37
II-bob.
MUOMALA VA FAOLIYaT
38
2.1. Muomala psixologiya kategoriyalaridan biri sifatida
Muomala – bu birgalikdagi faoliyat ehtiyojidan kelib chiqadigan odamlar
orasidagi aloqalar rivojlanishining koʻpqirrali jarayonidir [113].
Hozirgi davrda shaxslararo muomalaning kishilar turmush tarzining zaruriy
sharti ekanligini isbotlashning hojati yoʻq. CHunki shaxslararo muomalasiz
insonda nafaqat biror – bir psixik funktsiya yoki psixik jarayonning, balki
shaxsning butun psixik xususiyatlarining toʻlaqonli shakllanishi mumkin
boʻlmagan boʻlardi.
Muomala psixologiya fanining asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u oʻz
ichiga shaxslararo munosabatlarning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Muomala kategoriyasi keng mahnoda tushunilganda, hamkorlik faoliyatining
jumla ichki aloqasini mujassamlashtiradi va oʻzaro tahsirlar, oʻzaro
munosabatlarni aks ettiradi.
Muhim kategoriyalardan yana biri muloqot psixologiyasidir. Aynan «Men –
Sen», «Men – Biz», «Biz – Ular» formulalari asosida kechadigan muloqot
jarayonida shaxsning xususiyatlari, holati va xarakteri namoyon boʻladi. Samarali,
ishchan muloqotni yuqori darajada tahminlash uchun kishilar chuqur psixologik
bilimlarga asoslangan zamonaviy muomala texnologiyalaridan foydalanishni
oʻzlashtirishlari lozimdir.
Muloqot jarayonida sheriklar orasida, masalan, oʻzaro munosabatga
kirishuvchi tomonlardan birining shaxsiy mavqeiga nisbatan hurmatsiz munosabat
tufayli turli qarama – qarshiliklar va hatto jiddiy ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin.
Yoki u yoki bu axborotni uzaatish jarayonida soʻzdan ehtiyotsizlik, noʻnoqlik bilan
foydalanish oqibatida axborotlarda muhim darajadagi yoʻqotishlarga yoʻl qoʻyilishi
xizmat vazifalarini bajarishda jiddiy xatoliklarning kelib chiqishiga sabab boʻladi.
Yuqoridagi holatlar paydo boʻlmasligi uchun maxsus muloqot texnologiyalaridan
foydalanishni oʻrganish talab etiladi.
Muloqot psixologiyasida qoʻllaniladigan kategoriyalardan yana biri mehnat
guruhi psixologiyasidir.
39
Bugungi kunda kooperatsiyalarsiz, yahni bir necha yoki koʻplab kishilarning
xatti-harakatlarini umumlashtirmasdan, uyushtirmasdan turib, ishchan faollik
haqida gapirish mumkin emas. Oʻz navbatida samarali kooperatsiya mehnat
jarayoni qatnashchilarining barchasi uchun umumiy boʻlgan xatti-harakat va xulq-
atvor qoidalarini qabul qilinishini taqozo etadi. SHuning uchun har qanday
guruhning shakllanishi jarayonida guruhiy maqsadlar, ehtiyojlar, manfaatlar,
guruhiy normalar, guruhiy ong, axloqiy psixologik hodisalarga ehtiyoj tugʻiladi.
Insoniy faollikning ajralmas sifatlaridan yana biri uyushganlik va tartiblilikdir.
Faollikni tartibga soluvchi axloqiy qoidalar va mehyorlar inson hayotini, uning
farovonligini saqlash va tahminlashga yoʻnaltirilgandir.
Axloqiy – etik mehyorlar inson faolligining barcha shakllarini qamrab oladi,
ular universaldir, ammo har bir sohada ushbu yozilmagan qonunlar oʻziga xos
xususiyat kasb etadi. Bunday qoidalar toʻplami odatda professional etika deb
ataladi. Azaldan tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar va boshqa kasb egalari uchun
axloqiy qoidalar toʻplami mavjud.
Professional etikaning muhim shakllaridan birini muloqot etikasi tashkil etadi,
chunki, uning zamiridagi bosh omil inson omilidir.
SHaxslararo munosabatlardagi egoizm nafaqat munosabatlarga ziyon
yetkazadi, balki ularni butunlay izdan chiqaradi. SHuning uchun munosabatlarni
doimiy ichki nazorat muxanizmi vositasida axloqiy – etik mehyorlar asosida qurish
muhimdir. Ishchan muloqot etikasi oxir – oqibatda oʻzaro hamkorlikka sharoit
yaratuvchi sheriklarning axloqiy qoidalar va mehyorlarga mos xatti-harakatlariga
asoslanishi kerak.
