|
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies
Hosted online from Moscow, Russia
Date:
11
th
January, 2023
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
260 |
P a g e
Bolalarga yana shunday topshiriq berish mumkin.: doskaga uchta kvadrat ilib
qo'yiladi. O'quvchi ularning tomonlarini o'lchab, bir-biriga solishtirishni taklif etadi.
Bolalar tomonlarni o'lchab, uchchala kvadrat o'zaro teng ekanini bilib oladilar.
Model to'g'ri burchak yordamida barcha burchaklarni to'g'ri bo'lgan to'rt
burchaklarni topadilar:
Bu figuralarni bir so'z bilan nima deb atash mumkin? (To'rtburchaklar)
- Ularning ichidan qay biri ortiqcha? (Qizil). O'qituvchi qizil rang figurani olib
tashlaydi.
- Yashil va zangori figuralarni nima deb ataymiz? (Kvadratlar).
- Yana qanday atash mumkin? (To'g'ri to'rtburchaklar)
- Nima uchun qizil rang figurani kvadrat deb atay olmaymiz? (Barcha burchaklari
to'g'ri teng emas)
- Demak, yashil va zangori figuralarni kvadratlar deb ataymiz. Daftaringizga kvadrat
chizib, qizil qalam bilan bo'yang.
Bunday topshiriqlarni bajarib, o'quvchilar kvadratning muhim belgilarini anglay
boshlaydilar. Kvadrat tomonlari teng to'rtburchak bo'lib, bolalar endi uning u qadar
muhim bo'lmagan belgilari - rangi, materiali, o'lchamlariga ham diqqat qaratishga
o'rgana boshlaydilar.Boshlang'ich matematika dasturida geometrik material katta
o'rinni oladi. Geometrik materialni o'rganishning asosiy maqsadi geometrik figuralar
(nuqta, to'g'ri va egri chiziq, to'g'ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko'pburchak, aylana
va doira) haqida ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari
orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba'zi xossalari haqidagi tasavvurlarning
to'la tizimini tarkib toptirishdan iborat.
Geometrik figuralar haqidagi fazoviy tasavvurlar, geomet-rik figuralarni
chizmachilik va o'lchash asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz
o'lchash va yasashlarning amaliy malakalarini (ko'zda chamalash, qo'lda chizish va
hokazo) tarkib toptiriladi; o'quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda
rivojlantiriladi.
O'quvchilarda geometrik tasavvurlarni tarkib toptirish, ularni chizish va o'lchash
malakalari bilan qurollantirish, ular tafakkurini rivojlantirish masalalariga
geometriya elementlarini o'rgatishda qo'llanadigan o'qitish metodlari javob beradi.
Geometriya propedevtik kursini o'qitishning muhim metodlari kuzatish metodi,
taqqoslash metodidan iboratdir. Bunda induktiv xulosa chiqarish bilan bir qatorda
deduksiya elementlaridan ham foydalaniladi. Laboratoriya va amaliy ishlar metodi
geometrik materialni o'rganishning effektiv metodlaridan biridir. Laboratoriya
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date
|