33
holati, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti, oʻqituvchi va maktabning tayѐrgarlik
darajasi kabi qator omillarga bogʻliq
boʻladi.
1-sinf oʻquvchilari bilan muomala uslubini oʻqituvchi
bolalar xulq-
atvoridagi oʻziga xos jihatlar, uning oʻz tengdoshlari va kattalar bilan oʻzaro
muloqotga kirisha olish malakalariga qarab tanlaydi. 1-sinf oʻquvchilari orasida
jamoa bilan muloqot qilish jaraѐnida turli darajadagi qiyinchiliklarni his qiladigan
oʻquvchilar bor: gipermuloqotchan (sergap) bolalar; sinf-dars holatidan
qoʻrqadigan bolalar; javob berishga uyaladigan,
shuning uchun hech narsani
bilmaydigan yoki quloq solmayotgan oʻquvchi boʻlib koʻrinadigan bolalar.
Ularning har biriga nisbatan oʻqituvchi sabr-toqat va xayrixohlik bilan turli xilda
yondashishi kerak boʻladi.
Oʻqituvchining 1-sinf oʻquvchilari bilan avtoritar uslubda ish olib borishiga
yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. 1-sinf bolasi uchun oʻqituvchining unga nisbatan
mehribonlik bilan ijobiy munosabatda boʻlishi oʻta muhimdir. Oʻqituvchining
bolaga munosabati faqat uning aniq muvaffaqiyati evaziga boʻlmasligi kerak.
Boshlangʻich tahlim oʻquvchini maktabda oʻqishi uchun zarur boʻlgan tashkiliy
koʻnikma va malakalar bilan qurollantirishni nazarda tutadi.
Bolalar nutqining oʻsishida ularning maktabda oʻqishi katta rol oʻynaydi.
Bola maktabgacha yoshda oʻylamasdan gapiradi,
maktabda esa bola
gaplashayotgan til oʻqitiladigan va oʻrganiladigan ilm boʻlib qoladi.
Grammatikani oʻqib oʻrganish jarayonida bola nutqining fonetik jihati
toʻgʻri boʻlib boradi, nutqning sintaksis tuzilishi takomillashadi. Maktabda
oʻqitilayotgan hamma fanlarni oʻrganish jarayonida oʻquvchi nutqining lugʻati
boyiydi, soʻzlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi. Bolalarning yozma
nutqni egallashlari ular nutqining oʻsishida muhim bosqich boʻladi. Bola oʻz
fikrlarini yozma nutqda bayon qilishga harakat qiladi. Oʻquvchi oʻqituvchining
topshirigʻiga binoan yozma ishlar bajarayotganda oʻzining shu ishiga baho
berilishini, oʻz fikrining qanday til bilan bayon qilinganiga qarab
baho berilishini
oldindan bilib turadi. Oʻquvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida
34
shu topshiriqni oʻziga - oʻzi gapirib berishni mashq qilib turishi oʻquvchi nutqining
oʻsishiga katta tahsir qiladi. Bolalar nutqining oʻsishida oʻqituvchining nutqi katta
rolg’ oʻynaydi, chunki uning nutqi oʻquvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi.
SHuning uchun oʻqituvchi oʻz nutqini takomillashtirish ustida ishlashi kerak.
Maktabda bolalarda eng avvalo faol ishlatiladigan soʻzlarning miqdori oshadi.
Yozma nutqni, oʻqish va yozishni oʻzlashtirish oʻquvchi hayotida hosil qilingan
malaka hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tovushlarni bir-biriga qushish
orqali soʻz tuzish malakasini egallab olgach, bahzida matn mazmunini notoʻgʻri
tushunadilar. Unga oʻquvchilarning soʻz boyligining kamligi yoki asosiy fikrni
ajrata bilmasligi sabab boʻladi. SHu munosabat bilan oʻqituvchi
oldida bolalarda
lugʻat boyligini oshirish va ularni oʻqigan narsalari yuzasidan mustaqil reja
tuzishga barvaqtroq oʻrgatish vazifasi turadi. Yozuv darslarida bola harf va
soʻzlarni yozishda katta qiyinchiliqka duch keladi. Dastlab bola butun ehtiborini
yozish texnikasiga va oʻtirish qoidasiga rioya qilishga qaratadi. Avval bolaning
yozma nutqi uning ogʻzaki nutqi orqali belgilanadi, yahni u soʻzni qanday talaffuz
etsa shunday yozadi. Bu davrda bola bilan ovoz chiqarib aytish boʻyicha
muntazam
mashqlar
oʻtkazish uning imlo
qoidalarini muvaffaqiyatli
oʻzlashtirishida katta ahamiyatga ega. Yozma nutqda imo-ishora, ohangdan
foydanilmaydi, bolalarning yozma nutqlari ularning ogʻzaki nutqiga qaraganda
ancha boʻsh boʻladi. Bolalar nutqi kattalar nutqi tahsirida oʻsadi. SHuning uchun
pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab ogʻzaki
va yozma nutqni
oʻstirish bilan birga nutq madaniyatini ham oʻrgatib borishlari zarur.