• Individual tahsir etish.
  • 3.1. Noverbal nutqiy kommunikativ vositalarning oʻrganilish tarixi
  • Muloqotdagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar




    Download 2,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/41
    Sana19.11.2023
    Hajmi2,01 Mb.
    #101377
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
    Bog'liq
    IJTIMOIYPSIXOLOGIYAVAMULOQOT

    Muloqotdagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar. 
    Odamlar bilan psixologik aloqani yoʻlga qoʻyishda muloqotdagi quyidagi 
    toʻsiqlarga ehtibor berish va ularni bartaraf etishga qaratilgan zarur choralarni 
    koʻrish kerak: boʻlgʻusi muloqotga salbiy munosabat; muloqotning rivojlanishini 
    qiyinlashtiruvchi, bunga yoʻl qoʻymaydigan ruhiy holatning mavjudligi; begona 
    shaxslarning aralashuvi va boshqalar. Barcha toʻsiqlarni yoʻqotish – psixologik 
    aloqa oʻrnatishning zarur bosqichidir. 
    Individual tahsir etish. Kishi psixologik aloqa oʻrnatishni hamsuhbat 
    shaxsiga individual tahsir koʻrsatish bilan yakunlashi kerak. Hamsuhbatning oʻzi 
    buni kutadi. Ushbu tahsirning maqsadi – undan ishonchli axborot olish. Bunda 
    kelajakdagi ishonchli munosabatlarning qandaydir umumiy normalari ishlab 
    chiqilishi mumkin. 
    Kommunikatsiya jarayonida odamlar haqida axborot olish, ularga baho 
    berishda verbal kommunikatsiya – soʻz, ogʻzaki va yozma nutq keng qoʻllaniladi, 
    ammo olimlarning tahkidlashlaricha noverbal belgilar – mimika, vizual aloqa (koʻz 
    kontakti), muomalaning masofa va vaqt oʻlchamlari, jestlar, tana harakatlarini 
    oʻqiy olish samarali muloqotning muhim shartidir [55].


    49 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    III bob. 
     
    SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA NOVERBAL NUTQIY 
    KOMMUNIKATIV VOSITALARNING AHAMIYaTI 


    50 
    3.1. Noverbal nutqiy kommunikativ vositalarning
    oʻrganilish tarixi 
    Noverbal nutqiy kommunikativ vositalar (tana holatlari va jestlar, tashqi 
    koʻrinish, mimika, yuz ifodasi) ning insoniy muloqot jarayonidagi roliga olimlar 
    azaldan qiziqib kelganlar. 2000 yil avval TSitseron notiqlarni jestlardan toʻgʻri 
    foydalanishga oʻrgatgan. Jestlar boʻyicha birinchi lugʻat Rim notigʻi Kvintalianga 
    tegishli. Djon Bolivarning 1664 yilda yozilgan, imo-ishoralar tiliga bagʻishlangan 
    «Xirologiya yoki imo-ishoralar tili» va «Xiromaniya yoki qoʻl ritorikasi sanhati» 
    nomli asarlari insonning mahnoli imo-ishoralarini oʻrganish borasida yangi qadam 
    boʻldi. CHarlg’z Darvinning «Inson va hayvonlar tomonidan emotsiyalarning 
    ifodalanishi» nomli shu mavzuga bagʻishlangan asari 1872 yilda chop etilgan. 
    XX asrda D. Efron, CH. Morris, M. Krichli, Dj. Fast, A. Piz, T. Bryun, R. 
    Berdvistelg’ va boshqalar tomonidan jestlar haqida oʻnlab yirik ishlar chop etildi.
    Rossiyada kommunikativ harakatlarning oʻrganilishi 60 –yillardan 
    boshlandi. B. Uspenskiy va T. Nikolaevalar, O. Axmatova, I. Gorelova, L. 
    Kapnadze, Ye. Krasilg’nikova, G. Olshanskiy, G. Kovaleva, V. Labunskaya, A. 
    Leontev, Ye. Petrova va boshqalar noverbal kommunikativ vositalarni oʻrganish 
    boʻyicha turli yoʻnalishlarda ish olib borishgan. 
    Noverbal kommunikatsiyalarga – belgilarning optik –kinetik tizimi kirib, 
    ularga mimika (yuz harakatlari) va pantomimika (qoʻl-oyoq, tana harakatlari) 
    kiradi. 
    Mimika – inson yuz harakatlarini bir qismi boʻlib, u orqali insonning oʻylari, 
    emotsional holati namoyon boʻladi. Yunoncha mimikos – «taqlid etuvchi»
    mahnosini anglatadi. CHunki kishining emotsional holatiga taqlidan yuz
    muskullarining qisqarishi yuz ifodasini oʻzgartiradi va insonning holati haqida 
    darak beradi.
    Pantomimika – inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan 
    harakatlar tizimidir.
    Jestlar - qoʻl harakatlari boʻlib, u orqali insonning ichki holati, biror bir 
    obhektga munosabati anglanadi. U yoki bu xalqlarda jestlar turlicha qabul qilinadi. 


