahlumotlariga, yoshlariga, jinslariga,
kasblariga qarab muloqotda
boʻladilar. Keksalar muloqoti oʻziga xosdir. Ular xuddi kichik bolalardek izzat-
talab, injiq, ehtibor talab boʻlib qoladilar. Keksalarga ehtiyotkor boʻlib muomalada
boʻlish zarur, chunki koʻngillari nozik boʻladi. Ularga koʻngillarini koʻtaradigan
soʻzlarni koʻproq qoʻllash zarur.
Demak, har bir yoshga kiradigan kishilar, shu jumladan, kattalar ham oʻziga
xos muloqotga kirishadilar. Muloqot har bir davrga xos holda amalga oshiriladi.