Presentation · May 2019 doi: 10. 13140/RG




Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/41
Sana19.11.2023
Hajmi2,01 Mb.
#101377
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
IJTIMOIYPSIXOLOGIYAVAMULOQOT

1.4. Muloqotdagi toʻsiqlar 
Keyingi vaqtlarda shaxslararo muomaladagi psixologik qiyinchiliklar 
muammosi koʻpgina mutaxassislar diqqat ehtiborini oʻziga tortmoqda. SHaxslararo
muomaladagi qiyinchiliklar turli ilmiy adabiyotlarda turlicha xarakteristikalarda 
beriladi, oʻz navbatida muomaladagi qiyinchiliklarni va ularni keltirib chiqaruvchi 
sabablarni klassifikatsiyalashga intilishlar ham ilmiy izlanishlarda xilma-xil
tarzda hal etiladi. Xususan, muomala jarayonidagi toʻsiqlarni G.G. 
Kamardina temperament toʻsigʻi, xarakter toʻsigʻi, xarakter aktsentuatsiyasi 
toʻsigʻi, muomala uslubi toʻsigʻi, salbiy emotsiyalar toʻsigʻi, nutqiy toʻsiqlar kabi 
asosiy turlarga ajratadi [83, B. 48]. 
«Psixologik qiyinchiliklar» deganda sheriklar hamkorligidagi aloqalarning 
buzilishi, muomalaning noxush kechishi va sheriklar (ularning biri yoki ikkalasi 
ham) xulq-atvorga salbiy tahsir etuvchi emotsional noqulaylik, zoʻriqishlarni his 
etishi nazarda tutiladi. «Muomaladagi toʻsiqlar» deganda esa nizolar yoki ularning 
kelib chiqishiga xizmat qiluvchi juda koʻp omillar ehtiborga olinadi. 
Muomala jarayonida vujudga keladigan ziddiyatli vaziyatlardan chiqishni 
bilmaslik, har qanday kishi uchun muomala jarayonida paydo boʻladigan koʻplab 
kundalik qiyinchiliklarni yengib oʻtish, jismoniy va psixik sogʻliqqa putur 
yetkazuvchi emotsional stresslarga olib keladi. Bu holatni psixologlar shaxslararo 
muomaladagi toʻsiqlar, deb atashadi. Muomaladagi toʻsiqlar – bu nizolar paydo 
boʻlishiga imkon yaratuvchi juda koʻp omillardir.
Muomala jarayonida paydo boʻladigan toʻsiqlar muomalaga kirishuvchi 
shaxslarning xoxish maqsadlari va ehtiyojlari bir-biriga mos kelmasligi oqibatida 
yuzaga keladi. 
Insonni asabiylik va jizzakilikka olib keladigan omillardan biri – bu oʻz 
ishiga qiziqishning soʻnishi yoki qiziqishning umuman yoʻqligidir. Oʻz ishiga 
nisbatan negativ munosabat insonda salbiy emotsiyalarni, zoʻriqishni, agressivlikni 
keltirib chiqaradi. 