    51 
    Italiyaliklar va frantsuzlar oʻz muloqotlarini jestlarsiz tasavvur eta olmaydilar. 
    Oʻzbek xalqida nutqda jestlardan koʻp foydalanish yaxshi odat sifatida qabul 
    qilinmaydi. 
    Verbal kommunikatsiya muomala jarayonida odamlar haqida axborot olish, 
    ularga 
    baho 
    berishda 
    asosiy 
    vositalardan 
    biridir, 
    ammo 
    olimlarning 
    tahkidlashlaricha noverbal belgilar – mimika, vizual aloqa (koʻz kontakti), 
    muomalaning masofa va vaqt oʻlchamlari, jestlar, tana harakatlarini oʻqiy olish 
    samarali muloqotning muhim shartidir.
    Nima sababdan, noverbal axborotlar muomalada bunchalik muhim oʻrin 
    tutadi? 
    1. Inson 70% axborotni vizual – koʻrish kanali orqali qabul qiladi; 
    2. Noverbal hatti –harakatlar suhbatdoshning haqiqiy his-tuygʻularini 
    tushunishga imkon yaratadi. 
    3. Inson haqidagi ilk taassurot noverbal omillar – yurish, yuz ifodasi, 
    qarash, oʻzini tutish manerasi, kiyinish va boshqalar orqali hosil boʻladi.
    Muloqotning noverbal vositalari quyidagilarga xizmat qiladi:
    1) psixologik aloqani tashkil etish va uni tahminlash, muomala jarayonini 
    tartibga solishga; 
    2) soʻz matniga yangi mahno boʻyoqlarini berish, mahnoni kerakli 
    yoʻnalishga qaratilishiga; 
    3) emotsiyalarni, bahoni, qabul qilingan rolni, vaziyat mahnosini aks 
    ettirishga yordam beradi [140]. 
    Noverbal vositalarga har bir madaniyat oʻz izini qoldiradi, shuning uchun 
    butun insoniyat uchun umumiy boʻlgan mehyorlar yoʻq. Boshqa mamlakatlarning 
    tilini oʻrgangan kabi uning noverbal tilini oʻrganish ham zarurdir. 
    Noverbal signallarning qimmati shundaki, ular beixtiyor, ongsiz ravishda 
    yuzaga keladi va soʻzdan farqli oʻlaroq, doimo haqiqiy tuygʻularni aks ettiradi. 
    Eksprimental tadqiqotlar orqali muomala jarayonida noverbal signallarning 
    ahamiyati tadqiqi shuni koʻrsatdiki, biz muomalada gʻoyat katta oʻrin beradigan 


    52 
    soʻzlar faqat 7 foiz mahnoni, tovush va intonatsiya 38 foiz, tana harakati va jestlar 
    esa 55 foiz mahnoni yetkazadi.
    Noverbal xatti- harakatlar milliy va madaniy asosga ega. Har bir millat, 
    mamlakat kishilari oʻz madaniy, milliy xususiyatlariga mos ravishda yurish turish, 
    turli imo - ishoralar, tana harakatlari mimikalardan iborat boʻlgan noverbal hatti- 
    harakatlar tizimiga egadir. Birgina keng tarqalgan qoʻl berib soʻrashish jestini har 
    xil millat vakillari turli xilda qabul qilishadi. Masalan, Rossiyada guruhdagi bitta 
    odam bilan alohida qoʻl berib soʻrashish mumkin boʻlsa, Bolgariyada butun guruh 
    bilan soʻrashib chiqishga toʻgʻri keladi. Frantsiya va Italiyada uzatilgan qoʻlingizni 
    albatta siqishadi, Angliyada esa choʻzilgan qoʻlingiz havoda muallaq qolib ketishi 
    mumkin. Afrika va Yaqin SHarq xalqlarida suhbatdoshga tegib gaplashish 
    muloqotning zarur sharti boʻlib hisoblansa, yapon madaniyati muomalada bevosita 
    yaqin aloqani maqbul koʻrmaydi. SHuni ehtiborga olish lozimki, har qanday 
    mamlakatda shoshqaloqlik bilan qoʻl uzatish mahqullanmaydi [65].
    Muomalaning noverbal vositalari quyidagilarga xizmat qiladi:
    3
    1. Psixologik aloqani tashkil etish va uni tahminlash, muomala jarayonini 
    tartibga solishga; 
    2. Soʻz matniga yangi mahno boʻyoqlarini berish, mahnoni kerakli 
    yoʻnalishga qaratilishiga; 
    3. Emotsiyalarni, bahoni, qabul qilingan rolni, vaziyat mahnosini aks 
    ettirishga yordam berish. 
    3
    Шевандрин Н.И. Социалная психология в образовании: Учеб. Пособие. Ч. 1. Концептуальные и 
    прикладные основы социальной психологии. – М.: Владос,1995. с.: 


    53 

    Download 2,01 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




    Download 2,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muloqotdagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar

    Download 2,01 Mb.
    Pdf ko'rish