Ilk bolalik davrida muloqotning ahamiyati: Ilk bolalik davrida nutqning
rivojlanishi ikki xil yoʻl orqali amalga oshiriladi: kattalar nutqini tushunishi hamda
bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali. Bola bilan onaning muloqoti
faqatgina soʻzlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora, pantomimika, ohang va
vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular harakatga signal boʻlib xizmat
qiladi.
Bola 3 yoshgacha atrofidagi narsalarni ushlab koʻrib, ogʻziga solib, ochib
oʻrgansa, unda nutq paydo boʻlgandan keyin bilimlarni egallash jarayoni yanada
tezroq, samaraliroq kecha boshlaydi. Dunyoda qoʻl bilan ushlab boʻlmaydigan,
koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan soʻz va iboralar borki uni faqat “ikkinchi signallar
tizimi” hisoblangan nutq orqaligini tushunish mumkin. (Rus psixolog olimi A.
Pavlovning “ikkinchi signallar tizimi” boʻyicha tadqiqotlarining asosiy mohiyati
shundaki, predmetdan kelayotgan signal “birinchi signal” boʻlsa, soʻz orqali oʻsha
predmetning obrazini tasavvur qilish orqali “ikkinchi signal” yaratiladi. Masalan,
olmani koʻrganda u haqidagi tasavvur ongimizda namoyon boʻlgani kabi, “qip-
qizil olma” degan soʻzlar ham ongimizda xuddi shu tasavvurni paydo qiladi).
Olimlar bu davrni “savollar davri” deb atashadi. Har tomonlama sogʻlom
rivojlanayotgan bola albatta savol berishi lozim. Xoʻsh, savol tugʻiladi: moboda
bola savol bermasa-chi? Mutaxassislar fikricha, agar bola savol bermasa,
tarbiyachilarning oʻzi savol bera boshlashi zarur ekan.
Bola qachon savol beradi? Agar u muammoga, jumboqqa duch kelsa.
Faylasuflardan biri: “bolaning aqliy rivojlanishi savol berish va hayratlanishdan
boshlanadi”, – degan ekan.
Lekin aynan shu joyda tarbiyadagi ikkinchi muammo boshlanadi, yahni
29
savolga javob beruvchi tarbiyachilarning bilim darajasi, saviyasi. Bola savolga
qanchalik aniq, mukammal javob olsa, uning dunyoqarashi shunchalik keng
rivojlanadi. SHuning uchun, ota-ona barcha fanlar yuzasidan toʻlaqonli bilimlarga
ega boʻlishlari lozim. Tarixda oʻtgan buyuk allomalarimiz biografiyasiga ehtibor
qilsangiz, barchalarining onalari oʻqimishli ayollar boʻlganligiga guvoh boʻlasiz.
Alisher Navoiy, Furqat, Muqumiy kabi ulugʻ shoirlarimizning volidalari oʻz
davrlarining oʻqimishli ayollari boʻlganligi sir emas.
SHarqona koʻp tabaqali (ota-ona, bobo-buvi, farzandlar, nevara-chevaralar)
oilalarning oʻziga xos ijobiy xususiyati ham shundaki, bobo-buvilar nevaralar bilan
koʻproq vaqt oʻtqazib, ularning savollariga javob berish koʻproq ularning
zimmasiga tushadi.
Yana bir muammo, bolaning savollariga iloji boricha paysalga solmay,
oʻsha zahotiyoq javob berish zarur. Gohida, millatimizga xos sharm-hayo, andisha
bolaning savollarining javobsiz qolishiga sabab boʻladi. Masalan, avtobusda
ketayotgan yosh ona bolasining bergan savoliga albatta “jim oʻtir, uyat boʻladi”, -
deya javob qaytarishi tabiiy. Lekin aynan shu savol bolaning xayoliga yana qachon
keladi, buni aytish qiyin. Balki buning uchun oylar kerak boʻlar, natijada bola
dunyoqarashi rivojlanishi nisbatan ortga surilishi mumkin.
3 yoshga toʻlganda bola kattalar bilan munosabatlarga bemalol nutq orqali
kirisha oladi. Bu yoshdagi bolalar hamma kiyimini oʻzi kiyishga harakat qiladi.