Bu qoida va mehyorlarning mahno mohiyati – oʻzaro ishonchni
mustahkamlash, oʻz harakat va maqsadlaridan muloqotdagi sherikni doimiy
xabardor qilish, muloqotdagi sherikni aldash hamda chalgʻitishga umuman yoʻl
qoʻymaslikdan iboratdir [117].
Kishilarning ijtimoiy munosabatlari va ularning shaxslararo munosabatlari,
ushbu munosabatlar tizimida muloqotning oʻrni, muloqot strukturasi tahlili, uning
40
kommunikativ, interaktiv va pertseptiv tomonlari muammolarining chuqur tahlili
G.M. Andreevaning ishlarida ochib beriladi [33, 34].
Muomala va oʻzaro hamkorlik faoliyatining bir – biri bilan bogʻliqligi
boʻyicha fundamental ijtimoiy – psixologik tadqiqotlar MDU bilan chex
psixologlari hamkorligida amalga oshirilgan.
Muomala va faoliyat oʻzaro bogʻliqligi tadqiqotining mantiqini bayon qilar
ekanlar, G.M.Andreeva va Ya.Yanoushek shuni tahkidlaydilarki, birinchi
bosqichda asosiy diqqat muomalaning oʻzaro hamkorlik faoliyati bilan
determinatsiyasi qonuniyatlarini aniqlashga qaratildi, yahni muomalaning oʻzaro
hamkorlikning bir qator xarakteristikalari bilan shartlanganligi isbotlandi. Mazkur
tadqiqotlardayoq muomalaning barcha xarakteristikalari ham oʻzaro hamkorlik
rivojlanishi darajasi va mazmuni bilan bogʻliq emasligi mahlum boʻldi. Bundan
tashqari, oʻzaro hamkorlikdagi faoliyat vositasida tugʻilgan muomala koʻpincha
mazkur faoliyat rivojlanishida muhim rol oʻynay boshlaydi. SHuning uchun
keyingi bosqichlarda muomala qanday qilib, qay darajada, qaysi shakllarda va
qaysi elementlari orqali oʻzaro faoliyat rivojiga va uni takomillashuviga tahsir
etishiga asosiy ehtibor qaratildi. G.M. Andreeva i Ya. Yanoushek muomalaning
oʻzaro hamkorlikka tahsiri tadqiqotining bir qator yoʻnalishlarini belgilab
berishadi.
Birinchi yoʻnalish muomalaning kommunikativ, interaktiv va pertseptiv
jarayonlarining hamkorlikdagi faoliyatga va insonlar orasidagi munosabatlariga
tahsirini tadqiq etish.
Muomalaning oʻzaro faoliyatga tahsiri tahlilining boshqa bir yoʻnalishi
muomalaning kommunikativ, interaktiv va pertseptiv jarayonlarining oʻzaro
hamkorlik subhekti sifatidagi guruh va jamoa rivojlanishi darajasiga tahsirini
aniqlashdan iboratdir. SHunga koʻra, tadqiqotning mazkur yoʻnalishi A.V.
Petrovskiyning
guruhdagi
shaxslararo
munosabatlarning
faoliyat
bilan
shartlanganligi kontseptsiyasi va gʻoyasi bilan bogʻliqligi tahkidlanadi.
Uchinchi yoʻnalish oʻzaro faoliyat va muomala tizimida shaxsni oʻrganishga
qaratiladi, shu oʻrinda oʻzaro hamkorlikdagi faoliyat sharoitida shaxsning
41
shakllanishi va undagi oʻzgarishlar tadqiqi shaxs kategoriyasini ilmiy tushunishda
asosiy kalit vazifasini oʻtashi tahkidlanadi [34, B. 7-19].
G.M. Andreevaning fikriga koʻra, muomalaning eng muhim birligi muloqot
sanalib, motivatsiyada motiv qanchalik ahamiyat kasb etsa, u ham muomalada
xuddi shunday muhim rol uynaydi. Muomala hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan
vujudga keluvchi, shaxslararo muloqot rivojining koʻp qirrali jarayonidir.
Har qanday axborot faqat belgilar, aniqrogʻi belgilar tizimlari orqali berilishi
mumkin. Kommunikativ jarayonda foydalaniladigan bir qancha belgilar tizimi
mavjud boʻlib, ularga mos tarzda muloqot jarayonida foydalaniladigan vositalarni
tasniflash mumkin.
Belgilar tizimi sifatida nutqdan foydalanadigan nutqiy va turli nutqsiz belgilar
tizimidan foydalanadigan nutqsiz muloqot vositalari farqlanadi.
|