INTEL protsessorlarining kamchiliklari
1.
Platforma protsessorlarning yangi qatorining
har bir chiqarilishi bilan
o‘zgaradi (LGA 1155 soketli protsessorlardan tashqari).
2.
Ikkitadan ortiq kuchli ilovalar bilan ishlay olmaydi.
3.
“K” indeksli i7-i5 protsessorlari ayniqsa kuchli sovutishga muhtoj.
4.
Nisbatan yuqori narx.
Intel kompaniyasi 10-yadroli protsessorni
ommaga yangi Core X
protsessorlari qatorini taqdim etdi. Yangi avlod
protsessorlari orasida eng
ko‘zga tashlangani 18 yadroli 36 qatorli Core i9-7980XE protsessori bo‘ldi. U
16-yadroli AMD Ryzen Threadripper protsessorini ortda qoldirmoqda.
O‘ta kuchli ko‘p qatorli yangi
protsessorlar eng talabchan
foydalanuvchilarni ham qanoatlantirishi kerak. Masalan, 4K o‘lchamli o‘yinni
o‘ynash barobarida o‘yin jarayonini Twitch
xizmati orqali bevosita HD
formatda onlayn efirga jonli uzatishni xohlovchilar ham undan bemalol ko‘ngli
to‘ladi. Agar 18 yadro juda ortiqcha deb o‘ylasangiz, Core X 16 , Core X 14 va
Core X 12 protsessorlaridan birini tanlashingiz mumkin. Yangi protsessorlar 10
yadroli protsessorlar kabi 140 vattlik TDP (thermal design power yoki thermal
design point)ga ega.
Yangi protsessorlar LGA 2066 soketi va X299 chipseti bilan jihozlangan
Motherboard platalariga mos keladi. Yangi Motherboard joriy yil iyun oyidan
savdoga chiqariladi. Yangi soket LGA 2011 o‘rnini
egallaydi va stol
kompyuterlar samaradorligini sezilarli oshirish imkonini beradi. Barcha i9
protsessorlari 3,3 GGs chastotali bo‘lib, Intel Turbo Boost Max 3.0
texnologiyasi yordamida 4,3 GGs tezlikkacha ishlay oladi.