27
anhanaviy tarbiya vositalarini qabul qilmaslik;
intuitsiyaning, xavf hissining rivojlanganligi;
Raqamli texnologiyalarni tez oʻzlashtirishga boʻlgan qobiliyat.
2
Ammo, bahzi olimlar bu hodisani “ilmiy qarashlardan yiroq toʻqima
nazariya”,-deb hisoblashadi. “Indigo bolalar”ning oʻziga
xos xususiyatlarini esa
ular bolalarda uchraydigan “giperaktivlik” hodisasi bilan tushuntirishadi.
CHaqaloqlik davrida kattalar bilan muloqot behvosita bolani qoʻlga olish
orqali amalga oshiriladi. Bola qoʻlga olinganda aloqa bogʻlanadi, qayta
qoʻyilganda esa aloqa uziladi, u yigʻlay boshlaydi. Olimlarning tahkidlashlaricha
bola psixologik jihatdan mehyorida rivojlanishi
uchun ona uni kun davomida
kamida 30-35 marotaba qoʻlga olishi kerak ekan. SHuni aytish joizki, aynan
onaning bolaga qoʻl tekkizib turishiga boʻlgan ehtiyoj butun umr davomida
saqlanib qoladi va tarbiya vositalaridan biri sifatida ehtirof etiladi.
Mutaxassislar
vaqti – vaqti bilan bolaning boshini silash yoki yelkasidan qoqib qoʻyish u bilan
boʻladigan ishonchli muloqotni tahminlab turuvchi vosita ekanligini ehtirof
etishadi. Millatimizda bu tajriba azaldan mahlum boʻlgan, keksa avlod vakillari
boʻlgan otaxonlarimiz, ayniqsa buvijonlarimiz farzand bilan muloqotda albatta bu
qoidaga amal qilishgan.
Bola predmetlarga boʻlgan qiziqishini avvalo
kattalarga murojaati orqali
bildiradi. Kerakli yordamni nutqni qoʻllash orqali oladi. Bu yerda kattalar bolaga
qanday talablar qoʻyishlari muhim oʻrin tutadi. Kattalar agar bola bilan kam
muloqotda boʻlsalar, uning nutqi rivojlanishdan orqada qolishi mumkin.
Muloqotga boʻlgan ehtiyoj bolada oʻz-oʻzidan rivojlanmaydi, balki predmet
faoliyati boʻyicha kattalarning muloqoti orqali oʻsadi.
Bolaning hali “tili chiqmagan” paytdayoq unda “ichki nutq” paydo boʻladi.
Biror bir aniq jumlani aytolmasa ham chaqaloqda gapirish istagi paydo boʻladi.
SHu
davrda oiladagi kattalar, ota-ona, aka – opalar bolaga qancha koʻp gapirsa,
unda ichki nutq shuncha mukammal shakllanadi. Hatto bu narsa uning kelajakda
nutqining boy boʻlishiga, xarakter xususiyatlarining shakllanishida ijobiy rol
2
Википедия. ru.wikipedia.org…
28
oʻynaydi.
Kattalar tomonidan boʻladigan toʻgʻri muloqot chaqaloqda muloqotga
boʻlgan ehtiyojni shakllantiradi. Bolaning muloqoti reaktiv (passiv)
yoki aktiv
(faol) shaklda boʻladi. Bolaning kattalar bilan qiladigan muloqoti dastlab
kattalarning yuziga va koʻzlariga qarashdan boshlanadi. Bir yarim-ikki oylikda
bola kattalarning jilmayishiga oʻzining kulgusi bilan javob qaytaradi.