22 
Qarama-qarshi istaklar kurashi toʻsigʻidan tashqari koʻpincha xarakterlar 
nomutanosibligi toʻsigʻi ham muomala jarayoniga salbiy tahsir etadi. Koʻpincha, 
oilaviy mojarolarda, qoʻshnilar, hamkasblar oʻrtasidagi bir-birini yoqtirmaslik 
holati sababini «xarakterimiz toʻgʻri kelmadi», deb tushuntirishadi.
Yana bir toʻsiq nevroz xastaligi bilan bogʻliqdir. Nevrozning asosiy sababi – 
kuchli emotsional stress, chiqib ketish mumkin boʻlmaydigan psixik jarohatlovchi 
vaziyatdir. Amalda qisqa muddatli nevroz holati hammadayam boʻlishi mumkin. 
Nevrozga duchor boʻlgan kishilarda nizolar tez-tez yuzaga keladi va ular 
chuqurroq va ogʻirroq kechadi. 
Gʻam-qaygʻu oqibatida yuzaga keladigan toʻsiqlar bilan har bir inson 
toʻqnash keladi. Qaygʻu inson ruhiyatini shu darajada zanjirband etadiki, kishining 
boshqa odamlarga diqqat ehtibor qaratishiga umid qilmasa ham boʻladi. Bu holat 
fojeali voqealar, oʻz ahvolidan qoniqmaslik, ogʻir jismoniy his-tuygʻular oqibatida 
yuzaga keladi. Har qanday vaziyatda ham, inson gʻam- qaygʻusining qay 
darajaligidan qathiy nazar uni tinch qoʻyish lozim. Azoblanish doimiy davom 
etmaydi, vaqt hamma narsani davolaydi. 
Gʻazab tufayli paydo boʻladigan muomala toʻsiqlarini yengib oʻtish juda 
qiyin, shuning uchun bunday paytda kishining sabr-toqatini sinash kerak emas. 
CHunki gʻazab jismoniy va psixik energiyani ikki baravar oshiradi va soʻzlarda 
yoki agressiv xatti-harakatlarda bu energiyani «toʻkib-solish» ehtiyojini paydo 
qiladi. 
Hazar qilish, jirkanish bilan bogʻliq boʻlgan toʻsiqlar kundalik hayotda koʻp 
uchraydi. Noxush hidlar, terlaydigan qoʻl, suhbatdoshga yaqinlashish odati (intim 
masofani buzilishi) muomaladagi sherikda jirkanish hissini qoʻzgʻatishi mumkin. 
SHuning uchun gigienaga va oʻzini tutish maneralariga katta ehtibor qaratish 
lozim. 
SHaxslararo munosabatlarda qoʻrquv toʻsigʻi – yengib oʻtish eng qiyin 
boʻlgan toʻsiqlardan biri sanaladi. Qoʻrquv sabablari turlicha boʻlishi mumkin. 
Muomaladagi sherikning qoʻrquv toʻsigʻini yengib oʻtish, ushbu sabablarni qay 
darajada toʻgʻri topishga bogʻliq boʻladi. 


23 
Uyat va ayb toʻsigʻi oʻzining yoki boshqa birovning oʻrinsiz xatti-harakati 
tufayli yuzaga keladi. Uyat hissi kishida koʻpincha tanqid yoki haddan ziyod 
maqtov natijasida paydo boʻladi. Haddan tashqari uyatchan yoki umuman uyatdan 
begona odamlar boʻladi. Uyatga berilmaydigan kishilar oʻzlari uchun psixologik 
himoya usulini ishlab chiqishgan: ular koʻp hollarda hamma shunday xatti-harakat 
qilishi mumkinligiga oʻzlarini ishontirishadi, tanqidni eshitishmaydi, oʻzlarini 
oqlaydigan motivlarni topishadi. Aybni his etishning yuqori va quyi darajalari bir 
xilda odamlar orasidagi psixologik aloqaga ziyon yetkazadi. 
Toʻsiqlarning yana bir guruhi muomala texnikasi va koʻnikmalari bilan 
bogʻliqdir. Gohida muomala usullaridan oʻz gʻarazli maqsadlarida foydalanadigan 
shaxslar uchraydi. Bunday kishilarning xatti-harakatini aniqlashga oʻrganish uchun 
«muomaladagi manipulyatsiya», «pozitsiya», «rol», «niqob» kabi tushunchalar 
mahnosini oʻzlashtirish talab etiladi.
Taniqli psixolog A.A. Dobrovich muomaladagi manipulyatsiyalarni 
tizimlashtirgan. Ularning asosiy mazmuni quyidagilardir: manipulyatsiyadan 
foydalanuvchi shaxslar suhbatdoshning asoslangan ayblovidan qutulish maqsadida, 
har qanday arzimas xatoni «yuzga solishadi», oʻz aybini boshqaga toʻnkaydilar, 
izzat nafsga teguvchi gaplar bilan kishini muvozanatdan chiqarishga, u bilan 
mahlum vaqtga aloqani uzishga harakat qilishadi, topshiriq va majburiyatlarni 
bajarishdan qochish maqsadida oʻzini yomon his etayotganligini bahona qilishadi. 
Rollarni niqoblardan ajrata olish lozim. Niqob suhbatdoshga boʻlgan haqiqiy 
munosabatni va haqiqiy emotsiyalarni yashirishga imkon yaratadigan yuz ifodalari, 
imo – ishora (jest) lar, standart iboralar yigʻindisidir [140, B. 93-132].
Jahon psixologiyasi fanida ehtirof etilganidek, muomala ushbu tarkiblardan 
tashkil topgan boʻladi.
1. Kommunikativ (asosan bir tomonlama) axborot uzatish. 
2. Interaktiv (ikki tomonlama oʻzaro tahsir). 
3. Pertseptiv (oʻzaro bir-birini idrok qilish). 
1. Muomala oʻz ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilaridan oʻzaro 
axborot almashuvni qamrab olgan boʻlib, u kommunikativ jabha sifatida 


