19
koʻchishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, manipulyativ muloqotdan mehr-
muhabbat, doʻstlik va oʻzaro bir-biriga bogʻlanish asosida
qurilgan munosabatlar
zarar koʻradi. Manipulyativ muloqotni oʻz muloqotiga asos qilib olgan kishi oxir –
oqibatda uning qurboniga aylanadi. SHaxs «qoliplashtirilgan» hatti-harakatlarga
koʻnikib, yolgʻon motivlar va maqsadlarga ergashib, oʻz hayotiy tayanch ustunini
yoʻqotadi.
Muloqotga «karnegicha» yondashishning ashaddiy tanqidchilaridan biri
E.SHostrom tahkidlaganidek, manipulyatorni xarakterlaydigan asosiy sifatlar:
yolgʻonchilik, tuygʻular siyqalashishi, hayotga qiziqishning yoʻqolishi, zerikish
holati, haddan tashqari oʻz-oʻzini nazorat qilish, oʻziga va boshqalarga ishonchning
yoʻqolishidir [140].
Imperativ va manipulyativ muloqot shakllarini
yaxlit tarzda monologik
muloqotning turli koʻrinishlari sifatida xarakterlash mumkin. Muloqotdagi sherikni
faqat tahsir obhekti sifatida qaraydigan kishi aslida haqiqiy suhbatdoshni koʻra
olmaydi, uni inkor etib, oʻz maqsad va vazifalari yoʻlida oʻz-oʻzi bilan muloqot
qiladi.