|
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies
Hosted online from Moscow, Russia
Date:
11
th
January, 2023
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
255 |
P a g e
shaklda, «Uchburchak haqida nima deya olasiz?» degan savolga bolalar o'z bilimi
doirasida javob bera oladilar (uchburchakning uchta burchak, uchta tomonlari bor).
Quyi sinf o'quvchilarini geometrik figuralar bilan tanishtirishni erta boshlashga
bo'lgan harakat nafaqat dasturiy talablarni oshirishga, shu bilan birga materialni
noto'g'ri o'zlashti-rishga qadar xatolarga yo'l qo'yishga, masalan,o'quvchilar
kvadratning to'g'ri burchakli to'rtburchak ekanligini sezmaydilar, ko'pburchakli
figuralar hisobiga faqat besh-olti burchakli figuralarni kiritadilar.
Boshlang'ich sinflarda geometrik materialni o'rganishda bolalar eng oddiy
tushunchalar: to'g'ri va to'g'ri bo'lmagan burchaklar, ko'p burchakli figuralar
(burchaklar soniga ko'ra uchburchak, to'rtburchak, beshburchak) bilan
tanishadilar.Mashg'ulotni shunday tartibda olib borish kerakki, unda bolalar
kvadratni to'g'ri to'rtburchak, to'rtburchak yoki ko'pburchakli figura deb atay
olsinlar.Geometrik materialni o'rganishda chizma va o'lchov asboblarini qo'llash,
oddiy chizmalarni chizish, geometrik figuralar tasvirini yasash bilan bog'liq bo'lgan
muntazam amaliy ishlar bolalarda tegishli ko'nikmalar hosil qilishga xizmat qiladi.
Bunday xolatlarda bajarilayotgan ishlarni so'zlar bilan tariflay olish, dasturda ko'zda
tutilgan simvolika(belgi,ramz) va atamalarni qo'llay olish muhim ahamiyatga
egadir.Shuni ham nazarda tutish g'arurki, boshlang'ich sinflarda olingan geometrik
figuralarni yasash va o'lchashga doir ko'nikmalar bolalar ongida uzoq vaqtlar
saqlanib qoladi.Qurilmalarning aniqligi va o'lchashga oid dastlabki tasovvurlar
bolalar ongida boshlang'ich sinflardayoq shakllana boshlaydi. I sinf o'quvchilari
chizg'ich yordamida kesmalarni 1 sm.gacha aniqlik bilan o'lchash ko'nikmasiga ega
bo'lishlari kerak.Bunday sharoitda zaruriy amaliy ishlarni bajarilishi aniqligini
muntazam kuzatib borish zarur bo'ladi. Chizish asboblari va qalamlardan
foydalanishda bolalar oldiga yozish va hisoblash ko'nikmalarini shakllantirish kabi
jiddiy talablar qo'yish kerak.
Chizish va o'lchashga oid ko'nikmalarni shakllantirish ishlarini asta - sekin va
izchillik bilan, buning uchun nafaqat matematika, boshqa fanlardan, jumladan,
mehnat darsi, tasviriy san'at, tabiatshunoslik mashg'ulotlaridan ham foydalanish
lozim.
O'quvchilarni geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasi.
Mavzuni o'rganishdan maqsad.
1. Nuqta, kesma, burchak, ko'pburchak, to'g'riburchak, kvadrat kabi geometrik
figuralar haqida aniq tasavvurlarni shakllantirish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date
|