1.3. Muloqot bosqichlari va turlari
Muloqot jarayoni oʻziga xos ravishda murakkab boʻlib, bunda uch xil
bosqich mavjud.
Dastlabki bosqich — odamning oʻz-oʻzi bilan muloqotidir. T.SHibutani
“Ijtimoiy psixologiya" darsligida: «Agar odam ozgina boʻlsa ham oʻzini anglasa,
demak, u oʻz-oʻziga koʻrsatmalar bera oladi»— deb toʻgʻri yozgan edi. Odamning
oʻz-oʻzi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va
hajmini belgilaydi. Agar odam oʻz-oʻzi bilan muloqot qilishni odat qilib olib,
doimo jamiyatdan oʻzini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan
suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish
mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot— muloqotning ikkinchi bosqichidir.
A. N. Leontg’ev oʻzining “Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida
muloqotning uchinchi shakli—avlodlar oʻrtasidagi muloqotning ahamiyati
toʻgʻrisida shunday deb yozadi: «Agar barcha katta avlod oʻlib ketganida, insoniyat
turi yoʻq boʻlib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina
emas, balki yoʻqolib ham ketishi mumkin edi». Haqiqatan ham, avlodlararo
muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning oʻz madaniyati, madaniy boyliklari,
qadriyatlari mavjud boʻladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng
ilgʻor vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda tahlim,
tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.
Muloqotning hayotimizdagi shakl va koʻrinishlariga kelsak uning har bir
shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, oʻsha vaziyatlardan kelib
chiqadigan koʻrinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda
har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda boʻladi. Agar rasmiy muloqot
odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan
kelib chiqsa, masalan, rahbarning oʻz qoʻl ostida ishlayotgan xodimlar bilan
muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot — bu
odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni oʻsha
suhbatdoshlarnnng fikr-oʻylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari
17
bilan belgilanadi. Masalan, doʻstlar suhbatdoshi, poezdda uzoq safarga chiqqan
yoʻlovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy
munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos boʻlgani
uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida koʻproq vaqtini oladi
va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni tahkidlash kerakki, odamda ana
shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, yahni uning qanchalik sergapligi,
ochiq koʻngilligi, suhbatlashish yoʻllarini bilish, til topishish qobiliyati, oʻzgalarni
tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita
tahsir koʻrsatadi. SHuning uchun hamma odam ham rahbar boʻlolmaydi, ayniqsa,
pedagogik ishga hamma ham qoʻl uravermaydi, chunki buning uchun undan ham
rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Muloqot mavzui va yoʻnalishiga koʻra, uning:
ijtimoiy yoʻnaltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat
manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot);
guruhdagi predmetga yoʻnaltirilgan (oʻzaro hamkorlikdagi faoliyatni
amalga oshirish mobaynidagi muloqot — mehnat, tahlim jarayonidagi yoki
konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh ahzolarining muloqoti);
shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan oʻz muammolarini ochish
maqsadida oʻrnatgan munosabatlari); pedagogik muloqot (pedagogik
jarayonda ishtirok etuvchilar oʻrtasida amalga oshiriladigan murakkab
oʻzaro tahsir jarayoni) turlari farqlanadi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita
«yuzma - yuz» boʻlishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga
oʻxshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi
amaliy yoki doʻstona boʻlishi; subhekt - subhekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki
subhekt - obhektli (monologik) boʻlishi mumkin.
Har bir muloqot turining oʻz qonun-qoidalari, tahsir usullari va yoʻl-
yoʻriqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa odamlar bilan doimo
muloqotda boʻladiganlarning burchidir.
18
Muloqot murakkab jarayon boʻlganligi uchun ham ayrim olingan muloqot
shaklini analiz qilganimizda, unda juda xilma-xil koʻrinishlar, komponentlar va
qismlar borligini aniqlashimiz mumkin.
N.I.SHevandrin esa shaxslararo muomalaning 3 shakli haqida mulohaza
yuritadi:
|