Oʻz ehtiyojlarini soʻzlar orqali bayon qila oladi. CHunki nutqni toʻla egallaydi.
Bola kattalarning koʻrsatmasiga binoan hatti - harakatlarini toʻgʻri yoʻnaltirishga
oʻrganadi. U kattalarning oʻzaro muloqotini jon qulogʻi bilan eshitadi, tushunishga
harakat qiladi. Bu davrda bolalar ertak, hikoya, shehrlarni eshitishni juda yaxshi
koʻradi. Bu bolaning tashqi olamni bilishiga katta tahsir koʻrsatadi.
Bola ijtimoiylashuv jarayonida turli tahsirlarni (shu jumladan tarbiyaviy
tahsirni) passiv holda holda qabul qilmaydi, balki, sekin-asta ijtimoiy tahsirning
obhektidan uning faol subhektiga aylanib boradi. Bolalik davrida insonning oʻzligi
shakllanadi, oʻzi haqidagi tasavvuriga poydevor qoʻyiladi. Bola oʻzida ehtiyojlar
30
mavjudligi tufayli faollik koʻrsatadi, tarbiyaviy jarayonda ushbu ehtiyojlarni
hisobga olinishi bolada faollikni rivojlanishiga yordam beradi.
Bordi-yu tarbiyachilar oʻz «tarbiyaviy faoliyatlarini» amalga oshirishlari
uchun bola faolligini cheklashga harakat qilib, uni doimo «tinch oʻtirish»ga majbur
qilsalar, bu bilan ular har tomonlama yetuk, uygʻun tarzda rivojlangan shaxsni
emas, balki ijtimoiy moslashuvga qobiliyatsiz, nochor va passiv shaxsni
shakllantirishga muvoffaq boʻladilar.
Bola faolligining doimiy boʻgʻilishi natijasida u ijtimoiy munosabatlarga
moslasha olmaydigan, asabiy boʻlib shakllanadi yoki (mahlum individual
xususiyatlarga, masalan, kuchli asab tizimi tipiga ega boʻlganda) faollik turli
muqobil yoʻllar orqali yuzaga chiqadi(masalan, nima man etilgan boʻlsa, shuni
yashirin amalga oshirishga harakat qiladi).
Bola ulgʻayar ekan, maktabda unga singdirilayotgan baho mehzonlari
(jamiyatda qabul qilingan normalar, qoidalar) koʻchada oʻrtoqlari bilan muomalada
qabul qilingan baho mehzonlaridan keskin farq qilsa, bu uning shaxsiyatida ichki
ziddiyatlar paydo boʻlishiga olib keladi.
Ota-ona va bolalar munosabati oʻzaro muloqot asosida quriladi. SHaxs
rivojlanishining dastlabki, bosqichida odatda, oilaning tahsiri gʻoyatda kuchli
boʻladi. Xalqimiz tomonidan yaratilgan «Qush uyasida koʻrganini qiladi», degan
maqolning zamirida chuqur mahno yotadi. CHunki, bola ijtimoiy rol mehyorlarini
aynan ota-onasini kuzatish, ularga taqlid qilish orqali oʻzlashtira boradi. Ota-ona
xulq-atvori bolaning atrof olamga boʻlgan munosabatini belgilab beradi.
Kichik
yoshdagi
bolalar
bilan
boʻlgan muloqotda uchraydigan
kamchiliklardan yana biri, bolaning kattalar tiliga emas, balki kattalarning bola
tiliga taqlid qilishidir. Ayrim ota – onalar ataylab tillarini chuchitib, bola nutqiga
moslashadi. Bu narsa bolalar nutqida turli defektlar paydo boʻlishiga olib kelishi
mumkin.
3 yoshli bolalarda birinchi “inqiroz” davri boshlanadi. Bunda bola oʻz
“men”ligini oilada tasdiqlashi zarur. Bu davrda bolalarda «hamma ishni oʻzim
qilaman», “men oʻzim”, - degan tushunchalar shakllanadi. Ular qaysar, injiq boʻlib
31
qoladilar. Ota-onalar bu yoshdagi bolalarga tarbiya berishda undagi bu
xususiyatlarni hisobga olishlari lozim.