24 
tavsiflanishi mumkin. Odamlar bir-birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida 
muomalaning muhim vositalaridan biri hisoblanmish tilga va uning amaliy ifodasi 
bulmish nutq faoliyatiga bevosita murojaat qiladilar. 
2. Muomalaning ikkinchi tomoni muloqotga kirishuvchilarning oʻzaro 
tahsiri, ularning nutq faoliyatida nafaqat soʻz orqali fikr almashinuvi, balki xatti-
harakati va xulq-atvori bilan ham tahsir oʻtkazish hamda tahsirlanishdan iboratdir. 
3. Muomalaning uchinchi tomoni shundan iboratki, bunda muloqotga 
kiruvchilarning (muloqotdoshlarning) oʻzaro bir-birlarini idrok qilish jarayonida 
namoyon boʻladi, insonning inson tomonidan idrok qilishi yuzaga keladi. Bu 
jarayonning eng zarur tomoni unda muloqotga ki’ishuvchi sheriklarning biri aqlli, 
farosatli, tajribali, saviyasi yuqori inson sifatida ikkinchisining ishonchini 
qozonganligi uchun uni idrok qilish juda muhim ekanligi anglanadi yoki bir-
birlarini oldindan u bari bir hech narsani tushunmaydi, uzatilgan axborotni fahmlay 
olmaydi, degan taxminga suyangan ruhiy holat vujudga keladi [33, B. 79 – 174.]. 
Muomalaning har uchala tomonini (jabhasini) birgalikda yaxlit hodisa, 
voqelik sifatida olib qarash natijasida u hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning 
usuli va unda ishtirok etuvchilarning, yahni muloqotdoshlarning oʻzaro 
munosabatlari tariqasida namoyon boʻladi, muayyan tarzda davomiylikka erishadi.
Insoniy munosabatlar shunday oʻzaro tahsir jarayonlariki, unda shaxslararo 
munosabatlar shakllanadi va namoyon boʻladi. Bunday jarayon dastlab odamlar 
oʻrtasida roʻy beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu — quvonchlar 
almashinuvini nazarda tutadi.
Oʻzaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan koʻzlaydigan 
asosiy maqsadlari — oʻzaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Muloqot faoliyati 
shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar 
va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon boʻladi.
Oʻz shakli va turiga koʻra shaxslararo muloqot juda xilma-xildir. Behvosita 
va bilvosita muloqot, verbal ( soʻz orqali) va noverbal (imo-ishora, mimika, hatti-
harakatlar orqali) shakllarga ajratiladi. 


25 
Oʻz vazifasiga koʻra muomala koʻp funktsiyalidir. Muomala funktsiyalaridan 5 
ta asosiysini ajratib koʻrsatish mumkin [140, B. 94-96]. 
1. Muomalaning pragmatik funktsiyasi. Birgalikdagi faoliyat jarayonidagi 
kishilarning oʻzaro hamkorligida amalga oshiriladi. 
2. Muomalaning shakllantiruvchi funktsiyasi. Insonning psixik qiyofasi 
shakllanishi va oʻzgarishi jarayonida yuzaga kelib, oʻzgalar tajribasini qabul qilish, 
oʻzlashtirish, qoʻllashda namoyon boʻladi. 
3. Muomalaning tasdiqlovchi funktsiyasi. Muomala jarayonida inson oʻz-
oʻzini anglash, oʻzligini tasdiqlash imkoniyatiga ega boʻladi. Oʻz mavjudligini, 
qadr-qimmatini tasdiqlash xohishi insonni oʻzgalardan «tayanch nuqtasi» 
qidirishga undaydi. 
4. Muomalaning shaxslararo munosabatlarni tashkil etish va tahminlash 
funktsiyasi. Oʻzga kishilarni idrok etish va ular bilan turli munosabatlarga 
kirishishni amalga oshirish. Har qanday kishi uchun oʻzgalarga baho berish 
mahlum emotsional (ijobiy yoki salbiy) munosabatlarni oʻrnatishda koʻrinadi.
5. Muomalaning shaxs ichki dunyosi bilan bogʻliq funktsiyasi. Kishining 
oʻz-oʻzi bilan (ichki yoki tashqi nutq vositasida, dialog tipida qurilgan) muloqoti 
[55].


26 

Download 2,01 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Presentation · May 2019 doi: 10. 13140/RG

Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish