43
Taqlid qilish, deb ongli va ongsiz ravishda namunadan nusxa olishga aytiladi.
U guruh, jamoani tashkil etuvchi odamlarning xatti-harakatiga xos bir xil usullarni
ishlab chiqish imkonini beradi.
SHaxslararo idrok etishning effektlaridan biri – boshqa shaxs haqidagi
umumiy tasavvurning uning shaxsiga xos xususiy xislatlarni idrok etish va
baholash tahsirida namoyon boʻladigan «oreol effekti» dir. Agar umumiy tasavvur
yaxshi boʻlsa, uning ijobiy
xislatlari ortiqcha baholanadi, salbiy xislatlari esa
sezilmaydi va aksincha. Boshqa effekt – «izchillik effekti» boʻlib, u mahlumotlar
ziddiyatli boʻlgan taqdirda inson qiyofasini va u toʻgʻrisidagi tasavvurni
shakllantirishga birinchi navbatda kelib tushgan mahlumotlar eng koʻp tahsir
etishida namoyon boʻladi. Agar bu tanish odamga daxldor boʻlsa, aksincha, eng
oxirgilari koʻp tahsir koʻrsatadi.
«Stereotiplashtirish (qoliplashtirish) effekti» idrok etilayotgan kishini
muayyan ijtimoiy guruhga xos xislatlar unga ham
xos deb qarashda namoyon
boʻladi. Har birimizda muayyan ijtimoiy stereotiplar – oʻqituvchi, harbiy kishi,
jinoyatchi kabi guruhlarning stereotiplari mavjud. Muayyan guruhning vakiliga
duch kelganda, biz oldindan unga ushbu guruh vakillari boʻlgan kishilarga xos
muayyan xislatlarni unga ham xos deb qabul qilamiz. Koʻpincha bunday
stereotipdan xalos boʻlish juda qiyin boʻladi [82].
Ijtimoiy idrok etish effektlari ijtimoiy mayl bilan chambarchas bogʻliq, uning
paydo boʻlishiga olib keladi. Ijtimoiy maylning oʻzi insonning boshqa odamni
idrok etishga ruhan tayyor boʻlishi sifatida tahriflanishi mumkin.
Notanish kishi
haqida taassurotning shakllanishida maylning ahamiyati ayniqsa katta A.A.
Bodalevning ushbu holda ijtimoiy maylning ahamiyatini ochib bergan
eksprimentlari yaxshi mahlum.
Eksprimentlardan birida ikki guruh odamlarga aynan bir kishining surati
koʻrsatilgan. Ammo suratni koʻrsatishdan avval birinchi guruhga suratdagi
kishining ashaddiy jinoyatchi ekanligi, ikkinchi guruhga esa bu shaxsning katta
olim ekanligi aytilgan. SHundan soʻng har bir guruhga fotosuratdagi kishini
ogʻzaki portretini tasvirlab berish soʻralgan. Birinchi
guruh uni quyidagicha
44
tahriflagan: «chuqur koʻzlari yashirin yovuzligidan darak beradi, boʻrtib chiqqan
engagi – jinoyatni «oxiriga yetkazishga» qaror qilganidan darak beradi» va hakazo.
Tegishlicha, ikkinchi guruhda aynan oʻsha chuqur joylashgan koʻzlar tafakkurning
teranligidan, boʻrtib chiqqan engak esa qiyinchiliklarni yengishdagi iroda kuchidan
darak beradi deb, baholangan [51].
Nutq – bu verbal kommunikatsiyadir. Verbal kommunikatsiyada inson nutqi
belgilar tizimi sifatida qoʻllaniladi. Nutq inson tomonidan qoʻllaniladigan tovush
signallari yoki yozma belgilardan iborat boʻlib, ular orqali muloqotdan olingan
mahlumot qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi. Bu jarayon til orqali amalga
oshiriladi. Til soʻz belgilar tizimi boʻlib, u muloqot
jarayonida psixik faoliyat
mahsuli boʻlib yuzaga keladi.
Mahlumki, nutqning oʻziga xos tashqi, ichki, ogʻzaki va yozma turlari
mavjuddir. Ogʻzaki nutq oʻz navbatida dialog, monolog va polilog tarzida amalga
oshirilishi mumkin.
Monologik nutq shaxsning qarashlari, fikrlari va bilimlari haqida batafsil
axborot beruvchi nutq turidir.
Monologik nutq koʻpincha oldindan tayyorlanadi,
aniq tizimga va mazmunga ega boʻladi.
Etarli soʻz boyligiga ega boʻlmagan kishi oʻz fikrlarini mufassal va mantiqli
bayon etishga qiynaladi. Xalqimizda shunday ibratli ibora bor: «Inson aqlu farosati
uning nutqining aniqligida namoyon boʻladi».
Nutq kasbiy muloqotning muhim vositasidir. Til nutq va tafakkur kishilar
faoliyatida ularning oʻzaro muloqoti jarayoni bilan uzviy bogʻliqdir.