3 yoshdan soʻng bolalardagi inqiroz davri sekinlashib qoladi. Bolaning
kattalar bilan boʻladigan muloqotlari mehyorlashadi. Bola bu yoshda ota-onaning
diqqat markazida boʻlmaydi, uning fikricha ota-onasi unga ehtibor bermay
qoʻyishyapti. Haqiqatda esa bola ancha mustaqil boʻlib qolgani uchun onasi undan
koʻngli toʻlib, kamroq ehtibor beradi, bu esa bolaga yoqmaydi. SHuning uchun
ota-ona bu davrdagi bolalarga ehtiborliroq boʻlishlari lozim.
Bolalarning yetakchi faoliyati maktabgacha davrda oʻyin boʻlib hisoblanadi.
Kattalar oʻyinchoqlar tilidan bola bilan muloqotda boʻlishlari muhim ahamiyatga
ega. 9 oylik bolalarga endi oʻyinchoqdan tashqari qogʻoz, qalam ham berish kerak.
SHunda bola yozma nutqning rasmlar chizish elementlarini shakllantirish mumkin
boʻladi.
Xalqaro tajriba almashish doirasida amalga oshirilgan Koreya davlatiga
tashrif boʻyicha delegatsiya qatnashchilari tahsurotlari bilan oʻrtoqlashishganida
Koreyada kichik yoshdagi bolalarning dars mashgʻulotlarida rasm darslarini
koʻproq qoʻyilar ekan. Buning sababi soʻralganda maqsad faqat bolada estetik
didni shakllantirishgina emas, balki, ularda sabr-toqatni, berilgan ishni oxirigacha
yetkazish kabi irodaviy sifatlarni shakllantirish ekanligini tahkidlashgan. SHuning
uchun, insondan qunt, sabr-toqat talab etadigan mashgʻulotlar, tasviriy sanhat,
musiqa kabi sohalarga balalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega.
Oʻyin orqali bolalarda sezgi, idrok, xotira, fikrlash, fantaziya kabi ruhiy
jarayonlar, shuningdek, harakter hislatlari, qobiliyat turlari, temperament (mijoz)
tiplari rivojlanadi. Bolalarning nutqini, muloqotini rivojlantirishda kattalar muhim
rol oʻynaydilar.
Bu davrdagi bolalar oʻyini ham oʻziga xos boʻladi. Bolalar oʻyinda turli
rollarni oʻynaydilar. Oʻyin qoidalariga rioya qila boshlaydilar. Muloqot shakllari
bola hali guruh boʻlib oʻynamasidan avval, yahni oʻz- oʻzi bilan oʻynaganidayoq
shakllanadi. Bu davrda bola oʻyin oʻynaganida koʻproq oʻzining hatti-harakatlariga
ehtibor beradi. Oʻzaro munosabatlar orqali bola boshqa bola bilan muloqotga
32
kirisha boshlaydi. 4 yoshli bolalar esa koʻproq boshqa bolalar bilan muloqotda
boʻlishga harakat qiladilar. Bu bosqichda bolalar bir-birlari bilan oʻyinchoqlarini
almashtiradilar, bir-birlariga yordam bera boshlaydilar. Hamqorlikda oʻynaladigan
oʻyinda bolalar bir-birlarini tushunishga, bir-birlariga yordam berishga
oʻrganadilar. Endi bola oʻzi oʻynamasdan boshqa bolalar bilan oʻynashga harakat
qiladi. Oʻyin oʻynaganda bolalar koʻpincha boshliq boʻlishga harakat qiladilar.
Kim oʻyinni tashkil qilsa u doimo boshliq boʻlgisi keladi. SHunda konflikt
(nizolar) kelib chiqadi. Oʻyindan qoniqmagan bola “men oʻynamayman, sen
bilan,”- deb noroziligini bildiradi. Kichik va oʻrta maktabgacha yoshdagi bolalarda
soʻz boyliklari oʻyin faoliyati orqali ortib boradi. Mashgʻulotlar orqali bolalarda
nutq rivojlanib boradi. CHunki mashgʻulotlarda bolalar shehr yodlaydilar, ertaklar
eshitadilar. Oʻyin vaziyati bolalarda nutq munosabatlarini rivojlantiradi.
|