|
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies
Hosted online from Moscow, Russia
Date:
11
th
January, 2023
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
257 |
P a g e
So'ng daftarning yuqori qismida bir nuqtani tanlab, uni yasalgan kesmaning chap
tomonidagi nuqtasiga tomon yana bir tik kesma tushiradilar.Bolalarning to'g'ri
burchak bilan tanishtirishda shunday amaliy mashqni bajarish mumkin:
O'qituvchi bolalarga bir varaqdan qog'oz olib, uni avval o'rtasidan buklashni, so'ng
yana bir bor buklashni ko'rsatadi .Bu ishlarni o'qituvchi bajarganda hamma bolalar
ko'rib turishi lozim. So'ng bolalarga hosil bo'lgan burchak - to'g'ri burchak modeli
ekani tushuntiriladi. O'qituvchi burchakning balandligi va tomonlarini ko'rsatadi.
So'ng suhbat o'tkaziladi:
- qanday figura hosil bo'ldi? (To'g'ri burchak).
- uning tomonlari va balandligini ko'rsating.
-Endi o'zingiz yasagan to'g'ri burchakni solishtiring
Buning uchun ularning birini ikkinchisi ustiga shunday qo'yingki, tomonlari bir-
biriga to'g'ri kelib burchakning quyi qismi ikkinchi burchakning quyi qismiga
joylashsin. (o'quvchilar ham o'qituvchi bilan birga burchaklarni taqqoslaydilar);
- Burchakning boshqa tomonlari haqida yana nima deyish mumkin.(Bu tomonlar
ham mos tushdi)
- To'g'ri burchaklar teng keldi.O'zingiz yasagan uchburchakdan to'g'ri burchakni
toping.(burchaklarni bir-biri ustiga qo'yib, uchburchakdagi burchak ham to'g'ri
ekanligini aniqlaydilar).
Qo'llarida bo'lgan to'g'ri burchak modeli bilan ushbu tasvirdagi to'g'ri burchaklarni
aniqlab, uning balandligi atrofini bo'yash topshiriladi.
Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan ko'pburchaklar ichida to'g'ri burchak va uning
ko'p uchraydigan ko'rinishi bo'lgan kvadrat alohida o'rinni egallaydi. O'quvchilar har
qanday kvadrat to'g'ri burchak ekanligini va aksincha har qanday to'g'ri to'rtburchak
kvadrat emasligini tushinib olishlari kerak.
To'g'ri burchakni o'rganishga bag'ishlangan mashg'ulotdan bir parcha har bir
o'quvchiga har xil rangga bo'yalgan turlicha to'g'ri to'rtburchaklar solingan ko nvert
beriladi.
Suhbat:
- Bu figuralar nima deb ataladi (to'rtburchaklar).
- Model yordamida ularning to'g'ri burchaklarini toping va o'sha joyni bo'yang;
- Ikki to'g'ri burchagi bo'lgan to'rtburchakni toping. Ikki to'g'ri burchakli
to'rtburchakni ko'rsating va to'g'ri bo'lgan balandligini yonidan bo'yang.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date
|